176
Zamonaviy vibrodatchiklarning mexanik o‘zi-yozar asboblarga nisbatan
massasi kichikligi va ixchamligi ularni yetish qiyin bo‘lgan joylarga o‘rnatishga
imkon beradi. Ko‘pchilik induksion vibrodatchiklarning ishlash prinsipi VEGIK
vibrodatchikning (5.15-rasm) konstruktiv sxemasida namoyish qilish oson. Bu
vibrodatchik amplitudalari 0,0001 dan 2 mm gacha, davrlari 0,01 dan 1 s
gacha
(chastotasi 1 dan 100 Gs gacha bo‘lgan tebranishlarni almashtirish uchun
mo‘ljallangan. Asbobning ishlash prinsipi quyidagidan iborat:
asbobning korpusi
tekshirilayotgan ob’yektga o‘rnatiladi
va u bilan birga tebranadi, mayatnik esa
inersiya tufayli qo‘zg‘almasdan qoladi;
shunday qilib, moyatnikning
uchiga
mahkamlangan induksion G‘altak 5 ning va korpusga mahkamlangan doimiy magnit
6 ning nisbiy harakati yuzaga keltiriladi (5.15-rasm). Induksion G‘altakda uyg‘otilgan
elektr yurituvchi kuch tegishli simlar bo‘yicha ossillografga keladi va plenkaga
yoziladi.
Dostları ilə paylaş: