Јурилиш материаллари ва конструкциялрини тадіиі этиш ва


-rasm. Rezonans vibrogrammasi



Yüklə 24,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/174
tarix05.12.2023
ölçüsü24,39 Mb.
#173338
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174
Qurilish materiallari konstruksiyalarini

5.9-rasm. Rezonans vibrogrammasi. 


168 
Agar konstruksiyaga chastotalari bir biriga yaqin bo‘lgan ikkita yoki bir nechta 
kuch ta’sir qilsa, urilishlar (5.10-rasm) yuzaga kelib, ular tebranishlar 
amplitudasining asta-sekin orta borishi, ma’lum maksimumga yetishi va so‘ngra asta-
sekin kamayishi bilan ifodalanadi. Maksimal amplituda 
g‘ujlik, 
minimal amplituda — 
bel 
deyiladi. Amplituda kattaligining o‘zgarishi ma’lum vaqt mobaynida yuz beradi. 
Ikkita g‘ujlik yoki bel orasidagi vaqt urilishlar davri Tb deyiladi (5.10-rasm). Bundan 
keyin bu jarayon takrorlanadi. 
5.10-rasm. Urilish vibrogrammasi. 
Tebranishning so‘nishi.
Agar sinalayotgan konstruksiya yuklanish ta’sirida 
muvozanatdan chiqarilsa, keyin yuklanish ta’siri to‘xtatilsa (masalan zarba), u holda 
yuzaga kelgan tebranishlar so‘na boshlaydi (5.11-rasm). So‘nuvchi tebranishning 
o‘ziga xos bo‘lgan xossasi shundan iboratki, uning amplitudasi asta-sekin kamaya 
boradi 

+
>
>
1
1
к
к
к
a
а
а
 
(5.11
-a 
rasm).
 
5.11-rasm. So‘nuvchi tebranishlar vibrogrammasi:
a–materiallarning ichki ishqalanishi bilan; b–tutashtirishlardagi ishqalanish bilan. 


169 
Tebranishning so‘nishi sababi, tebranma xarakat energiyasining ichki 
ishqalanishga yoyilishi, konstruksiya elementlari birikmalaridagi qarshilikni 
yengishga va hokazolarga ajralishi hisoblanadi. 
 
5.6. Tebranishlarning asosiy tavsiflarini aniqlash uchun asboblar
Tebranma jarayonni o‘rganish uchun quyidagi asosiy parametrlarni qayd etish 
va o‘lchash talab qilinadi: chastotalar, amplitudalar, tezliklar va tezlanishlar. 
Bu parametrlarni aniqlovchi asboblar parametrlarga bundan keyingi ishlov 
berishda zarur parametrlarni aniqlash uchun yo sanoqlarni shkalaga ko‘ra olish 
imkoniyatini, yoki tebranishlar jarayonini yozib olish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 
Tebranma harakatni qayd etish uchun qo‘llaniladigan barcha asboblarni ikki 
guruhga bo‘lish mumkin: asosiy asboblar va yordamchi asboblar. Sinalayotgan 
ob’yekt bilan amalga oshirilayotgan aloqa turiga bog‘liq holda asboblar o‘z navbatida 
yana ikki guruhga bo‘linadi: kontaktli asboblar va distansion masofadan turib 
ishlatiladigan asboblar. Kontaktli asboblardan foydalanishda tekshirilayotgan 
konstruksiyaga asbobning o‘zi yoki uning chiqarilgan elementi — datchik o‘rnatiladi. 
Zamonaviy vibroo‘lchash asboblari aynan oxirgi tamoyil bo‘yicha ishlab chiqariladi. 
Vibroo‘lchov asboblarida asosiy sezgir (qabul qiluvchi) element inersion massa 
bo‘lib, u tekshirilayotgan ob’yekt bilan prujina bilan bog‘langan. Bu asboblarda 
vibratsiya parametrlarini aniqlash tekshirilayotgan ob’yektning tebranishlarini 
qo‘zg‘almas inersion massaga nisbatan o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Tebranish jarayonlarini qayd etish uchun mo‘ljallangan asboblar 
vibrograflrga 
— tebranayotgan buyumlarning chiziqli ko‘chishlarini o‘lchovli va yozib oluvchi 
asboblarga; 
seysmograflarga 
— asosan gruntning yer qimirlashi yoki portlashdan 
tebranishlarini yozib olish uchun qo‘llaniladigan asboblarga bo‘linadi. Bu turdagi 
asboblar vibrograflarga qaraganda ko‘p kattalashtirishi va aniqligi bilan ajralib turadi; 
torsiograflar 
— buralma tebranishlarni o‘lchovchi asboblar; 
velosiograflar 
— 
tebrnuvchi 
jismlarning tezligini o‘lchovchi va yozib oluvchi asboblar; 
akselerograflar 
— tebranuvchi jismlarning tezlanishlarini o‘lchovchi va yozib 
oluvchi asboblar. 
Masofadan turib o‘lchaydigan vibroo‘lchov asboblariga maxsus kinosuratga 
olish kameralari — fotosoyali va fotoelektron asboblar, shuningdek o‘zaro induksiya 
va uyurmali oqimlar usullariga asoslangan asboblar kiradi. 


170 
Navbatdagi asboblar guruhi — yordamchi asboblar, ularga ossillograflar, turli 
xil analizatorlar (tahlillagichlar) va vibrostendlar kiradi. Bu asboblar yordamida 
tekshirilayotgan ob’yektlarning tebranma harakatini tasvirlovchi egri chiziqlar 
kuzatiladi, qayd etiladi va tahlil qilinadi. 
Ossillograf yozib olgan murakkab tebranma harakat ossillogrammasi tebranish 
jarayonining vaqtning funksiyasi sifatidagi grafik talqinini ifodalaydi. Tebranma 
harakatlar egri chiziqlariga ishlov berish uchun mexanik, optik va elektron 
analizatorlar (tahlillagichlar)dan foydalaniladi. 
Vibratsion stend va vibratsion stol yordamida etalon tebranishlarni yaratish 
mumkin bo‘lib, ular o‘lchov asboblarini kalibrlashda zarurdir. 
Agar yuqori aniqlik talab etilmasa amplitudalarni o‘lchash uchun juda oddiy 
asbolardan foydalanish mumkin, ularni sinov o‘tkazuvchining o‘zi tayyorlashi 
mumkin, masalan, vibromarkalar. Barqaror tebranish amplitudasini soat turidagi 
indikator bilan taqribiy o‘lchash xam mumkin. Gorizontal va vertikal yo‘nlishlardagi 
tebranishlar amplitudalarini o‘lchash uchun turli xil konstruksiyadagi maxsus 
moyatnilar ishlab chiqilgan edi. A.M.Yemelyanov va V.F.Smirnov amplitudomeri 
foydalanishda qulay hisoblanadi. Chastotani o‘lchash uchun ko‘p tilli Fram 
chastotomeridan foydalaniladi, u umumiy taglikka mahkamlangan, uchlarida 
yukchalari bo‘lgan plastinkalar to‘plamidan iborat. Plastinkalrning uzunliklari 
turlicha. Plastinkalarning o‘lchamlariga va yukchalarning og‘irligiga bog‘liq holda 
ularning har biri ma’lum xususiy tebranishlar chastotasiga ega. Bu chastotalar 
shunday tanlanganki, ular ma’lum diapazonni qamrab turadi. 
Tekshirilayotgan konstruksiyaning chastotasini aniqlash uchun chastotomerni 
unga shunday o‘rnatiladiki, bunda tebranishning yo‘nalishi plastinkalarga 
perpendikular bo‘lsin. Konstruksiya tebranganda u bilan birga chastotomer ham 
tebranadi va agar konstruksiyaning tebranishlar chastotasi, asbobning o‘lchash 
diapazonida (oraliQida) yotsa, plastinkalardan birortasi rezonans holatiga tushadi. 
Uning amplitudasi boshqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Plastinkalarning har 
birida uning xususiy chastotasi markalangan bo‘ladi. Konstruksiyaning tebranishlar 
chastotasi bunga javob bergan o‘sha plastinkaning xususiy chastotasiga teng bo‘ladi. 


171 

Yüklə 24,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin