Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol
(«og'ir kun», «omadli yil»); harakat bilan u amalga oshiriladigan vosita («achchiq til»); narsa va uning egasi, yaratuvchisi («Fuzuliyni o'qimoq); narsa va u yasalgan modda, xom-ashyo («barmoqlari to'la tilla»); ruhiy holat, xususiyat va uning tashqi belgisi(«ko'z yummoq») kabi aloqalarga asoslaniladi. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik tafakkur yetakchilik qilayotgan zamonaviy adabiyotda metonimiya metaforaga nisbatan kamroq uchraydi, o'zining estetik funksiyaliligi jihatidan ham u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo'lsa-da, badiiy matnda metafora bilan yondosh qo'llangan holda u katta badiiy samara beradi, fikrni lo'nda va ta’sirli ifodalashga xizmat qiladi. Misol uchun A.Oripovning «Bahor» she’ridan olingan «Qaydadir yurtini eslab ingrar nay» satrini olib ko'raylik. Cholg'u asbobi orqali kuy ma’nosining berilishi — metonimiya, biroq u «ingrar» metaforasi bilan qo'shilib kuchli badiiy samara beradi. Yoki «Faryod chekkanim yo'q el ichra taqir, O'ch ham olganim yo'q na qalamimdan» satrlarida ham yana vosita orqali jarayon nazarda tutiladi va u ham «o'ch olmoq» metaforasi bilan baqamti qo'llanadi. Bu ikkisi birlikda esa «butun vujudim bilan ijodga berilib g'amlarimni unutishga harakat qilmadim» degan ma’noni beradi va muhimi, shu mazmunni obrazli, ta’sirli
ifodalashga xizmat qiladi. Yuqoridagi misollarda vosita-harakat aloqasi asosidagi ko‘chimni ko'rgan bo'lsak, U.Azimning: «Ko'zlarini ochib- yumar Mitti qushcha - yarador. Falak, unga najot yubor, O'lim, bo'lma xaridor»,- satrlarida joy metonimiyasini ko'ramiz. Zero, bundagi «falak» so'zi tafakkurimizda o'rinlashgan ishonch asosida «yaratgan»ni anglatadi. Yoki yana shu shoirning «Sen nimani