Pedagogning vazifalar
i:
•
talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
•
ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilishni eslatish;
•
qog‘ozdan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar
berish;
•
mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgazma lilik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar,
oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savol lar beriladi.
1. Mozaika san’ati qanday san’at?
2. Mozaikaning materiallari nimalardan iborat?
3. Mozaikani yasashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. Mozaika qachon paydo bo‘lgan?
6. Mozaika usulida qanday inshootlar bezatilgan?
Mozaika san’ati haqida
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davr-
larda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan mate rial lariga
179
ko‘ra ham, naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning
saroylari mozaika usulida bezatilgan.
Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari
va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, so-
pol, plitalardan foydalaniladi.
Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu par-
cha laridan ajoyib mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-bi ri-
ga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi.
Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar
shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
1. Rangli qog‘ozni bo‘laklarga bo‘lib olamiz.
2. Qog‘oz bo‘lagini mayda qilib uchburchak, to‘rtburchak doira
shakllarda kesib olamiz
3. Nokning rasmini chizib olamiz.
4. Maydalangan qog‘oz bo‘laklarini rasmga yopishtirib chiqamiz.
O‘qituvchi dars jarayonida partalarni oralab yurib, o‘quvchi larga
kerakli ko‘rsatmalarni berib boradi. Yaxshi va yomon bajarilayotgan
ishlardan namunalar ko‘rsatib, tegishli amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi.
|