Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


Sharq tadqiqotlari markazining Kavkaz va Markaziy Osiyo



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

Sharq tadqiqotlari markazining Kavkaz va Markaziy Osiyo
bo‘limi rahbari K. Straxota 
Polsha tahlilchilari doirasi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining mazkur kitobidan mintaqaviy xavfsizlik, 
narkotik xavf-xatar hamda diniy ekstremizm bilan bog‘liq barcha sa- 
vollarga javob topishi mumkinligini alohida ta’kidladi.
6 7 8


* * *
BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o‘tgan 
«Mingyillik sammiti»da davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va 
giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, 
mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning 
larkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflami bildirdi. Xal­
qaro jamoatchilik e’tiborini yana bir bor Orol muammosiga qarat- 
di. Ta’kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo 
inintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining ekologik muammo- 
sidir. Shundan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyil­
lik sammiti»da ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni 
qoTlab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor 
mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb etish maqsadida BMTning 
Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va 
Orolbo‘yi muammolari kengashini tuzishni taklif qildi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is­
tanbul sammitida Prezident Islom Karimov BMT huzurida terrorchi- 
likka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g ‘oyasini 
ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi- 
rasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu 
g'oyaning amaliy natijasi boTdi.
0 ‘zbekiston ayni vaqtda BMTning mavjud 12 aksilterror kon- 
vensiyasiga ljamda narkotik moddalar savdosiga qarshi kurashga oid 
konvensiyalariga qo‘shilgan. Bu yo‘nalishdagi hamkorlikning ama­
liy ifodasi sifatida 2000-yil 19-20-oktabr kunlari Toshkentda BMT 
va VOSG bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda xavfsizlik va bar- 
qarorlikni mustahkamlash: giyohvand moddalar, uyushgan jinoyatc- 
hilik va terrorizmga qarshi kurashda umumiy yondashuv» mavzuida 
xalqaro konferensiya o ‘tkazildi.
2006-yilning sentabrida esa Markaziy Osiyo mamlakatlari va- 
killari Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida «Markaziy Osiyoda 
yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g ‘risida»gi shartnomani 
imzoladilar.
0 ‘zbekiston rahbari Islom Karimov g‘oyasining amaliy natijasi 
boTgan bu shartnoma mintaqamizda tinchlikni mustahkamlash va 
ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olishdagi, pirovardi- 
da dunyoda yalpi yadroviy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi g‘oyat 
muhim qadam boTdi.
Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tashkjjotlari bilan 
turli yo'nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Bunda dav­
latimiz rahbari Islom Karimovning xalqaro integratsiyani kuchayti-
6 7 9


rish, barqarorlikni mustahkamlash va davlatlararo hamkorlikni rivoj- 
lantirishga qaratilgan hamda tinchlikparvarlikka asoslangan izchil 
siyosati muhim omil bo‘lmoqda.
Ayniqsa, UNISEF va UNESKO bilan aloqalar koTami keng. 
UNISEF bilan hamkorlikda bolalar salomatligini mustahkamlash, 
jumladan, ular orasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini 
olish, emlash, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tib- 
biy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish- 
ni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan 
ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
UNESKO - 0 ‘zbekiston madaniy hayotida yuz berayotgan jara- 
yonlaming faol a’zosi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, 
qadimiy shaharlarimiz va buyuk ajdodlarimizning yubiley tadbirlari 
bu xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 0 ‘tgan yili Xo- 
razm M a’mun akademiyasining 1000, Qarshi shahrining 2700 yillik 
yubileylari nishonlangani bunga yorqin misoldir.
0 ‘zbekiston - BMTning faol a’zolaridan. Zero, mamlakatimiz 
butun dunyoda tinchlikni qaror toptirish yuzasidan amalga oshiri- 
layotgan ko‘plab xayrli ishlaming tashabbuskorlaridandir. Tashki- 
lotning o‘sha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annan 2002-yil oktabrida 
yurtimizga tashrifi chog‘ida 0 ‘zbekistonning jahonda xavfsizlik va 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho 
berdi. Bu mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalib 
borayotganining yana bir tasdig‘idir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun 2010- 
yil, 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin