191
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Rasm ramkasi turlarini o‘rganish.
2. Kartondan rasm ramkasi qurish-yasash.
Mavzu: Qog‘oz va
kartondan guldon tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Bayram sovg‘alari haqida ma’lumot berish.
2. Kartondan vaza tayyorlash haqida ma’lumot berish.
3. Kartondan vaza tayyorlash texnologiyasi.
Amaliy
mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga sovg‘alar to‘g‘ri si-
da ma’lumot berish. Turli materiallardan bayram sovg‘a sini tayyorlash
to‘g‘ risida ma’lumot berish. Turli materiallardan bayram sovg‘asini
tay yorlash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, ko‘rgazmalilik, “Ko‘rsatib
ber, tushuntirib ber”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar, ko‘rgazmalar,
sov g‘a lardan namunalar, karton, gullar shakli tushirilgan tabrik-
nomalar, igna, ip, qaychi.
O‘qituvchining vazifalari:
•
sovg‘alar haqida ma’lumot berish;
•
bayram sovg‘asini tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
•
turli materiallardan bayram sovg‘asini tayyorlash texno logiyasi.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi aso sida
sa vollar beriladi.
1. Sovg‘alar nima uchun ishlatiladi?
192
2. Sovg‘alarning qanday turlari mavjud?
3. Sovg‘alarni qo‘lda tayyorlash mumkinmi?
4. Sovg‘alarni nimalardan tayyorlash mumkin?
5. Hajmdor gullar deganda nimani tushunasiz?
Sovg‘alar insonlarga yaxshi tilaklar bildirish, bayramlar bilan,
tug‘ilgan kunlari bilan tabriklash uchun foydalaniladigan vositadir.
Sovg‘alar asosan gullar,
turli taqinchoqlar, suvenirlar, kitoblar va hokazo
ko‘rinishlarda bo‘ladi. Agar yaqin kishilarimiz uchun sovg‘alarni o‘z
qo‘limiz bilan tayyorlasak, sovg‘a yaqin kishimiz va o‘zimiz uchun
qadrliroq bo‘ladi. H
ar kuni atrofimizda bir
qancha
narsalar ishlatilib
bo‘lgandan so‘ng keraksiz narsa sifatida chiqindiga tashlanadi. Biz shu
keraksiz materiallardan foydalanishi mumkin bo‘lgan turli narsalarni
tayyorlashimiz mumkin. Masalan: Tabriknomalardan gullar uchun
vaza tayyorlash mumkin.
Buning uchun bizga karton, gullar shakli
tushirilgan
tabriknomalar, igna, ip, qaychi kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: