826
[4] maqolada matematika fanini o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan
foydalanilanish masalasi tahlil qilingan. Darslarning qay darajada tashkillanishi bu
o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqligi qayd qilingan.
Matematik
o‘yinlar, rasmli topishmoqlar kundalik darslarga joziba bag‘ishlashi haqida fikr
yuritilgan. Didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish, har bir o‘quvchining
kuchiga mos topshiriq berish, uning qobiliyatlarini maksimal o‘stirish
imkoniyatini
berishi qayd qilingan. O‘yin orqali o‘quvchilar darsdan olgan bilimlarini
mustahkamlashi, ularni hayotga tadbiq eta olishga tayyorlanashi haqida so‘z yuritilgan.
[5] maqolada AKTning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni haqida ba’zi mulohazalar
yoritilgan. “Oliy matematika” fanida “Hosila” mavzusini o‘qitishda axborot
kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish usullari haqida qisqacha
ma’lumot berilgan. Fanni o‘qitishning maqsad va vazifalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.
AKTdan foydalanishning qulayliklari yoritilgan.
[6] maqolada logarifmik funksiyalar haqida maʼlumotlar,
logarifmik tenglama
va tengsizliklarni yechishning ayrim usullari bayon qilingan. Keltirilgan usullar
yordamida yechilgan tenglama va tensizliklardan namunaviy misollar yechimi bilan
berilgan.
[7] maqolada o‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishishga olib kelishi haqida fikr yuritilgan. “Vektorlar va ular
ustida amallar” mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda “Domino”
metodini darsda qo‘llash namunasi keltirilgan.
[8] maqolada Oliy ta’lim tizimida o‘quv fanlararo bog‘lanish
va bilimlarni
muvofiqlashtirish tamoyili asosida o‘quv fanlarining o‘zaro bog‘liqligi va fanlararo
bog‘lanishlarni ta’minlashga xizmat qilishi qayd qilingan. Ba’zan bir darsning o‘zida
bir nechta fanlarga murojaat qilinishi, darslarning qay darajada tashkillanishi bu
o‘qituvchining ijodkorlik qobiliyatiga ham bog‘liqligi haqida fikr yuritilgan.
[9] maqolada “Nomanfiy butun sonlar to‘plami” mavzusini o‘rganishda “Jadval”
grafik organayzer metodidan foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Bu metodni
o‘zlashtirib, o‘quvchilar o‘rganilayotgan mavzu haqida tushunchaga ega bo‘lishlari,
ularning tarkibiy qismlarini aniq tasvirlay olishlari haqida fikr yuritilgan. Mavzu
827
mazmunini yaxshiroq tushunishga, tavsiflashga, mavzu bo‘yicha
tushunchalar va
faktlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga yordam beradigan ushbu metodni darsda
qo‘llash namunasi keltirilgan.
[10-50] maqolalar ta’lim muassasalarida matematika fanlarini interfaol usullar
va ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan.
Qo‘llanilgan medodlarning tavsifi, ularning yutuq va kamchiliklari
ochib berilgan
hamda mavzuga mos metodlarni tanlash orqali asoslab berilgan.
Dostları ilə paylaş: