4.2. O’lchash turlari O’lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo’llari)
mavjuddir. Quyida shu yo’llar bilan tanishib chiqamiz.
Bevosita o’lchash - O’lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita
topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o’lchash.
u = s∙x; Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan o’lchanayotgan kattalikning qiymati;
s - shkalaning bo’lim qiymati;
x - shkaladan olingan qaydnoma.
Bilvosita o’lchash - bevosita o’lchangan kattaliklar bilan o’lchanayotgan kattalik orasida
bo’lgan ma’lum bog’lanish asosida katalikning qiymatini topish. Masalan, tezlikni o’lchash.
u = f (x 1 x 2 ...x n ). Majmuiy o’lchash - bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtta bevosita
o’lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har
xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini
topish uchun o’tkaziladigan o’lchashlar, haroratni qarshilik termometri orqali o’lchash.
Birgalikdagi o’lchash - turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar orasidagi munosabatni topish
uchun bir vaqtda o’tkaziladigan o’lchashlar. Misol, rezistorning 20
0
S dagi elektr qarshiligi qiymatini
turli temperaturalarda o’lchab topish.
Mutlaq o’lchash - bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita o’lchanishini va (yoki)
fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo’llash asosida o’tkaziladigan o’lchash.
Nisbiy o’lchash - kattalik bilan birlik o’rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos
qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o’zgarishini o’lchash.
4.3. O’lchash usullari