2. Lichinka xordalilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari.
Lichinka xordalilarning
Ascidia mentula
bo’lib, u tanasining ostki tomoni
tipik vakili yakka yashaydigan astsidiya –
bilan suv tubiga yopishib hayot kechiradi.
Tashqi ko’rinishi. Voyaga yetgan astsidiya tashqi ko’rinishi jihatidan qo’sh og’izli banka
shaklida bo’lib, tanasining yuqori uchida og’iz teshigi (og’iz sifoni), undan pastroqda esa
chiqarish teshigi (kloaka sifoni) joylashgan. Suv tana bo’shlig’iga og’iz sifoni orqali kirib,
kloaka sifoni orqali chiqib ketadi.
Astsidiya biror narsa tegizib bezovta qilinsa (qo’l tegizilsa, ximiyaviy yo’l bilan ta’sir
etilsa va hokazo), bujmayadi, shu bilan birga ikkala sifonidan suv kuch bilan otilib chiqadi.
Ta’sirot to’xtagandan keyin astsidiya sekin-asta yozilib, asliga keladi hamda sifonlari qaytadan
ochiladi. Astsidiya gavdasining butun harakati atigi shu bilan cheklanadi.
Ovqat hazm qilish va nafas olish organlari.
Og’iz sifonining teshigi og’izga ochiladi.
Og’izni qamragichlar o’rab olgan bo’lib, u keng xalqum bilan qo’shiladi. Xalqumning devorida
bir talay mayda-mayda jabra yoriqlari – stigmalar bor. Bu stigmalar bevosita tashqariga
ochilmay, maxsus jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Xalqumning ostki tomonidan qisqa
qizilo’ngach boshlanadi, u kengayib oshqozonga aylanadi, oshqozon, o’z navbatida chin ichak
bilan qo’shiladi. Ichak ham anal teshigi bilan jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Xalqumning ichki
tomonida, uning orqa tomoni bo’ylab to qizilo’ngachgacha davom etib boradigan nov bor, bu
novning ikki cheti yuqoriga ko’tarilgan bo’lib, ichi tebranuvchi uzun-uzun kiprikchalar bilan
qoplangan. Shu endostil deb ataladi. Endostil og’iz teshigiga yetmasdan turib ikkiga bo’linadi va
xalqumning og’zini xalqadek o’rab oladigan xalqum oldi egatchasiga aylanadi. Xalqum oldi
egatchasi ham tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan. Xalqumning orqa tomonida endostilga
qarama-qapshi va xalqum bo’shlig’iga osilib turadigan plastinka bor, bu – orqa plastinka deb
ataladi. Orqa plastinkaning funktsiyasi, o’zining tebranma harakati bilan suvni jabra bo’shlig’iga
haydab kirgizishdai iborat.
Qon aylanish organlari. Yuragi oshqozon oldiga o’rnashgan. U muskulli xaltachadan
iborat bo’lib, ikki tomonidan bittadan qon tomiri chiqadi. Bu qon tomirlarining oldingisi jabra
qon tomiri deb ataladi va xalqumning ostki tomonidan o’tib, stigmalarga bir talay mayda-mayda
shoxchalar beradi. Ichak qon tomiri deb ataladigan keyingi tomir ichki organlarga boradigan
shoxchalarga bo’linadi. Bu shoxchalar, o’z navbatida, organlar orasiga o’rnashgan va maxsus
devorlari bo’lmagan bo’shliqlar bilan qo’shiladi. Astsidiyaning qon aylanish sistemasi tutash
emas. Astsidiya yuragining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u qonni dam u tomonga, dam
bu tomonga qarab haydaydi. Shunga ko’ra astsidiyaning har qaysi qon tomiri dam arteriya, dam
vena vazifasini bajaradi.
Urchish organlari. Astsidiyaning ikkita jinsiy bezi – erkaklik va urg’ochilik bezlari
oshqozonning ustiga joylashgan bo’lib, bir-biriga taqalib turadi. Jinsiy bezlari (erkaklik va
urg’ochilik bezlari) baravar yetilmaganligi natijasida bitta astsidiyaning o’zi ham erkaklik, ham
urg’ochilik funktsiyasini bajaradi.
Nerv sistemasi. Astsidiyaning markaziy nerv sistemasi, og’iz sifoni bilan kloaka sifoni
o’rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Bu tuguncha ichki bo’shlig’i, ya’ni
nevrotseli bo’lmagan yaxlit nerv massasidan tuzilgan. Voyaga yetgan astsidiyada,
qamragichlarni hisobga olmaganda tuyg’u funktsiyasini bajaradigan hech qanday sezuv organi
yo’q.
Mantiyasi va jabra oldi bo’shlig’i. Qalin devorli xalta – tunikaning ichida yupqa devorli
ikkinchi xalta – mantiya bor. Mantiya ichak bilan nafas oluvchilar va xalqali chuvalchanglarning
teri-muskul xaltasiga mos keladi, shunga ko’ra u hayvon gavdasining devori hisoblanadi. Barcha
pardalilar singari, astsidiyada ham hech qanday qattiq skelet yo’q. Mantiya og’iz
va kloaka
sifonlarining chetidagina tunika bilan qo’shilib ketgan. Ichki organlardan faqat xalqum ustki
cheti bilan va shu chetining ro’parasidagi ostki tomoni bilan mantiyaga qo’shilgan. Kloaka sifoni
27
yupqa ektodermik qatlam bilan o’ralgan, bu qatlam ichkariga o’tib, mantiyaning deyarli butun
ichki devorini qoplaydi va xalqumga o’tib, uni ham qoplab oladi. Shunday qilib, ektodermaning
bu qatlami, xalqumni yon tomondan o’rab olib, tselomning ko’p qismini ishg’ol etadigan ikki
qavat xaltadan iborat, chunki tselom hayvon gavdasining faqat pastki qismida saqlanib qoladi.
O’ziga xos bo’lgan ana shu ektodermik xalta bo’shlig’i jabra oldi bo’shlig’i yoki atrial bo’shliq
deb ataladi.
Astsidiyaning eng muhim hayotiy jarayonlari. Astsidiya bir joyda tinch turganda
xalqumining ichini qoplab olgan kipriklarning tebranib harakat qilishi, shuningdek, orqa
plastinkaning ham tebranma harakat qilishi orqasida suv oqib xalqumga kiradi. Xalqumga kirgan
suv stigmalarni o’rab olgan yupqa devorli qon tomirlardan oqadigan qonni yo’l-yo’lakay
oksidlab, stigmalardan atrial bo’shliqqa o’tadi, undan kloaka sifoni orqali tashqariga chiqariladi.
Suv bilan xalqum bo’shlig’iga mayda dengiz organizmlari ham kiradi va endostil tubiga
cho’kib qoladi. Bu yerda ular endostil tubidagi hujayralardan chiqadigan shilimshiq modda bilan
bir-biriga yopishadi va endostil kipriklarining harakati bilan qizilo’ngach teshigiga qarab
haydaladi. Hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari anal teshigi orqali jabra oldi bo’shlig’iga tushadi, u
yerdan umumiy suv oqimi bilan kloaka sifoni teshigidan tashqariga chiqarib tashlanadi.
Jinsiy mahsulotlar ham jinsiy kanallardan atrial bo’shliqqa tushadi. Suv oqimi bilan
kirgan spermatozoidlar tuxumni shu yerda urug’lantiradi, so’ngra urug’langan tuxum kloaka
sifoni orqali tashqariga chiqariladi. Pardalilar germafrodit hayvonlar bo’lgani xolda ularda o’z-
o’zini urug’lantirish hodisasi ko’rilmaydi, chunki bir individning spermatozoidi va tuxumi baravar
yetilmay, oldinma-keyin yetiladi.
Modomiki, astsidiyalarda xorda ham, nevrotsel ham, metamer tartibda joylashgan organlar
ham yo’q ekan, umuman aytganda, ularning tuzilishi, tipik xordalilar tuzilishidan juda ko’p farq
qilar ekan, nimaga asoslanib, ular xordalilar qatoriga kirgiziladi?
Embrional rivojlanishi va lichinkalik davridagi tuzilishiga qarab, ular xordalilar qatoriga
kirgiziladi.
Embrional rivojlanishi. Astsidiyalar kurtaklanish orqali jinssiz yo’l bilan ham urchiydi.
