Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə350/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

kubornetr 
gaz sotib oigan. 
« 0 ‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniya ham da «Gazprom» va 
«Lukoyl» OAJ bilan imzolangan hujjatlarda inam lakatim iz neftegaz 
sohasiga 2,5 milliard dollar rniqdorida investitsiya kiritish ko‘zda 
tutilgan. «TexcneccrajiHH/KHHHpHHr» (Sankt-Peterburg) hamda 
Chkalov nomidagi Toshkent avisozlik ishlab chiqarish birlashma- 
si o ‘rtasida 2008-yilgacha 30 ta IL-114 safltolyotlarini import qi- 
lish to‘g ‘risida kontrakt tuzilgan. E ’tiborli jifrati shundaki, Rossiya 
Harbiy-dengiz kuchlari va «Bnôopr» aviak^mpaniyasi dunyodagi
693


eng yirik beshta samolyotsozlik majmualari qatoridan o‘rin olgan 
«TAPOICH» DAJ tomonidan ishlab chiqarilgan bir necha samolyot- 
dan samarali foydalanib kelmoqda.
2006-yilning birinchi choragida mahsulot ayirboshlash hajmi 
o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan va 402 min. 
AQSH dollarini tashkil etgan («Народное слово», 2006-yil, 16-may).
Ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
ham o‘nlab oliy o ‘quv yurtlari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga 
qo‘yilgan. Jumladan, bunday hamkorlik iqtisodiyot, servis, tibbi- 
yot, boshqaruv, tilshunoslik, pedagogika, qishloq xo‘jaligi, infor- 
matika va yangi sanoat texnologiyalari sohasida yuksak malakali 
mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Ayni paytda Toshkentda MDU 
hamda Plexanov nomidagi Moliya akademiyasining filiallari tashkil 
etilib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda 676 maktabda rus tilida dars olib 
boriladi, ularda 250 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Mustaqillik yillari respublika kutubxonalari yangi adabiyotlar 
bilan boyitildi. Respublikada har yili rus tilida 1,0—1,2 min. adadda 
40-45 nomda darslik va qoilanm alar nashr qilinadi. Rus tilida 85 ta 
gazeta va 52 ta jumal chop etiladi.
Ikki mamlakat fan, madaniyat va jamoat arboblarining tashab- 
busi bilan 2004-yilning mart oyida Moskvada o ‘zbek xalqining 
boy madaniy-tarixiy merosini targ‘ib etish maqsadida tashkil etil- 
gan « 0 ‘zbekiston madaniyati va san’ati Fondi»ning taqdimoti b o iib
o‘tdi.
Ikki mamlakatning taniqli san’at va madaniyat arboblari­
ning uchrashuvlari, milliy teatrlar gastrollari hamda musawirlar 
ko’rgazmalari doimiy ravishda o ’tkazib kelinmoqda.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Fede- 
ratsiyasi o ‘rtasida gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish 
Kompleks dasturi loyihasi tayyorlanmoqda.
Toshkentda Rossiya hukumati huzuridagi xalqaro ilmiy va 
madaniy hamkorlik Rossiya markazining vakolatxonasi («Росза- 
рубецентр») faoliyat yuritmoqda.
0 ‘zbekiston bu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qi- 
ladigan turli tadbirlami qoMlab-quvvatlab kelmoqda. Shu ma’noda, 
2005-yilning noyabrida 0 ‘zbekiston - Rossiya madaniy hamkorligi- 
ning 2005-2006-yillarga moTjallangan Dasturining imzolangani bu 
yoTdagi muhim qadam bo‘ldi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari hamda 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va
6 9 4


texnologiyalami rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi bilan 
birgalikda Suffa platosida radiastronomiya observatoriyasini qurish 
rejalashtirilayotgani ham e’tiborga loyiqdir.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga tayanib, 0 ‘zbekiston- 
Rossiya munosabatlari har qachongidan mustahkamlanib borayot- 
ganini ta’kidlash mumkin. Ittifoqchilik shartnomasi ikki mamlakat 
o'rtasidagi yaqin hamkorlik munosabatlarining ishonchli kafolati 
bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli rus siyosatshunosi A.Migranyanning ta’kidlashicha, 
Rossiya bilan ittifoqchilik aloqalari 0 ‘zbekiston xavfsizligi va bar- 
qaror taraqqiyotini yuqori darajada ta’minlaydi («Правда Востока»,
2005-yil 23-noyabr). Uning fikricha, ikki mamlakatning o‘zaro ya- 
qinlashuvi postsovet makonida bir talay omillar bilan belgilangan 
taraqqiyot tendensiyalarida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan 
dalolat beradi. Olimning ta’kidlashicha, postsovet makonda integ- 
ratsiya jarayonlarining yangi bosqichi ikki tomonlama va ko‘p to- 
monlama darajada (YevrAzES), jumladan, Rossiya va Markaziy 
Osiyo davlatlari o‘rtasida sifat jihatidan mutlaqo yangi munosabatlar 
vujudga kelayotgani anglab yetilayotganidan darak berayotir.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin