155
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy
didni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga eri-
shish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bi-
lan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish
ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan applikatsiyalar ona
tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o‘quvchilar
nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi,
fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi
mumkin.
Predmetli applikatsiyalar tasvirlash texnologiyasi turli forma larini
qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallarga yelimlash
yoki mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy
ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni
tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikat
siyalar
muvaffaqiyatining garovidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarni garmonik rivojlanti-
rishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta
yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faol-
lashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o‘sti radi.
Dostları ilə paylaş: