177
Bu G‘altakning uchlari ikki qisqichga to‘g‘rilab chiqarilgan. Induksion G‘altak
doimiy magnit 6 ning maydonida joylashgan.
Datchik korpusi tebranganda inersion massa bilan ulangan G‘altak qo‘zg‘almas
bo‘ladi, korpusga mahkamlangan magnit esa u bilan birgalikda tekshirilayotgan
konstruksiyaning tebranishlarini takrorlaydi. Natijada G‘altakning chiqishida elektr
yurituvchi kuch hosil bo‘lib, u vaqt o‘tishi bilan tekshirilayotgan konstruksiyaning
ko‘chishlari qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Gorizontal tebranishlarni qayd etish uchun
o‘ralgan prujina olib tashlanadi, asbob 90°ga buriladi va o‘rnatish vinti 3 ga
qo‘yiladi. Vibradatchik mexanizmi qalpog‘i organik shishadan qilingan metall
korpusga joylashtirilgan, bu esa mayatnikning holatini ko‘rishga imkon beradi.
Tebranishlar davri va chastotasini aniqlash uchun vibrogrammada vaqt
belgisiga ega bo‘lish zarur. Ayrim asboblarda vaqtni belgilash maxsus moslama bilan
amalga oshiriladi, bu moslama asbobning ajralmas qismini tashkil etsa, ba’zi
asboblarda bunday moslama bo‘lmaydi. Bu holda vaqt belgisini olish uchun maxsus
asbob talab etiladi. Bunday asbob vaqtni belgilovchi deb ataladi. Aslida sekundning
yuzdan bir ulushlaridan boshlab to minutlargacha, ayrim hollarda soatlargacha
bo‘lgan vaqtni belgilovchi belgilagichlardan foydalaniladi. Vaqtni belgilagichlarning
konstruktiv yechimlarining katta miqdori mavjud bo‘lib, ular turli xil prinsiplarga
asoslab yasalgan va turli xil aniqlik ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: