D xolboyev, U. N. Ibragimov moliyaviy hisob


Moliyaviy hisobotga auditorlik xulosasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/152
tarix14.12.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#179633
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152
Moliyaviy hisob [@iqtisodchi kutubxonasi]

11.5. Moliyaviy hisobotga auditorlik xulosasi
«Auditorlik faoliyati milliy andozasi va auditorlik faoliyati 
to ‘g ‘risida»gi Qonunga (Toshkent 2000-y.) muvofiq auditorlik 
xulosasi moliyaviy hisobotning to ‘g‘riligi va buxgalteriya hisobining 
yuritilishi tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga 
muvofiqligi to ‘g‘risida auditorlik tashkilotlarining fikri yozma 
shaklda ifo dalan g an , x o ‘ja lik yuritu v ch i subyekt m oliyaviy 
hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lgan hujjat.
Auditorlik faoliyati milliy andozasiga binoan auditorlik xulosasi 
quyidagi elem entlam i o ‘z ichiga oladi:
— auditorlik xulosasi yoki auditorlik tashkilotining xulosasi;
— auditom ing nomi;
— kirish;
— asosiy qism;
— yakuniy qism;
— auditorlik xulosasi berilgan sana;
— auditorlik tashkilotining manzili;
— auditorlik tashkiloti auditorlari va rahbarining imzosi ham da 
ushbu tashkilotning muhri.
Xulosaning kirish qismida auditor tashkilotiga tegishli m a’lu- 
motlar, uning rahbarining familiyasi, tekshirilgan hisobot sanasi, 
davri va boshqa m a’lum otlar ko'rsatiladi.
Xulosaning asosiy qismida auditorlik tekshiruvi AFMAga mos 
ravishda o'tkazganligi qayd etilishi va uning asosiy maqsadi m o­
liyaviy hisobot ham da boshqa moliyaviy axborotning haqiqiyligi, 
qonun hujjatlariga ham da m oliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy 
holatiga mos kelishini baholash ekanligidir.
198


Auditorlik xulosasining yakuniy qismida tekshirilgan moliyaviy 
hisobot xo‘jalik subyekti m oliya-xo‘jalik faoliyatining haqiqiy 
holati va moliyaviy hisobot bo ‘yicha qonunchilikdagi hujjatlarga 
mos kelishi bo‘yicha auditorlik tashkilotining fikri aniq ifodalanishi 
lozim.
Auditorlik xulosasi ijobiy va salbiyga boMinadi. Audit natijasi 
bo ‘yicha so‘zsiz ijobiy xulosa korxona faoliyatida amaldagi qonun 
qoidalariga, hisob siyosatiga ham da soliq kodeksi talablariga to ‘liq 
rioya qilinganda beriladi.
Shartli ijobiy auditorlik xulosasi korxona faoliyatida ayrim 
qonun-qoidalardan chetlanishlar mavjud b o ‘lganda, lekin ular 
xo‘jalik yurituvchi subyektning um umiy hisob siyosatiga ham da 
moliyaviy holatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatmagan hollarda beriladi.
Audit natijasida salbiy mazmundagi xulosa korxona faoliyatida 
q o n u n -q o id alarg a am al qilm aslik tufayli tuzilgan m oliyaviy 
hisobot, uning joriy hisob m a ’lum otlariga m onand emasligi 
aniqlangan hollarda beriladi.
Auditor yoki auditorlik tashkiloti o‘z fikrini bildirmasdan xulosa 
berishi audit natijalaridan to ‘liq qoniqish olmagan hollarda sodir 
b o ‘ladi. Bunda audit jarayonida auditorga turli yo‘llar bilan tazyiq 
o ‘tkazish, auditorga kerakli m a’lum otlar to ‘liq taqdim etmaslik 
natijasida auditorda shubha uyg‘otgan holatlar sabab b o ‘ladi.
A uditorlik xulosasi 3 nusxadan iborat b o ‘lib, uning ikki 
nusxasi korxonaga qoldiriladi.
A uditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar 
uchun tu sh un arli va a u d ito r to m o n id a n k o ‘rsatilgan ayrim 
kamchiliklami o‘z ichiga olishi lozim.
Auditor xulosasi boshqa tegishli moliyaviy hisobotlar bilan 
birga xo‘jalik subyekti tom onidan e ’lon qilinishi mumkin.
Auditor (audotorlik tashkiloti) tom onidan o ‘tkazilgan tekshiruv 
va u b o ‘yicha tuzilgan auditorlik xulosasi xo‘jalik subyektining 
m oliyaviy h isoboti va m o liy a-x o ‘jalik faoliyatining haqiqiy 
holatidan kelib chiqishi lozim.
Bu b o ‘yicha «Auditorlik faoliyati to ‘g ‘risida»gi Q onunning 
8-m oddasida - «Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobot-
199


dan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot ham da 
x o ‘ja lik yurituvchi subyektning boshqa m oliyaviy axboroti 
to ‘g‘risida noto ‘g‘ri yakundan iborat b o ‘lgan auditorlik xulosasini 
tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar b o ‘ladi» 
deyilgan.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin