158
Rangli qog‘ozdan chizilgan rasmlar asosida detallar qirqib olinadi.
Gullar va o‘tlar, kapalak, quyosh va qaldirg‘och.
O‘quvchilarga ko‘rsatilib birgalikda bajariladi. Ularga ish qoidasi
ham o‘rgatilib boriladi. Bolalar qaychidan ehtiyot bo‘lib
foydalanishni,
qog‘ozni kesayotganda qo‘lini kesib olmaslik haqida aytiladi. Gul-
lolalarning andozasi bolalarga tarqatiladi. Ranglarga qarab kesib
yoki chizib oladilar. So‘ngra yopishtirish ishlari bosqichma-bosqich
bajariladi.
Bolalar yelimdan unumli foydalanish kerakligi, to‘kib parta va
kiyimlarini yelim qilib qo‘ymasligi ta’kidlanadi.
Tabriknoma yasab bo‘lgandan so‘ng,
uning ichiga doskadagi tab-
rik nomani ko‘chirib oladilar. Tarbiknoma tayyor bo‘ldi, tekshirib, ba-
ho lab chiqiladi. Kimning yasagan ishi chiroyli, toza, to‘g‘ri bo‘lsa,
rag‘batlantiriladi.