Havzaning o'r tacha kengligi oqimning hosil bo'lish sharoitini
belgilaydi. Agar havza kengligi uning uzunligiga nisbatan kichik
bo'lsa, m a ’lum
bir sharoitlarda, daryoda bahorgi suv toshqini
ancha sokin o'tadi. Daryo uzun bo'lgan taqdirda suvning oqish
masofasi cho'zilib, suv toshqini ancha tarqaladi va natijada,
suv sathi va sarfi pastroq bo'ladi.
D a r y o l a r h a v z a s i n i n g o ' r t a c h a
n i s h a b i daryo
rejimining muhim xususiyati bo'lib, vodiy yonbag'irlaridan erigan
qor va muz suvlarining, atmosfera yog'inlaridan hosil bo'lgan
suvlarning oqish tezligini belgilaydi.
Daryo o ‘zani va uning o ‘zgarishi.
Daryo o'zani daryo vo
diysining eng m uhim elementlaridan biri. O 'z anning o'lchovlari
va shakli daryoda oqayotgan suv miqdori, vodiyning tuzilishi,
o 'z anni tashkil etgan jinslarning xususiyatiga
qarab daryoning
uzunligi b o 'y ic h a keskin o 'z g arad i. O 'z a n n i n g m orfologik
elementlarini gorizontallar va o'zan ko'ndalang kesimi tushirilgan
o'zan plani yordamida ifodalasa bo'ladi. Suvning oqish yo'nalishiga
perpendikular bo'lgan o 'z a n n in g vertikal tekislikdagi kesimi
oqim ning suv kesimi deyiladi. O 'zanlar barqaror va beqaror
bo'ladi. Turg'un o'zanlarda ko'ndalang kesim shakli vaqt oralig'ida
o'zgarmaydi. Beqaror o 'z an lar esa
oson yuviladigan jinslardan
tuzilgani uchun anchagina o'zgaradi. Bunga Volga, Ural, Kura
daryolarining quyi qismi misol bo'la oladi. Daryo o'zanining
barq aro rlig i o 'z a n n i tash k il e tg a n z a r r a c h a l a r n in g k a tta -
kichikligi, daryo nishabi,
suv toshqinining tabiati, inson faoli-
yati va boshqalarga bog'liq.
Daryo o'z anining ko'ndalang kesimi shakli qirg'oqlaming
tuzilishiga qarab xilma-xil bo'lishi mumkin. Bu hoi ko'proq tog'li
joylarda uchraydi. Misol uchun Gruziyaning botqoqlik joylarida
daryoning ko'ndalang kesimi shundayki, unda (Xopi daryosi)
daryo kengligi uning yuqorisidan ko'ra quyi qismida kengroq. Bu
yerda daryo sohillarida o'sgan daraxtlar qirg'oqlarni yuvilishdan
saqlab turadi.
O'zan kengligi odatda daryo kengligini belgilaydi.
Daryo kengligi
yil davomida xilma-xil bo'lib, suv sathi ko'tarilgan sari daryoning
kengligi osha boshlaydi. Bu xususiyat daryoning ayrim qismlari
uchun xilma-xil bo'ladi. O 'z anning morfometrik xususiyatlari
bo'lgan daryo kengligi, chuqurligini o'rganish va to'plangan m a ’
lumotlar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda zarurdir.
Daryo o'zani kesimini o'rganish
ularning odatda simmetrik
bo'lmasligini va daryo qirg'oqlarining biri qiya, ikkinchisi esa
past va tekis bo'lishligini ko'rsatadi.
42
Daryo o'zanining tuzilishiga qarab, ular turli shakllarda bo'lishi
mumkin.
Ularga daryo sirtmoqlari (m eandra), chuqurliklari (plesi) va
sayoz qismlari (perekati) kiradi. O 'z a n n in g egri-bugri bo'lishi
b a ’zi daryo sirtm oqlarini hosil qiladi. B unda daryo oqim i
sirtmoqning eng tor joyidan o'ziga yangi yo'l ochadi sirtmoqning
yarim aylana qismi quruq o'z anga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: