156
Geometrik figuralardan predmetli
applikatsiya yasash texnologiyasi
•
i
sh mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
•
ochiq tondagi qog‘oz
va fon tanlanadi;
•
applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni
tanlashni belgilaydi;
•
tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini
tanlashga qaratiladi.
•
tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos
element bo‘lishi kerak.
•
t
asvirlash lozim bo‘lgan materiallar
yordamida figura va
predmetlarning holati aniqlanadi;
•
tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi;
•
tasvirning
barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan
qirqiladi, ularni chizmaslik kerak;
•
tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni
fonga joylash-
tiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi;
•
agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylash-
tiriladi;
•
detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun
ularning
o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
• misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib,
uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib
ko‘ramiz.
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.