I.
Karimov
«Rossiya Federatsiya-
si bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatish
0 ‘zbekiston uchun juda muhimdir. Va biz bu maqsadimizga
erishish uchun bor kuchimiz va imkoniyatlarimizni ayamay-
miz»,
- degan edi.
1992-yil 25-mayda Toshkentda MDHga a’zo davlatlar rahbarlari
bilan bo‘lgan uchrashuv katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 0 ‘zbekiston
Hamdo‘stlik doirasida kollektiv xavfsizlik tizimini barpo etish
tashabbusi bilan chiqdi va ana shu muhim masalaga doir shartnoma
imzolandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a ’zo b o iib kirgan mamla-
katlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama iqtisodiy hamda ma-
daniy munosabatlami rivojlantirish 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada 1992-yil 30-
mayda Rossiya Prezidenti B.N. Yelsin taklifiga binoan 0 ‘zbekiston
rasmiy delegatsiyasining Moskvaga qilgan tashrifi, muzokaralar,
uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar - o‘zaro hurmat va bir-birini
qoilab-quvvatlash siyosatining timsoli bo‘ldi. Bu kechagina mus-
tamlaka, tayyor va beminnat xomashyo bazasi bo‘lgan mamlakat
bilan bugungi munosabatning naqadar o ‘zgachaligi, jiddiy siyosiy
hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Shu kuni Prezidentlar B. Yelsin va
I. Karimovlar ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlar-
ning asoslari to‘g ‘risidagi shartnomani imzoladilar. Ushbu uchra
shuv yakuni haqida mulohaza yuritar ekan, Islom Karimov «eng
quvonchli jihati shuki, bu muhim voqeani ham rus, ham o‘zbek xalqi
katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib oldi.
0 ‘zbekiston - Rossiya o‘rtasidagi teng huquqli hamkorlik,
o ‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar istiqlolning keyingi yillarida
ham davom etadi», - dedi.
1995-yil 27-28-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati
Raisi Viktor Chemomirdinning 0 ‘zbekistonga rasmiy tashrifi, Ros
siya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri, keyinchalik Rossiya Huku-
6 9 6
mati Raisi bo‘lib ishlagan Yevgeniy Primakovning respublikamizga
ketma-ket tashriflari, 1998-yil 11-12-oktabr kunlari Rossiya Federat-
siyasi Prezidenti Boris Yelsinning davlat tashrifi bilan 0 ‘zbekistonda
bo‘lishi yoki 1999-yil 10-11-dekabr kunlari Rossiya Hukumati raisi,
hozir Rossiya Federativ Prezidenti Vladimir Putinning mamlakati-
mizga rasmiy tashrifi Rossiyaning 0 ‘zbekiston bilan teng huquqli
sherik sifatida hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat olib borayotgan-
ligidan dalolat berib turibdi.
0 ‘zbekiston Hamdo'stlik mamlakatlari ichida Ukraina va Be-
lorus respublikalari bilan ham hamkorlik va do‘stona munosabat-
lar o ‘matishga alohida e ’tibor bermoqda. Chunki, bu har ikki dav
lat ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari, tarixiy tajriba
va zamonaviy taraqqiyot omillari bilan MDH doirasidagi davlatlar
o‘rtasida katta nufuzga ega.
1994-yil 10-noyabrda Kiyev shahrida 0 ‘zbekiston respub-
likasi bilan Ukraina o ‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy
yo‘nalishlari to‘g ‘risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra
0 ‘zbekiston respublikasi bilan Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy hamkor
lik sanoat (shu jumladan samolyotsozlik, yengil sanoat) energetika,
transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi, mineral xomashyo qazib olish va
uni qayta ishlash, fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarida, shu-
ningdek, turizm va ekologiya sohalarini o‘z ichiga oladi. 0 ‘sha kuni
0 ‘zbekistor^ Respublikasi bilan Ukraina o‘rtasida madaniyat soha-
sidagi hamkorlik to‘g ‘risida bitim imzolandi. Unga ko‘ra har ikki
tomon bir-birini madaniyati bilan tanishish uchun imkon yaratib be-
radi, 0 ‘zbekiston va Ukraina xalqlarining ko‘p asrlik va madaniy
aloqalariga tayanib, ular o‘rtasidagi madaniyat va san’at sohasidagi
hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga ko‘maklashadilar,
deb ta’kidlandi. Ayni chog‘da, 0 ‘zbekiston Respublikasi va Ukraina
o‘rtasida daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga
yo‘l qo‘ymaslik to‘g ‘risida ham bitim imzolandi.
0 ‘zbekiston - Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi.
1995-yil 20-iyunda Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tash
rifi bilan 0 ‘zbekistonga keldi. Do‘rmon Qarorgohida bo‘lgan uch-
rashuvda 0 ‘zbekiston va Ukraina o'rtasidagi munosabatlami yana
da rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibda-
gi muzokaralari Xalqlar Do'stligi saroyida davom ettirildi. Bu yer-
da 0 ‘zbek - Ukrain hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish
to‘g ‘risida Deklaratsiya qabul qilindi. Unda « 0 ‘zbekiston Respubli
kasi va Ukraina o‘z munosabatlarini uzoq muddatli umumiy manfa-
6 9 7
atdorlikka ega do‘st davlatlar tarzida rivojlantirishni mo‘ljallaydi»,
deb yozib qo‘yildi. Shuningdek, muzokaralar davomida 0 ‘zbekiston
Respublikasi bilan Ukraina o ‘rtasida iqtisodiy integratsiyani chu-
qurlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartno-
maning 1-moddasida «tomonlar iqtisodiy islohotlami o ‘tkazish
jarayonida harakatlami muvofiqlashtiradilar, 0 ‘zbekiston Respub
likasi va Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik xo‘jalik sub-
yektlari, viloyatlari hamda mintaqaviy tuzilmalari o‘rtasida o‘zaro
foydali iqtisodiy aloqalaming saqlanib qolishi va rivojlanishiga
ko'maklashadilar», - deb aniq aytildi.
21-iyun kuni har ikki davlat munosabatlarini yanada yaxshi-
lashga qaratilgan hujjatlar qabul qilingandan so‘ng Leonid Kuchma
Samarqandga tashrif buyurdi, shahaming diqqatga sazovor joylarini
ko‘rdi. Registon maydonida Leonid Kuchma o ‘zbekistonlik bir gu-
ruh ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga «Ukraina ozod etilganli-
gining 50 yilligi medali» va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil
27-may kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Prezident Sa-
royida I. Karimov va Ozarbayjon Prezidenti H. Aliyev ikki mamla-
kat o ‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g ‘risida shartnoma, ikki mam-
lakat o‘rtasida sarmoyalami o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash,
soliq, bojxona, havo yo‘llari, avtomobil va ternir yo‘llar aloqala-
ri, yuk tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin hujjat imzoladilar.
I. Karimov Boku Davlat Universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u
talabalar bilan uchrashdi. 0 ‘zbekiston Davlat rahbariga iqtisodiyot,
fan, maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Boku Universiteti
doktori degan faxriy unvon berildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov shu yili 28-may
kuni rasmiy tashrif bilan Gruziyaga bordi. Islom Karimov va Gruzi-
ya Respublikasi sobiq Prezidenti Eduard Shevardnadze o‘rtasidagi
muzokaralarda har ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, minta
qaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan bogiiq
masalalar muhokama qilindi. So‘ng Prezidentlar ishtirokida kengay-
tirilgan muzokaralar b o id i va unda Trans-Kavkaz yo‘lining Gruziya-
dan o‘tadigan qismini jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan
samarali foydalanish bosh mavzu bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida
0 ‘zbekiston bilan Gruziya o ‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik-
ni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida Deklaratsiya
qabul qilindi, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga
doir 15 ga yaqin hujjat imzolandi.
1999-yil 8-mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard
6 9 8
Shevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Do‘rmon
qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama-yakka
uchrashuvi bo‘ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlami rivojlanti-
rish, iqtisodiy hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavf-
sizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan b o g iiq masa-
lalar yuzasidan fikr almashildi.
0 ‘zbekiston Respublikasi va Gruziya Respublikasi Prezident-
larining yakkama-yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda
qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegatsiyalarining
kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo-iqtisodiy
munosabatlami chuqurlashtirish, transport kommunikatsiyasi so-
hasidagi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalami
rivojlantirish bilan bog iiq masalalar muloqotning asosiy mavzusi
boidi. Ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin
ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlama o ‘zaro
ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategik aha-
miyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta’kidlandi. Mehmon-
lar 0 ‘zbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd
etishdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami rivoj-
lantirishga xizmat qiladigan aniq amaliy takliflar ham ishtirokchilar
e’tiboriga havola qilindi.
Muzokaralar nihoyasiga yetgach, amaliy uchrashuvga oid Pro-
tokol imzolandi% Hujjatga Islom Karimov va Eduard Shevardnadze
imzo chekdilar.
Shundan so‘ng Prezidentlaming ommaviy axborot vositalari
vakillari bilan uchrashuvi boidi. Matbuot anjumanida ikki mam-
lakatning TRASEKA dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savol-
ga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori
0 ‘zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta’bir joiz boisa, stra
tegik ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta’kidladi. Buyuk Ipak
y o iin i tiklash, TRASEKA doirasida bugun amalga oshirilayotgan
ishlar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb
etadi, dedi Islom Karimov. Birgina oig an yili Gruziyaning Poti porti
orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib kel-
tirilganining o ‘ziyoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan da-
lolatdir. Zero, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha davlatlar
mazkur loyihada bajonidil ishtirok etish istagini bildirayotgani ham
bejiz emas.
1995-yil 25-26-may kunlari Islom Karimov MDHga a’ao davlat
boshliqlari bilan navbatdagi uchrashuvda qatnashish uchun Minskka
keldi. 26-may kuni MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining
6 9 9
Kengashi bo‘lib o ‘tdi. Unda davlatlararo Valuta Qo‘mitasini tuzish,
MDH chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy integratsiyani kuc-
haytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda hukumat
rahbarlari turli sohalarda o ‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga
doir 20 dan ziyod masalalami muhokama qildilar.
Istiqlol yillarida 0 ‘zbekiston o‘zining qat’iy mustaqil taraqqiyot
yo‘lidan borish, o‘zgalarga tahdid qilmaslik, boshqalar suverenitetini
hurmat qilish bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘zining mu-
nosib va qat’i nuqtayi nazariga ega bo‘ldi. Bu quyidagilarda namo-
yon bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |