U «Men» konsepsiyasini insonning o‘ziga nisbatan ustanovka-
larining yigindisi deb tushuntiradi.
U buni ikki komponent-
ga boladi, bu komponentlar o‘zaro bog‘liq boiib, quyidagicha
izohlanadi: o‘ziga baho berish yoki o‘zini qabul qilish — «Men
— anglovchi» — «Men» obrazi bilan bogliq boiib, bu esa o‘z nav-
batida «Men obyekt» bilan bogliq boladi.
R. Berns o‘ziga yo‘nalganlik ustanovkasini 3 ga boladi:
— real (haqiqiy) «Men» ustanovkasi — bu individning o‘z ak-
tual qobiliyatlarining rolini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul
qilishi;
— oynadagi «Men»
ustanovkasi;
— kelajakdagi «Men» ustanovkasi.
R.Bernsning ierarxik tizimidagi eng quyi pog'onada «Men»
konsepsiyasining keyingi aspektlari joylashgan. Bular: ijtimoiy
men; ma’naviy men; jismoniy men.
R. Berns nazariyasida jismoniy men aspekti boshqa element-
larga nisbatan zaifroq ochib berilgan.
«Men» va uning ijtimoiy psixologik mohiyati
Biz quyida «Men» konsepsiya doirasiga
kiradigan tushuncha-
larga oydinlik kiritishga harakat qilamiz.
Ideal yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Men».
Shaxsning «Men»
konsepsiyasi uning ayni paytdagi xarakterlovchi «Men» tizimlarini
emas, balki shaxs bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lishni istagan
«Men»larni o‘z ichiga ham oladi. Amerikalik psixolog tadqiqotchi
J. Markus va uning hammualliflarining fikricha, bo‘lishi mum
kin bo‘lgan «Men» o‘z tarkibiga shaxs bo‘lishni istagan tasav-
vurlar —
badavlat, yoqimtoy, sevimli «Men»larni oladi (Marcus
et al., 1989; Marcus & Nurius, 1986). Bo‘lishi mumkin boigan
«Men»ning ichiga shaxs bolishdan qo‘rqadigan «Men»lar ham
kiradi — ishsiz «Men», «ikkinchi» Men, yoqimsiz «Men». Bo‘lishi
mumkin boigan «Men» shaxsni har doim ma’lum maqsadlarga
erishishga undaydi: bu maqsadlarga erishilgandan so‘ng,
shaxs
o‘zi intilgan hayotni ko‘rishga muyassar bolishi mumkin.
Ijtimoiy «Men»ning rivojlanishiga ta ’sir etuvchi omillar.
«Men»
konsepsiyasi ijtimoiy psixologiyadagi tadqiqotlarning asosiy pred-
metiga aylandi, chunki u jamiyatdagi ijtimoiy fikrlarni tashkil
etadi va shaxsning xulq-atvorini boshqaradi. «Men» konsepsi
yasining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Olim-
lar tomonidan egizaklarni tadqiq etish natijalari shunday xulo-
sani berganki, shaxsning xarakteri va «Men»
konsepsiyasiga irsiy
omillarning ta’siri mavjud, lekin bu borada asosiy rolni ijtimoiy
tajriba o‘ynaydi. Bunda quyidagi omillar asosiy rol o‘ynaydi:
• biz bajaradigan rollar;
• biz shakllantiradigan ijtimoiy identifikatsiyalar;
• atrofdagilar bilan o‘zimizni taqqoslashimiz;
• yutuqlarimiz va omadsizliklarimiz;
• atrofdagilarning
biz haqimizdagi fikrlari;
• biz mansub bo‘lgan madaniyat.
Shaxs ijro etadigan rollar.
Har qanday shaxs ijtimoiy muhit
ning unga yuklagan yangi roli — institut talabasi, ota-ona, rahbar
va shu kabi rollarni ijro etishga o‘tganida o‘zini dastlab «yax-
shi» his qiladi. Lekin asta-sekinlik bilan shaxsning o‘zi haqidagi
tasavvurlari ushbu rollarni o‘ziga singdiradi va bu rollarni eplash-
eplamasligiga qarab shaxsning «Men» konsepsiyasida o‘zgarishlar
yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: