Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. N-700 ossillografida



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.13-rasm. N-700 ossillografida 
yozilgan, vaqt belgili 
vibrogramma. 
5.14-rasmda ossillografning optik sxemasi ko‘rsatilgan. Yupqa to‘g‘ri spiralli 
ossillograf lampasi 1 dan tushayotgan yorug‘lik ikki silindrik linzadan iborat bo‘lgan 
kondensator 2 orqali o‘tadi va gorizontal yo‘l ko‘rinishida doimiy magnit 11 li 
umumiy blokka yig‘ilgan barcha 14 ta golvanometrlarning (shartli ravishda faqat 
bitta galvanometr ko‘rsatilgan) darchasiga tushadi. 


174 
5.14-rasm. N-700 ostsillografining optik 
sx
еmasi. 
 
Galvanometrning darchasiga o‘rnatilgan sferik linza 8 orqali o‘tib va ramka 10 
ga mahkamlangan galvanometr ko‘zgusi 9 dan qaytgan nur vertikal tekislikda 
fokuslangan holda chiqadi va ko‘zgu 16 bilan teng ikkiga bo‘linadi. Yorug‘lik 
nurining bir qismi silindrik linza 17 orqali o‘tadi va kassetaning yetakchi valikni 18 
sirtida nuqtaga fokuslanadi. Ramka 
tebranganda galvanometr 
ko‘zgusidan qaytgan yorug‘lik nuri 
gorizontal tekislikda siljiydi va 
o‘zgarmas tezlikda o‘ralayotgan 
fotoqog‘ozga tadqiq etilayotgan 
jarayonning egri chizig‘ini yozib 
boradi. Bo‘lingan nurning ikkinchi 
qismi ko‘zgu 16 dan qaytadi, 
silindrik linza 6 orqali o‘tadi va 
yorug‘lik nuqtasi tarzida yig‘ilib, 
aylanayotgan ko‘zgusimon baraban 7 
ning qirrasidan akslanadi va silindrik xira ekran 5 da tekshirilayotgan egri chiziqning 
tasvirini beradi, bu tasvir ko‘zgu 3 da akslanadi. Himoya oynasi 4 orqali ko‘zguda 
tadqiq etilayotgan jarayonning yoyiq egri chizig‘i kuzatiladi. Vaqt belgilagichining 
lampasi 14 qo‘zg‘almas tirqishli diafragma 15 ni yoritadi. Ma’lum vaqt oraliqlaridan 
so‘ng aylanayotgan disklardagi tirqishlar qo‘zg‘almas tirqishli diafragma 13 bilan 
ustma-ust tushadi. Ular orqali yorug‘lik dastasi o‘tadi, u ko‘zgu 12 dan qaytib, 
silindrik linza 17 ga kelib tushadi va fotoqog‘ozga yorqin ingichka gorizontal chiziq 
ko‘rinishida fokuslanadi. 
Bu ossillografning N-102 ossillografdan prinsipial farqi shundan iboratki, 
birinchisida ichki avtonom magnitli galvanometrlar (shleyflar) qo‘llaniladi. Bu 
galvanometrlar katta gabaritlarga, nisbatan katta massaga ega bo‘lib, juda 
ehtiyotkorlik bilan muomala qilinishini talab etadi. Ikkinchisida ossillografga montaj 
qilingan bitta umumiy magnit blokidan foydalaniladi. Xususan galvanometr diametri 
5,5 mm bo‘lgan germetik berk aluminiy naychasidan iborat bo‘lib, uning ichida 
ko‘zguli ramka joylashgan. Bu galvanometr N-102 ossillograf galvanometriga aniq 
o‘xshash holda ishlaydi, biroq uning konstruksiyasi ancha ishonchli. 


175 
Elektron ossillograflar.
Hozirgi vaqtda dinamik jarayonlarni tadqiq etish uchun 
elektron ossillograflar qo‘llanilmoqda, ularda jarayonni vizualizatsiyalash (ko‘rish) 
elektron-nur trubkasi yordamida amalga oshiriladi. Uning ishlash prinsipi ayrim 
moddalarning (masalan, oltingugurtli rux) elektron bombardimonlash ta’sirida 
yorishish qobiliyatiga ega bo‘lishiga asoslangan. Nayda ingichka elektron nur hosil 
qilinib, u ekranga tushib, uni yorishishga majbur qiladi. Ossillografda mavjud bo‘lgan 
yoyilma generatori nurni ekran bo‘ylab chapdan o‘ngga ko‘chishga majbur qiladi. 
Yoyish chastotasi 10 Gs dan ortiq bo‘lganda biz gorizontal yorishgan chiziqni 
ko‘ramiz. Tadqiq etilayotgan signal tegishlicha kuchaytirilgandan so‘ng nurning 
vertikal bo‘yicha og‘ishini vujudga keltiradi. Shu tarzda signalning ko‘rinadigan 
tasviri paydo bo‘ladi. Konstruksiyasiga ko‘ra ham, vazifasiga ko‘ra ham farq qiluvchi 
elektron ossillograflarning turli xillari mavjud. Hozirgi vaqtda kompyuter 
texnologiyalarining rivojlanishi va datchiklarning kompyuterlarga ulanish 
imkoniyatlari paydo bo‘lishi munosabati bilan dinamik sinovlar ma’lumotlarini 
maxsus dasturlar bo‘yicha qayd etish va ishlov berishning imkoniyatlari ancha 
kengaydi. 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin