1. O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat: a) Qayerda ekskursiyada bo‘ldik?
b) Qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?
d) Ularning barglarining shakli bir xilmi?
e) Qanday qush va parrandalarni bilasiz?
f) Ularning ranglari qanday?
Savol-javobdan so‘ng o‘quvchilarga “Aqliy hujum” metodi orqali
qushlarning nomlarini sanab berish so‘raladi.
O‘quvchilarning javoblaridan so‘ng qushlarning rasmlari ko‘r sa-
ti ladi va “BBB” metodi orqali qushlar haqidagi ma’lumotlar umum-
lash tiriladi.
Qush va parrandalar haqida ma’lumot berilgandan so‘ng applikatsiya
ishi uchun tayyorlanadigan xo‘rozcha rasmi tahlil qilinadi.
2. Namuna tahlili: a) Xo‘rozcha qanday qismlardan tashkil topgan?
b) Uning qismlari qanday joylashgan?
d) Uni tasvirlashda qaysi daraxt barglaridan foydalanilgan?
e) Xo‘roz qanday toifaga kiradi?
3. Ishni bajarish tartibini aniqlash: a) xo‘rozchaning ayrim qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini
grafik tasvirlash;
b) xo‘rozchaning tanasi va qanoatlari uchun shakli hamda o‘lcham-
lari bir
xil bo‘lgan barglarni topish;
d) ularni qog‘ozda joylashtirish;
f) ishni amaliy bajarish.
4. O‘qituvching ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirish- lari. 5. Applikatsiyalar bajarish bo‘yicha mustaqil ish: a) xo‘rozchaning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;
d) yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
e) xo‘rozchaning ko‘z va tumshuq qismini to‘g‘ri tasvirlash;
f) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan
daraxtlarning nomlarini yozish.
164
7. Bajarilgan ishni tahlil qilish. 1.Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash.
2. Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.