Jinssiz urchiganda astsidiyalarning qorin tomonida kurtak hosil qiluvchi stolon deb ataladigan
kolbasimon bo’rtma hosil bo’ladi. Mana shu bo’rtmada kurtaklar paydo bo’ladi, astsidiyaning
barcha organlari shu kurtaklardan yuzaga keladi. Yakka astsidiyada kurtak stolondan ajralib
chiqib, yakka astsidiyaga aylanadn; koloniya bo’lib yashaydigan astsidiyada kurtak ajralmasdan
ona astsidiyaning o’zida qoladi.
Jinsiy yo’l bilan urchishda urug’langan tuxum to’la va deyarli bir tekisda bo’linadi va
invaginatsion gastrula stadiyasini boshdan kechiradi. So’ngra embrion bo’yiga cho’ziladi, uning orqa
tomoni yassilanib, qorin tomoni do’ng bo’lib qoladi. Orqa tomonda ektoderma bor bo’yiga ichga
botib kirishi natijasida oldin gastroporgacha boradigan nerv novi hosil bo’ladi. Keyinchalik
novning ikki tomoni bir-biri bilan qo’shilib, nay hosil qiladi, bu nay ustki tomonidan jipslashib
kelayotgan yuza ektodermadan ajralib chiqadi. Natijada xordalilar uchun xos bo’lgan ichi
nevrotselli naysimon markaziy nerv sistemasi yuzaga keladi. Dastlab nevrotsel, nerv-ichak kanali
(canalis neuroentericus) yordami bilan birlamchi hazm bo’shlig’i gastrotselga qo’shilib turadi,
qarama-qarshi tomondagi uchi esa kichikroq teshik – nevropor (neuroporus) orqali tashqariga
ochiladi. Nerv sistemasi hosil bo’lishi bilan birga birlamchi ichakning ustki qismidan xorda ajralib
chiqadi, xordaning ikki tomonida esa ichida ikkilamchi gavda bo’shlig’ining murtaklari bo’lgan
mezoderma yuzaga keladi. Keyinchalik dum hosil bo’ladi, tanannng qarama-qarshi tomonida
og’iz teshigi vujudga keladi.
Astsidiyaning lichinkasi – suvda erkin suzib yuruvchi kichkina jonivor bo’lib, bo’yi 0,5
mm cha keladi. U sirtdan itbaliqqa bir muncha o’xshab ketadi. Uning ikki yoni qisilgan, uzun
muskulli dumi bo’ladi, lichinka shu dumi yordamida suvda tez suzadi. Dumining ichida haqiqiy
xorda bor, bu xordaning ustiga nay shaklli markaziy nerv sistemasi o’rnashgan. Lichinkada
ko’zcha va muvozanat saqlash organi – statotsist kabi murakkab organlar ham bor.
Bir qancha vaqtdan keyin gavdaning dorzal tomonida nerv nayi oldingi qismining o’ng va
chap tomonida ektodermadan ikkita chuqurcha paydo bo’ladi, dastlabki ikkita jabra oldi
28
bo’shlig’i shulardan hosil bo’ladi. Keyinchalik bo’shliqlar bir-biri bilan qo’shilib, xalqumni o’rab
oladigan bitta bo’shliqqa aylanadi, jabra yoriqlari ham atrial teshik orqali tashqariga ochiladigan
shu bo’shliqda paydo bo’ladi.
Metamorfozi. Lichinka tuxumdan chiqqandan keyin bir necha soat o’tgach, maxsus
o’simtalari – yopishish so’rg’ichlari bilan suv ostidagi birorta substratga yopishib oladi va regress
metamorfozni o’tkazadi. Bunda uning dumi va dumidagi muskuli, xordasi va markaziy nerv
sistemasining ko’p qismi butunlay yo’q bo’lib ketadi, nerv sistemasining qolgan qismi zichlashib,
nerv tugunchasiga aylanadi, sezuv organlari tamomila yo’qoladi, lekin buning evaziga tunika
hosil bo’ladi, xalqum va orqa ichak ochiladigan atrial bo’shliq kattalashadi, jabra yoriqlarining
soni ko’payadi, natijada lichinka harakat etmay bir joyda yashaydigan yetuk astsidiyaga asta-
sekin aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |