92
• Kitob uchun muqova tayyor bo‘ldi. Muqovani old tomonini
pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga yelim surtiladi va muqo-
va yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida
quritiladi.
Yakuniy qism.
Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birga-
likda tahlil qilinadi.
Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi.
Uyga kitob uchun muqovani mukammal yasash, she’r yodlash
vazi fasi beriladi.
Muqovalarni yasash ishlarini boshlashdan oldin o‘quvchilarni bos-
ma xonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak.
Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘ lishi, kitob
ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini
aniqlaydi. U o‘quvchilarning bilimlariga tayanib, ularni to‘ldiradi,
aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan
ko‘pgina narsalar: daftarlar, kitoblar, rasmli albomlar mustahkamroq
material-karton bilan muhofaza qilinmasa tezda eskirishi, iflos bo‘lishi,
yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.
Savollar
1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday?
2. Kartonning turlari va xususiyatlari qanday?
3. Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari?
4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi?
Dostları ilə paylaş: