182
•
mozaikaga mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori aniqlanadi;
• mozaika ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzu ning
mazmuniga, tuxum po‘chog‘ining hajmiga, o‘lchamlariga, ranglarini
tanlashga
qaratiladi;
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim;
• tuxum po‘chog‘ini yelimlashda joyni adashtirmaslik uchun ular-
ning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
•
mozaikaning
barcha detallari, hatto eng kichiklari ham tuxum
po‘ chog‘idan
yasaladi, ularni chizmaslik kerak;
• tayyorlangan tuxum po‘choqlari qog‘oz sathiga, ya’ni fonga joy-
lashtiriladi
va tasvir hosil qilinadi;
•
mozaikadagi ranglar uyg‘unligiga erishiladi.
Tuxum po‘chog‘idan mozaika ishlaridan namunalar
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlang.
Mavzu: Fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasi
Reja:
1. Applikatsiya san’ati haqida ma’lumot.
2. Fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga fasllar haqida ma’lu -
mot berish. Applikatsiya ishlarini tushuntirish. Fasllar mav zusida ap-
plikat siya yasashni o‘rgatish.
183
Pedagogik vazifalar:
•
talabalarning applikatsiyalar va fasllar haqidagi bilimlarini aniq-
lash;
•
applikatsiya yasash
haqida tushunchalar berish;
•
fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasini tushun-
tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”,
amaliy ish,
ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar,
ap plikatsiyadan
namunalar, rangli qog‘ozlar to‘plami, chizg‘ich,
qaychi, qalam, yelim.
Dostları ilə paylaş: