Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Birinchi-
dan, 
bu tashkilot ishida ishtirok etish bizga qo‘shni davlat bilan 
o ‘zaro munosabatlami yanada mustahkamlash uchun zamr. Bu o‘z 
navbatida mamlakatimizning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qila- 
di. 
Ikkinchi 
maqsad esa, mintaqadagi gumanitar muammolami bir­
galikda hal etish, tarixiy zamini bir boTgan xalqlarimiz o ‘rtasidagi 
madaniy aloqalami mustahkamlashdan iboratdir. 
Uchinchidan,
eng muhim vazifa - bu mavjud tabiiy salohiyatimizni dunyoga olib 
chiqish uchun kommunikatsiya tarmoqlarini vujudga keltirishdan 
iboratdir. Chunki bu muammoni hal etmay turib, 300 million aholi 
yashaydigan ulkan hududda iqtisodiy taraqqiyotga erishish qiyin.
So‘ng sammit qatnashchilari - Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya?Turkmanis- 
ton davlat va hukumat boshliqlarining, shuningdek, EKO Bosh koti-
6 6 7


bi hamda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillarining nutq va 
ma’ruzalari tinglandi.
Notiqlar EKO doirasidagi hamkorlik berayotgan ilk samaralar 
haqida to‘xtalib, mintaqa mamlakatlarining iqtisodiyot, madaniyal, 
kommunikatsiya sohalarida birgalikda amalga oshirajak loyihalari 
taraqqiyotimizni tezlashtirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishta- 
larini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Tashkilot faoli- 
yatini kengaytirish va takomillashtirish yo‘llarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq 
so‘zladi. Davlatimiz rahbari har qanday xalqaro tashkilotning, jumla- 
dan, EKO va uning ijroiya qo‘mitalarining faoliyati ham baholashda 
amaliy ishlar asosiy mezon bo‘lishi lozimligiga sammit qatnashchi- 
larining e ’tiborini qaratdi. Xalqlarimizga quruq va’dalar, balanpar- 
voz shior va tashabbuslar emas, balki amaliy, aniq ishlar kerak. Hech 
kim bunday yuksak minbarlardan siyosiy obro‘ orttirish, boshqalarga 
o‘z qarashlarini tiqishtirish maqsadida foydalanmasligi lozimligini 
ta’kidladi.
Sammit qatnashchilari mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘na- 
lishlari, EKOning kelgusi faoliyatini takomillashtirish yoilari belgi- 
langan Almati Deklaratsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, a’zo mam- 
lakatlar o ‘rtasida yuk tashish borasidagi to‘siqlami bartaraf etishga, 
kontrabandaga qarshi birgalikda kurashishga qaratilgan hukumatla- 
raro hujjatlar ham qabul qilindi.
1999-yil 15-mart kuni Turkiya Prezidenti Sulaymon Demirel 
Toshkentga keldi. Shu kuni Prezidentlar o ‘zaro munosabatlaming 
bugungi ahvoliga doir qator masalalami ko‘rib chiqdilar. Tomonlar- 
ni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik muammolar xususida ham 
o ‘zaro fikr almashildi. Prezidentlaming yakkama-yakka suhbatida 
terrorchilik, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq va narkotik modda- 
lar kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlikni yanada chuqurlash- 
tirishga kelishib olindi.
Shundan so‘ng Prezidentlar ishtirokida ikki mamlakat delegat- 
siyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Unda 
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalar bo‘yicha ikki tomonlama alo- 
qalami rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. 
Prezident Islom Karimov 0 ‘zbekiston - Turkiya munosabatlariga 
to‘xtalar ekan, bu borada 0 ‘zbekiston ustuvor, deb qaraydigan soha­
lar o ‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- 
yilda 75 million AQSH dollarini tashkil etgan edi. 0 ‘tgan yili bu
668


ko'rsatkich 275 millionga yetdi. Samarqandda ochilish marosimi 
o'lkuzilishi moTjallanayotgan «Sam-Kochavto» qo‘shma korxonasi 
i«|tisodiy hamkorlik yuqori pog‘onada ekanini yana bir tasdiqlaydi. 
Umuman, Turkiya 0 ‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritgan mam- 
lukat hisoblanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, ko‘proq e’tibor qarata- 
»ligan ayrim jihatlar ham mavjud. Masalan, ikki mamlakat o‘rtasida 
Niivdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma 
komissiyaning faoliyati so‘nggi paytlarda susaydi. Muzokaralarda 
bunday masalalami hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda transport kommunikatsiyasi masalasiga alohida 
c’tibor qaratildi. Islom Karimov 0 ‘zbekiston Turkiyaning erkin iq- 
lisodiy zonalarida joylashgan Istanbul, Trabzon, Adana, Mersin kabi 
Nhaharlaridagi portlardan, omborlardan foydalanish tarafdori ekanini 
vu bu masala bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligini bildir- 
di. Shuningdek, davlatimiz rahbari Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik 
tushkilotiga a’zo boTish 0 ‘zbekiston uchun yanada keng imkoniyat- 
lur ochishini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, muzokaralarda ilm-fan, madaniyat, ta’lim sohalari 
bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
0 ‘zbekiston Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari - Xi- 
toy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya bilan diplo- 
matik, iqtisodiy va madaniy aloqalami y o ig a qo‘ydi. Chunonchi, 
Janubiy Koreyaning olamga mashhur DEU korporatsiyasi bilan 
hamkorlikda Asaka shahrida « 0 ‘zDEUavto» 0 ‘zbekiston - Koreya 
qo‘shma avtomobil zavodi qurishga kelishilgani olamshumul aha- 
miyatga ega boTdi. 1996-yilning 19-iyulida ushbu zavodning ishga 
tushishi bugungi kunda 0 ‘zbekistonni jahondagi avtomobil ishlab 
chiqaruvchi 28 mamlakat qatoriga olib chiqdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999-yil
6-aprel kuni «Do‘rmon» qarorgohida Yaponiyaning «Keyzay Doyu- 
kay» korporativ rahbarlar uyushmasi prezidenti Koichi Minaguchi 
rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alo­
hida e’tibor beradi. 1995-yildan buyon Yaponiyaning 0 ‘zbekiston 
iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bir milliard AQSH dollaridan oshib 
ketdi. 0 ‘zaro tovar ayirboshlash hajmi esa 1998-yilda 117 million 
AQSH dollarini tashkil qildi. Bu 1997-yildagiga nisbatan 27 foiz 
ko‘p.
0 ‘zbekiston - Yaponiya iqtisodiy hamkorligi ulkan loÿîhalami 
ham o‘z ichiga oladi. Masalan, Ko‘kdumaloq va Sho‘rtandagi
6 6 9


nefitgaz sanoati inshootlarini shular jumlasiga qo‘shish mumkin. 
Yaponiyaning 0 ‘zbekistonga imtiyozli kreditlar berayotgani ham 
diqqatga sazovor. Ayni paytda Yaponiyaning o ‘nlab firma va kom- 
paniyalari 0 ‘zbekistonda ana shunday turdagi kreditlar bo‘yicha 
ishlamoqda.
Uchrashuvda yaponiyalik mehmonlarga xususiylashtirish, kom- 
munikatsiya va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish taklifi 
ilgari surildi. Xususan, mamlakatimizga tashrifi chog‘ida Yaponi- 
ya delegatsiyasi a’zolariga xususiylashtirilayotgan yirik korxonalar 
ro‘yxati taqdim qilindi. Prezidentimiz qurilishi boshlab yuborilgan 
A ndijon-0‘sh-Qashqar temiryo‘li va shu yo‘nalishdagi avtomobil 
yo‘li haqida ham so‘zlab, Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash doirasida 
amalga oshirilayotgan bu loyiha 0 ‘zbekistonni Xitoy portlari orqali 
Yaponiya bilan bog‘lashini ta’kidladi.
0 ‘zbekiston BMT minbaridan turib, birinchi bor ushbu tashki- 
lotning Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zoligiga Yaponiyani doimiy 
a’zo sifatida qabul qilish tashabbusini ilgari surgan davlatdir.
Ta’kidlash joizki, 0 ‘zbekiston - Yaponiya iqtisodiy munosa- 
batlarining rivojlanishida «Keyzay Doyukay» muhim o‘rin tutadi. 
Masalan, mamlakatdagi eng yirik kompaniya va korporatsiyalar- 
ning rahbar xodimlaridan tashkil topgan bu uyushma tashabbusi 
bilan 0 ‘zbekiston Yaponiya hukumati imtiyozli kreditlar ajratishni 
ko‘zda tutadigan davlatlar sirasiga kiritilgan. Uyushmaning o‘ziga 
xosligi va mamlakatdagi boshqa ishbilarmonlar tashkilotlaridan 
farqi shuki, uning a’zolari garchi yirik firma va kompaniyalar rah- 
bari boiishiga qaramay, oddiy tahlilchi-iqtisodchi sifatida ishlaydi. 
Ular faqat iqtidoriga qarab qabul qilinadi. Hozirgi kunda Yaponi­
ya korporativ rahbarlar uyushmasi tarkibida 1600 ga yaqin a’zo 
bor. Yana bir jihati shuki, uyushma hech qanday siyosiy masala- 
ga aralashmaydi. Uning a ’zolari yirik ishbilarmonlaming siyosiy 
maydonidagi o ‘mini yaxshi anglasa-da, faqat iqtisodiy tahlil va 
tadqiqotlardan kelib chiqqan holda hukumat vakillariga taklif va 
tavsiyalar berish bilan cheklanadi.
Uchrashuvda Prezident Islom Karimov mamlakatimizda chet 
ellik ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, 0 ‘zbe- 
kistonning iqtisodiy siyosati, xorijdagi moliyaviy muassasalar bilan 
hamkorligi borasida so‘zladi.
«Keyzay Doyukay» delegatsiyasi rahbari 1997-yilda 0 ‘zbe- 
kistonni ziyorat etganidan so‘ng, bu yerda ulkan o ‘zgarishlar amal­
ga oshirilganiga guvoh bo‘lganini ta’kidladi. Dunyoning ko‘plab
6 7 0


mamlakatlari iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan bo‘lishiga 
qaramay, 0 ‘zbekiston iqtisodiy yutuqlarga erishayotgani amalga 
oshirayotgan islohotlaringizga ishonchimizni yanada oshiradi, - dedi 
mehmon.
Yaponiya delegatsiyasi tarkibida ushbu mamlakatning sobiq 
davlat iqtisodiy rejalashtirish vaziri, ayni paytda parlament a’zosi 
Taro Aso ham bor. Prezidentimiz bilan uchrashuvda u Yaponiya hu- 
kumatining yangi imtiyozli kreditlari haqida ma’lum qildi. Uning 
ta’kidlashicha, mamlakatimiz viloyatlarida telekommunikatsiya so- 
hasini zamonaviylashtirish uchun 12,7 milliard, onalar va bolalar 
sog‘lig‘ini muhofazasi uchun 670 million iyen miqdorida kredit ajra- 
tildi. Ayni paytda 0 ‘zbekistonda Yaponiya markazini ochish imkoni- 
yatlari o'rganilmoqda.
Muloqot chog‘ida 0 ‘zbekiston bilan Yaponiya korporativ rah- 
barlar uyushmasi o ‘rtasidagi munosabatlami rivojlantirishga qaratil- 
gan boshqa ko'plab masalalar ham muhokama qilindi.
E’tirof etmoq kerakki, so'nggi besh yil davomida mamlakatimiz 
xalqaro huquqning eng asosiy tamoyillariga BMT ustaviga sodiqli- 
gini mustahkamladi.
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil 0 ‘zbekiston diplomati- 
yasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa 
xavfsizligini ta’minlashdagi o ‘mi alohida ekanini tan olayotganligi 
ham bejiz errfos.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi, inson- 
parvarlik, oshkoralik, qadr-qimmat o ‘z imkoniyatlariga tayanish va 
insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishdir. 
Shu bois ham o ‘tgan besh yil davomida mamlakatimiz 120 dan ortiq 
davlatlar bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o ‘matgan, Toshkent- 
da 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochdi, 19 xorijiy davlat elchisi 
0 ‘zbekistonda o ‘rindoshlik yo'li bilan ishlab turibdi. Bular shubha- 
siz, 0 ‘zbekiston o‘tgan besh yil ichida jahon hamjamiyatida o‘zining 
munosib o ‘mini egallashga muvaffaq bo‘lganligidan dalolatdir.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin