5.6.1. Vibrogrammalarni yozib olish uchun asboblar Ko‘rib chiqilgan oddiy asboblar (amplitudometrlar va chastotomerlar) bilan
faqat tebranishlarning asplitulari va chastotalari aniqlanadi. Yanada murakka asboblar
mavjud bo‘lib, ularning butun tebranish jarayonini — vibrogrammani yozib olishi
mumkin, unga ishlov berishda tebranma harakatning deyarli barcha tavsiflari
aniqlanadi. Bunday asboblar qatoriga dinamik progibomerlar, vibrograflar,
ossilloglaflar va boshqlar kiradi.
Vibrometrlar va vibrograflar tebrnayotgan jismning ko‘chishlarnii o‘lchash
yoki yozib olish uchun mo‘ljallangan. Agar amplituda va chastotaning kattaliklari
asbobning bevosita shkalasi bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa, u holda bunday asboblar
vibrometrlar deyiladi. Agar tebranish jarayoni asbob tomonidan qog‘ozga,
fotoplyonkaga va shu kabilarga yozi olinadigan bo‘lsa, u holda bunday asbob
vibrograf deb ataladi. Vibrograflarda odatda vaqt belgilarini yozish uchun moslama
mavjud, bu vaqt belgilari kelgusi ishlov berish uchun kerak bo‘ladi. Vibrograflarning
bir qancha turlari mavjud, shu jumladan Geyger vibrografi va VR-1 dastaki vibrograf.
Geyger vibrografi bevosita konstruksiyaga ham o‘rnatilishi mumkin. Buning
uchun unga Qovak silindr korpus 1; uning ichida spiral prujina 4 ga osilgan inersion
massa 3 joylashtirilgan maxsus moslama (5.12-rasm) mahkamlanadi. Dastak 5
yordamida inersion massa 3 ning holatini o‘zgartirish mumkin. Inersion massa planka
2 yordamida vtulka 6 bilan tutashtirilgan, vtulka nay (trubka) 7 ga kiydiriladi.
Shunday qilib, inersion massa nay 7 ga nisbatan tebranma harakat qilishi mumkin.
Tirsakli richag planka 2 bilan tutashtiriladi.