Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qut-
lar ekan, 0 ‘zbekiston mintaqaviy rivojlanishning ko‘plab dolzarb
yo'nalishlari bo‘yicha BMT bilan samarali hamkorlik qilib kela-
yotganini ta’kidladi. Oqsaroydagi uchrashuvda Pan Gi Mun sami-
miy qabul uchun davlatimiz rahbariga
minnatdorlik bildirib, BMT
0 ‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash-
dan manfaatdor ekanini alohida ta’kidladi. BMT Bosh kotibi dav
latimiz rahbarining mintaqaviy va xalqaro rivojlanishning dolzarb
masalalarini hal etish borasidagi izchil va samarali yondashuviga
yuksak baho berdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va BMT
Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuvi yakunida Birlashgan Mil-
latlar Tashkiloti bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kotibiyatlari
o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning takli-
figa binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao 2010-yil
9-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixi ming yillar qa’ridan
boshlanadi. Choy, paxta, ipak, qog‘oz
kabi kundalik turmushda ha-
misha iste’molda b o igan mahsulotlaming dunyo bo‘ylab tarqalishi-
da Movarounnahr va Chin yurti o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy
aloqalar muhim o ‘rin tutgan.
Xalqaro muammolami hal etishda Xitoyning nuqtayi nazariga
alohida e’tiSor berilishi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a ’zosi
bo‘lgan bu mamlakatning yuksak siyosiy salohiyatidan dalolatdir.
Iqtisodiy sohada esa Xitoyning qudrati haqida uning o‘sib borayot-
gan yalpi ichki mahsuloti, tashqi savdo va eksport hajmi bo‘yicha
etakchi o‘nlikka kirishi aniq tasavvur beradi.
XXI asr sharoitida mamlakatlarimiz o ‘rtasidagi munosabat
lar bugungi voqelik va zamon talablariga mos ravishda barcha
yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Bugun bu
munosabatlar xalqaro may-
dondagi siyosiy hamjihatlikdan, terrorizm, diniy ekstremizm va ayir-
machilikka qarshi birgalikda kurashishdan, o‘zaro manfaatli savdo,
iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar alo-
qalardan iborat.
Ayni paytda moliyaviy hamkorlik doirasida Xitoy hukumati-
ning foizsiz va uzoq muddatli imtiyozli kreditlari, Eksimbankning
eksport kreditlari hisobidan ko‘plab loyihalar
amalga oshirilmoq-
da. Xitoy hukumatining SHHTga a’zo mamlakatlar uchun ajratgan
kredit liniyasi
doirasida 0 ‘zbekistonda infratuzilmani rivojlanti-
rishga doir yigirmaga yaqin loyiha ko‘rib chiqilgan boTib, ulaming
681
umumiy qiymati 600 million AQSH dollaridan oshadi. Umuman,
XXRning imtiyozli kreditlari hisobiga 0 ‘zbekistonda amalga oshi-
rilgan loyihalar qiymati 127
million AQSH dollariga, hozirgi kunda
o‘zlashtirilayotgan kreditlar hajmi esa 547 million dollarga teng.
Sarmoyaviy hamkorlikning ko‘lami keng. Bu yo‘nalishdagi alo-
qalar neft-gaz, konchilik kabi sohalarda jadal rivojlanmoqda. Masa-
lan, Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (SMRS) Orol dengizi akva-
toriyasida, Ustyurt, Buxoro, Xiva va Farg‘ona sarmoyaviy bloklarida
geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Keyingi yillarda 0 ‘zbekiston va Xitoy iqtisodiy hamkorlik faol-
ligini oshirdi. Masalan o ‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2008-
yilda 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2009-yilda 2
milliarddan oshdi.
Sarmoyaviy hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlar Xitoy-
dan 2 milliard dollarlik sarmoya jalb etishni nazarda tutadi. Shun-
day bo‘lsa-da bu ko‘rsatkichlar ikki mamlakatning imkoniyatlarini
to‘la ifodalay olmaydi.
Transport, logistika, qurilish, telekommuni-
katsiyalar kabi ko‘plab sohalarda samarali hamkorlik uchun keng
faoliyat maydoni mavjud. Xususan, ikki mamlakat «Navoiy» erkin
industrial-iqtisodiy zonasida katta resurslami ishga solishi mumkin.
Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Xu Tszintao do‘stlik,
hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish
va kengaytirish to‘g ‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, tehnikaviy-iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik pas-
port egalarining o ‘zaro vizasiz qatnovi to‘g‘risidagi
hukumatlararo
bitimlar, nohomashyo va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlik
bo'yicha hukumatlararo dasturlar, neft-gaz sohasidagi hamkorlikni
kengaytirish to‘g ‘risidagi idoralararo bitim, « 0 ‘zsanoatqurilishbank»
bilan Xitoy Eksimbanki o ‘rtasida kredit bitimi, tabiiy gaz savdo-
si to‘g ‘risidagi hadli bitim, energetik material yetkazib berish
to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
Dostları ilə paylaş: