O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Tovar ishlab chiqarish – mahsulotlarni o‘z iste’moli uchun emas, balki 
bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadida 
ishlab chiqarish. 
Tovar – biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun 
yaratilgan mahsulot. 
Naflilik – tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirish layoqati. 
Ijtimoiy zaruriy naflilik – talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilik. 


49 
Qiymat – tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnat. 
Almashuv qiymati – biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi 
iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati. 
Qiymat qonuni – tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida 
amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari orqali 
o‘lchanishini ifodalovchi sabab-oqibat bog‘liqligi.
Mehnat unumdorligi – ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt. 
Mehnat intensivligi – mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi. 
Diversifikatsiya – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va 
xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat 
sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, 
ularning sifatini takomillashtirish.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar 
xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
2. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-
sharoitlarini tushuntiring. 
3. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining 
birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi? 
4. Qiymatning mehnat nazariyasi mazmunini tushuntirib bering. 
5. Qiymatning so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi asosida nima 
yotadi? 
6. Keyingi (so‘nggi) qo‘shilgan miqdor nafliligi nima va uning pasayish 
sababini tushuntiring. 
7. Tovarlar qiymatini aniqlashga bo‘lgan quyidagi fikrlarga o‘z 
munosabatingizni bildiring: 
a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi; 
b) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi; 
v) keyingi qo‘shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
aniqlanadi. 


50 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin