Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Mavzuga doir material
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvo- 
fiqlashtiruvchisi janob Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda bo iib
o‘tgan «Buyuk Ipak Yo‘lini, Madaniy Sayyohlikni qayta tiklash va 
0 ‘zbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo‘yicha Xalqaro Konfe- 
rensiyada so‘zlagan nutqidan ko‘chirma.
671


«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o‘zak jihatlar- 
dan biridir. Insoniy taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson boigan 
tanlashni, birinchi navbatda daromadlarga daxldor bo‘lgan tanlash- 
ni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-muhitni tanlashni, ular- 
ning bir qismi bo‘lgan madaniyatga o‘z hissalarini qo‘shish va unda 
ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. 0 ‘z 
navbatida tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlami 
va odamlarda mavjud bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish 
imkoniyatlarini kengaytirishni talab etadi.
Agar madaniyat deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivoj- 
lantirish uchun uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish 
degan ta’rifini qabul qilsak, ana shu ikki tushuncha o ‘rtasidagi mu- 
him aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini qanchalik kengaytirishi 
mumkinligida namoyon boiishi mumkin.
Odamlar va madaniyatlar o‘rtasidagi dialog hamda o'zaro ham- 
korlik, hamjihatlik o‘z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to‘g‘ridan 
to‘g‘ri insoniy qobiliyatlami yaxshilaydi. Qadriyatlar va g‘oyalami 
almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada amalga oshirilishiga 
qaramay, agar u madaniyatlami o ‘zaro hurmat qilishga asoslangan 
bo‘lsa, ijtimoiy uyg‘unlik va taraqqiyotga olib kelishi mumkin.
Jamiyatda uyg‘un b o iib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi 
va jamoa ko‘nikmalariga ega bo‘lish kerak, ular tarbiyalanishi va 
rivojlantirilishi kerak.
Odamlaming bir-birlari bilan o‘zaro hamjihatligi, turli nuq- 
tayi nazarlami hurmat qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday 
nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular jamiyatning yaxlitligini saq- 
lash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bogiovchi vositaning bir 
qismini tashkil etadi. Odamlaming tabiatga va atrof-muhitga qanday 
munosabatda bo‘lishlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday 
bog‘lovchi vosita hisoblanadi.
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlar- 
dan ajralib yashayotgan joyda vujudga kelgan Markaziy Osiyoning 
Yangi davlatlari uchun madaniyat va madaniy o‘z-o‘zini ifodalashi 
insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun qudratli vosita hisobla­
nadi, bular esa o ‘z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda tinch 
holda o‘z g ‘oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojla- 
nish uchun qulay sharoitlar yaratishga ta’sir ko'rsatadi. Madaniyatini 
tinch holda ifodalash odamlami birlashtiradi va milliy hamda minta­
qaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, mazmunli aloqalami vujudga 
keltiradi.
6 7 2


UNESKOning ustavida ma’noli va to‘g‘ri yozilganidek, jahon 
odamlaming aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, 
agar u to‘g‘ri yo‘naltirilsa, boshqa millatlarga hurmatga va boshqa 
madaniy erkinliklarga hurmatga o ‘z hissasini qo‘shadi. 100 dan ortiq 
millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik mavjud 
bo‘lib, u o ‘zgarishlami amalga oshirish uchun qudratli kuch bo‘lishi 
mumkin. Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatni uzoq muddatga ilg‘or 
va jo ‘shqin qilishi mumkin.
* * *
Buyuk Ipak yo‘li Sharq-u G ‘arbni bog‘lab turgan, siyosiy- 
iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ulkan voqe- 
likdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib birinchi marta Brussel 
uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog‘laydigan «Yevropa- 
Kavkaz-Osiyo» transport yo‘lagi - TRASEKAni barpo etish masa- 
lasi ko‘rib chiqildi va shu bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish 
mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yo‘lini tiklash borasi- 
dagi dastlabki amaliy qadam bo‘ldi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan 
Mag‘ribga, Mag‘ribdan Mashriqqa o‘tgan yo‘llar ko‘p bo‘lgan. Ular 
muayyan sabablarga ko‘ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit 
yo‘li», keyinroq «Shoh yo‘li», «Buyuk Ipak yoii»... Bugun esa -
TRASERA deb atalmoqda.
0 ‘zbekiSton Prezidenti I. Karimov 1998-yil 8-sentabr kuni 
Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yoTini tiklashga 
bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. TRASERA das- 
turi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga ishtirokchi 
mamlakatlar, balki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bi­
lan qaramoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati hamda 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot 
banki, Jahon banki kabi o‘ndan oshiq nufuzli xalqaro tashkilotlardan 
vakillar ishtirok etdi.
1996-yil Saraxsda Markaziy Osiyo bilan Eron temiryo‘l tar- 
moqlarining tutashtirilgani TRASERA loyihasini amalga oshirishda 
dastlabki katta ishlardan biri boigan edi. Xuddi o ‘sha, 1996-yil 13- 
may kuni 0 ‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston o‘rtasida 
o‘zaro erkin tranzit to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Buyog‘i Ya- 
poniyadan to Adriatika dengiziga qadar cho‘zilgan ushbu qadim kar- 
von yo‘lining muhim boTagidan foydalanishni boshlaggn respubli- 
kalaming sarf-xarajati kamayadi.
Birgina 0 ‘zbekiston uchun mazkur shartnoma kuchga kirgani-
22 - 0 ‘zb ek isto n tarixi, 3.
673


dan so‘ng paxta tashishga ketadigan xarajatning 12 million dollari 
iqtisod qilinadi. Chunki TRASEKA shimoliy yo‘nalishga nisbatan 
2 ming kilometr qisqadir. Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil 
o‘n ikki oy to‘xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Yana bir misol: 
0 ‘zbekiston o‘z paxtasini, Qozog‘iston va Rossiya orqali Ukraina 
portlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag' 
sarflaydi. TRASEKA orqali tashilganda esa ushbu ko‘rsatkich 55 
dollami tashkil etadi, xolos.
TRASEKA loyihasining amalga oshishi 0 ‘zbekistonni Yevropa 
va Osiyo transport tarmoqlariga tutashtiribgina qolmasdan, uning 
eksport imkoniyatlarini oshiradi, loyihada ishtirok etuvchi mamla- 
katlar bilan savdo aloqalarini yanada kengaytiradi. 1996-yil Trans- 
kavkaz yoTagi bo‘yicha 0 ‘zbekistonga keltirilgan va olib chiqib ke- 
tilgan mahsulot hajmi salkam 140 ming tonnani tashkil etgan boTsa, 
1997-yil bu koTsatkich 285 ming tonnaga yetdi.
O'zbekiston bugun TRASEKA dasturi bo‘yicha amalga oshiri- 
layotgan ishlarda faol ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, trans­
port kommunikatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish borasida boshqa 
loyihalami ham amalga oshirayotir. 0 ‘zbekiston qo‘shni Qirg‘iziston 
hamda Xitoy bilan Toshkent - Andijon - 0 ‘sh - Irkeshtom yoTini 
qurish va ta’mirlash bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilayotir. Buyuk 
Ipak yoTining bir qismi hisoblanmish bu yo‘nalish Yevropa mamla- 
katlarini Osiyo davlatlari bilan bogTaydi.
Konferensiyada ishtirok etgan davlatlar rahbarlari hamda xal- 
qaro tashkilotlar vakillari TRASEKA yoiagini rivojlantirish, 
transport infratuzilmalarini yanada takomillashtirish, mintaqada 
tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, TRASEKA doirasidagi hamkor- 
likning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida o‘z nuqtayi na- 
zarlarini bayon qildilar. Ta’kidlash kerakki, 0 ‘zbekiston Prezidenti 
Islom Karimovning takliflari konferensiya ishtirokchilari tomonidan 
qizg‘in kutib olindi.
Islom Karimov TRASEKA loyihasini amalga oshirish, umuman, 
qadimiy Buyuk Ipak yoTini qayta tiklash zarurati ayrim kishilar- 
ning xohishidan emas, balki vaqt, sharoit, dunyoviy taraqqiyot talab- 
lari natijasida paydo boTayotganini alohida ta’kidladi.
Qadim zamonlardayoq hayotning o ‘zi odamlami o‘zaro ham­
korlik uchun qisqa va qulay yo‘llami qidirishga majbur qilgan, dedi 
Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo-sotiq ehtiyoji emas, balki 
mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalami o ‘matish 
zaruriyati ham sabab boTgan.
674


Ayrim 
kuchlar TRASEKA doirasidagi hamkorlikka siyosiy tus 
briiNhga harakat qilmoqda. Ulaming maqsadlari aniq: o‘zlaricha 
go'yoki 
dunyoning yangidan bo‘linishi va shunga o ‘xshash 
o‘ylab topib, mamlakatlar, xalqlar o‘rtasiga nifoq 
MiliNh, taraqqiyotga to‘siq bo‘lish. Mamlakatimiz rahbari masa- 
Innmg shu jihatiga e’tibor qaratib, bunday harakatlarga mutla- 
(|u burham berish kerakligini aytdi. Shuningdek, Islom Karimov 
Yevropa 
- Kavkaz - Osiyo transport yo‘lagi mintaqaviy iqtisodiy 
hnmkorlik 
aloqalarini kengaytirish, mazkur yo‘nalishda joylashgan 
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, qolaversa, millatlararo 
liuinda davlatlararo muammolami yechishda katta samara beraja- 
giui 
ta’kidladi.
Hozirga qadar jahonning 50 ta mamlakati TRASEKA yoTagi 
orqali o‘z yuklarini manzillariga yetkazmoqda. Mazkur loyihaga 
qo'shilishni istovchi mamlakatlar soni ham tobora oshib borayapti. 
I'RASEKA dasturini amalga oshirishda Yevropadagi siyosiy, iqtiso­
diy va moliyaviy tashkilotlar yaqindan yordam ko'rsatyapti. Xo‘sh, 
bulaming hammasi nimadan dalolat beradi? Mazkur yoTakdan 
Sharq ham, G‘arb ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va 
Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yoT ochiladi. Yevropa mam- 
lakatlari uchun esa o ‘z mahsulotlarini Kavkaz va Markaziy Osiyo 
bozorlariga kiritish, mazkur mintaqalarda o ‘zlarining moliyaviy ish- 
tirokini kuchaytmsh imkoniyati tug‘iladi.
Boku konferensiyasida TRASEKA loyihasini amalga oshi- 
rish bo‘yicha hukumatlararo komissiyani tashkil etish, uning doi- 
miy kotibiyatini ta’sis qilish va bosh qarorgohini Bokuda joylash- 
tirish bo‘yicha o ’rtaga tashlangan taklif ishtirokchilar tomonidan 
ma’qullandi. TRASEKA loyihasini amalga oshirishda uni mablag1 
bilan ta’minlash masalasi ham ishtirokchilar tomonidan atroflicha 
ko‘rib chiqildi va TRASEKA banki tashkil etish taklifi bir ovozdan 
qoTlab-quwatlandi.
Anjuman nihoyasida Yevropa - Kavkaz - Osiyo yoiagini ri­
vojlantirish bo‘yicha xalqaro transport to‘g ‘risidagi ko‘p tomonlama 
Bitim imzolandi. Mazkur hujjat xalqaro yuk va yoTovchi tashish- 
ni rivojlantirish va boshqarish, transport sohasidagi huquqiy me- 
zonlami o ‘zaro muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, an- 
jumanda Boku Deklaratsiyasi hamda Buyuk Ipak yoTini tiklashga 
bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘yicha yakuniy Kommyunike 
qabul qilindi.
1998-yil 6-noyabr kuni Toshkentdagi «Interkontinental» meh-
675


monxonasining Amir Temur zalida UNESKO Ijroiya Kengashi 155- 
sessiyasining yakuniy yig‘ilishi bo Tib o‘tdi.
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning aso- 
siy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 
yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati - qullikdan inson 
qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada 
UNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan UNESKO 
faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma’ruzasi va turli 
tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga 
bagTshlangan uchta hujjat qabul qilinishi moTjallangan edi. Birin- 
chi hujjat BMT uchun moTjallangan dunyoviy madaniyat haqida- 
gi jamlanma ma’ruza, ikkinchisi - «Dunyoviy madaniyat yoTida» 
deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular 
Parijdagi yigTlishda qabul qilindi.
Uchinchi hujjat esa 0 ‘zbekiston tomonidan taklif qilingan 
«Dunyoviy madaniyat va UNESKOning a’zo mamlakatlaridagi fao- 
liyati» deb nomlangan qaror loyihasi boTdi.
O ‘ zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qaror- 
lari ro‘yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 155-sessiyaningToshkentda 
oTadigan yakuniy yigTlishida qabul qilinishi moTjallangan edi.
Sessiyaning yakuniy yigTlishini UNESKO Ijroiya Kengashi 
raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga 0 ‘zbekiston to­
monidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning 
dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo Tib qo- 
lishini ta’kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini 0 ‘zbekistonda 
oTkazish taklifi ko‘pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilin- 
ganini qayd etdi.
Sessiyada 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
UNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor 
sessiyaning yakuniy yigTlishini 0 ‘zbekistonda oTkazish taklifini 
bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari 
va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi.
«Men, - deb ta’kidladi o‘z so‘zida F. Mayor, - 0 ‘zbekiston xal- 
qi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab o‘tish davrida fan va 
madaniyat, ma’naviyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan xizmatlaringiz 
uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma’naviyatni 
tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat 
qilmoqdasiz».
F. Mayor UNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni 
saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani 0 ‘zbekiston
6 7 6


hukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e’tibor 
qaratdi. Prezident Islom Karimovning «Biz kelajakning poydevo- 
rini 
qo‘ymoqdamiz», degan so‘zlarini esladi va bunga misol qilib 
0 ‘zbekistonda ta’lim, fan va m a’naviyat sohasida erishilgan yutuq- 
lami keltirdi. 0 ‘zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllani- 
shida muhim bo‘g ‘inlardan biri bo‘lishini qayd etdi.
UNESKO bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomi- 
dagi oltin medaliga sazovor bo‘lgani bilan Islom Karimovni qutladi 
va oltin medalni 0 ‘zbekiston Prezidentiga topshirdi.
UNESKOning Vatanimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjuma- 
ni ham shu asosiy maqsad yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib 
qolishi, shubhasiz.
Zotan, ikkinchi jahon urushi olovining tafti hali bosilmagan olis 
1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan UNESKO tashkiloti o ‘shandan 
buy on ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo‘lida samarali ishlami 
amalga oshirib kelmoqda. Bu y o id a UNESKOning asosiy quroli 
ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan 
yutuqlami dunyo bo‘ylab yoyishdan iborat bo‘ldi.
Tabiiyki, ta ’lim, fan va madaniyat tashkiloti boigan UNESKO 
sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident 
Islom Karimov kitoblarini o‘qib, uni shu mahalgacha faqat nazari- 
yotchi sifatida bilganlarini, endi 0 ‘zbekiston bilan tanishib, bu yer- 
da o ‘tkazilayotgan islohotlar va ulaming ilk natijalaridan boxabar 
bo‘lib, 0 ‘zbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil 
amaliyotchi ham ekanligini e’tirof qiladilar.
Sessiya ishtirokchilaridan biri « 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom 
Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan 
ta’kidlayman», dedi.
Barcha ma’ruzalarda 0 ‘zbekiston qadimiy madaniyat beshik- 
laridan birigina emas, ayni chog‘da xalqlaming tinch-totuv yasha- 
shi, ma’naviy merosga munosabat nuqtayi nazaridan bugungi zamon 
davlatlarining ko‘piga o ‘mak bo‘larli jamiyat ham ekani qayd etildi.
677



Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin