29
Murakkab astsidiyalar (Synascidia) turkumi vakillarining kolonial kurtaklaridan rivojlangan
astsidiyalar ona astsidiyalar bilan tutashgan bo’ladi. Ular zooidlar ham deyiladi. Bunday
astsidiyalarda, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o’rab olinadi va ularda bitta umumiy
kloaka bo’ladi. Murakkab astsidiyalarda urug’lanish koloniyalar o’rtasida sodir bo’ladi. CHunki
ona koloniya bilan qiz koloniya o’rtasida urug’lanish bo’lmaydi.
Olovtanlilar (Pyrosomata) turkumining vakillarida (pirozomlar) zigotadan astsidiyasimon
koloniya asoschisi rivojlanadi. Undan kurtaklanish yo’li bilan to’rtta olovtanlilardan tashqil topgan
guruh hosil bo’ladi va ular umumiy qobiq – tunika bilan o’ralgan bo’ladi. Bu koloniyalar devori
yelimshak massa ichiga tushib olgan talay individlardan iborat ichi bo’sh tsilindr yoki konus
shaklida bo’ladi. Ularning og’iz sifonlari tashqariga, kloaka sifonlari esa ichkariga qaragan. Bu
koloniya turtinib-turtinib harakat qila oladi.
Bu astsidiyalar koloniyasidagi har bir a’zosi xalqumining oldingi qismida yorituvchi
hujayralar guruhi bo’ladi. Bu hujayralarda yorug’lik chaqiruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi.
Koloniyaning uzunligi, odatda 20-40 sm bo’lib, undagi har bir olovtanlining o’lchami 3-5 mm ni
tashqil qiladi. Ayrim turlari koloniyasining uzunligi 3-4 metr va hatto 30 metrgacha boradi.
Astsidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayrim dengizlarda 1 metr kvadratda 8-
10 mingtagacha astsidiya yashaydi. 1 gektar joyda astsidiyalardan 300 kg gacha kletchatka olinadi.
Dostları ilə paylaş: