Amaliy mshg’ulot 9 mavzu: O’lchashlar, uning usullari



Yüklə 305,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix02.12.2023
ölçüsü305,84 Kb.
#171344
  1   2   3   4   5   6


AMALIY MSHG’ULOT - 9 
 
 
MAVZU: O’lchashlar, uning usullari. 
 
Reja. 
1. O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar.
2. O’lchash turlari. 
3. O’lchash usullari (bevosita baholash usuli, taqqoslash usuli). Statik va dinamik o’lchashlar. 
4. Diskret o’lchash usuli. 
Tayanch so’zlar
: o’lchash obyekti, o’lchash usuli, o’lchash vositasi, o’lchov, o’lchash asbobi.
4.1. O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o’lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda 
ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki 
kichik ekanligi aniqlanadi.
O’lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda 
o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan 
miqdori bilan o’zaro solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o’lchash bu har xil kattaliklar 
to’g’risida informasiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o’lchash 
jarayonida o’lchanadigan kattalikning o’lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o’lchashdan maqsad, 
o’lchanadigan kattalik bilan uning o’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) 
nisbatni topishdir. Ya’ni, o’lchash jarayonida o’lchashdan ko’zda tutiladigan 
maqsad
, ya’ni izlanuvchi 
kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi 
hisoblanadi) va 
o’lchash obyekti
ishtirok etadi. O’lchash obyekti (o’lchanadigan kattalik) shunday 
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday 
qurilmaki, uning yordamida o’lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o’lchash, o’lchash jarayoni va 
o’lchash usuli. 
O’lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to’g’risida informasiya qabul qilish, o’zgartirish 
demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo’llash, ishlatish uchun qulay 
formada aniqlashdir. 

Yüklə 305,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin