9-MAVZU: Suvda va quruqlikda yashovchi to`rt oyoqlilar katta sinfi.Suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi Darsning maqsadi: Hozirgi zamon amfibiyalar sistematikasi haqidagi bilimlarni
mustahkamlash, amfibiyalarning xilma-xilligi va xarakterli belgi-xususiyatlarini solishtirib
o’rganish.
Mavzu bo’yicha umumiy ma’lumotlar. Suvda va quruqda yashovchilar – umurtqalilarning hammadan ko’ra turlari kam sinfi
bo’lib, hozir 1900 turni o’z ichiga oladi. Umurtqalilarning barcha sinflaridan suvda va quruqda
yashovchilar yerning hammadan kam qismini ishg’ol qiladi. Ular chuchuk suv havzalarining
chetki qismlaridagina yashaydi va dengizda ham okeanda ham uchramaydi. Hozirgi amfibiyalar
uchta turkumga bo’linadi: 1. Oyoqsizlar (Apoda); 2. Dumlilar (Urodela); 3. Dumsizlar (Anura).
Turlari eng ko’p bo’lgan turkum bu dumsiz amfibiyalardir, ular uzun orqa oyoqlarining
yordamida, quruqlikka sakrab yurishga moslashgan bo’lib, hamma materiklarga tarqalgandir.
Tipik vakillari: triton, salamandra bo’lmish birmuncha primitivroq dumli amfibiyalar ancha kam
uchraydi va faqat Shimoliy yarim sharda (150 ga yaqin turi) tarqalgan. Nihoyat uchinchi turkum
oyoqsizlardir bu turkumning turlari juda oz (50 tacha) bo’lib unga faqat tropik chervyagalar
kiradi, chervyagalar juda qadimgi kosali (pantsirli) amfibiyalarning yerni kovlab hayot
kechirishga layoqatlanganligi orqasida hozirgi zamonga qadar yashab qolgan qoldiqlaridir.
Mavzu bo’yicha boshlang’ich bilimni tekshirish Kirish testlarini yeching:
1. Hozirgi amfibiyalar nechta turkumga bo’linadi? A-2 ta; B-3 ta; V-4 ta; G-5 ta.
2. Dumli amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang. A-salamandra va tritonlar; B-xalqali
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar.
3. Dumsiz amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang. A-salamandra va tritonlar; B-xalqali
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar.
4. Oyoqsiz amfibiyalar ko’rsatilgan javobni belgilang. A-salamandra va tritonlar; B-xalqali
chervyaga va tseylon baliq-iloni; V-baqalar va kvakshalar; G-pipalar va chervyagalar.
5. Anamniyalar gruppasiga kiritiladigan umurtqalilar: A-baliqlar va amfibiyalar; B-amfibiyalar
va reptiliyalar; V-baliqlar va reptiliyalar; G-amfibiyalar.