va uning tashkil etilishini, debetdagi
yozuvlar ushbu rezervdan
Ibydalanilganligini bildiradi.
Ta’til uchun rezerv tashkil etilganda DT xarajat hisobvaraqlari
KT 8910, ta ’til haqi hisoblanganda — DT 8910 KT 6710, ta’til
uchun rezerv tashkil etilmaganda hisoblangan ta ’til puli bir yo‘la
xarajat hisobvaraqlarida olib boriladi.
Xo‘jaliklarda xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat
haqlari va boshqa haqlar (ro‘yxatda bo‘lmaganlar, tarif uchun
qo‘shimcha va boshqa) mehnat haqi fondini tashkil etadi.
Mehnat haqi fondining tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
— mehnatga haq to ‘lash shakllari
va tizimlariga muvofiq
hisoblangan mehnat haqi;
— mehnat haqi hisobiga berilgan mahsulot qiymati;
— tarif stavkalari va maoshlariga qo‘shimchalar;
— mukofotlar;
— xo‘jalikiar shtatida bo‘lmagan
xodimlar mehnat haqi;
— ta’til bo‘yicha mehnat haqi va boshqalar.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnat haqi
fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tom o
nidan amalga oshiriladi. Bu ish va xizmat normalari, maosh va
rassenkalar,
ustamalar, mukofotlardan to ‘g‘ri va asosli foyda
lanish quyidagi nazoratlarda ko‘rinadi.
Ish haqi fondi nazoratini yuqori tashkilotlar ularga topshiri-
ladigan hisobot va boshqa ma’lumotlar orqali nazorat qiladi.
Korxona rahbari va bosh buxgalteri mehnat haqi fondidan
ishlab chiqarish hajmiga mutanosib foydalanishni ta ’minlashga
mas’ul hisoblanadi.
Shuning bilan birga ular xodimlarga mehnat haqining o ‘z
vaqtida to ‘lanishini ham ta ’minlashi lozim. Bu borada Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 19-martidagi «Ish haqi o ‘z vaqtida to ‘la-
nishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to ‘g‘risida»gi
qarori ham
katta ahamiyatga ega.
Shu kabi 0 ‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik protsessual Kodek-
sining 2417-, 24111-m oddalariga k o ‘ra xo‘jalik yurituvchi
subyektlaiga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to ‘lovlami
to ‘lash uchun pul mablag‘lari berishni banklaming mansabdor
51
shaxslari, boshqa xizm atchilari
tom onidan asossiz ravishda
kechiktirganlik uchun EKIXning 7 barobaridan 10 barobarigacha
jarima solish belgilangan (Soliq solish va buxgalteriya hisobi jumali
2015-y. 12-son. 12-bet).
3 .7 .
Dostları ilə paylaş: