25
bo’shlig’i xartumcha, yoqa va tana bo’shliqlariga bo’linadi. Xartumcha bo’shlig’ida maxsus bir
tuzilma turtib chiqib turadi, bu tuzilma xordaga o’xshagan va ichakning og’iz oldi o’simtasidan
iborat bo’lib, entodermadan kelib chiqqanligi uchun, odatda, boshlang’ich xorda deb hisoblanadi.
Xartumcha bo’shlig’i kichik teshikcha orqali tashqaridan kirgan dengiz suvi bilan to’lishi
mumkin, shunda u tarang bo’lib qoladi. Balanoglossning qon aylanish sistemasi tutash bo’lmay,
asosan, orqa va qorin tomirlaridan iborat. Nerv sistemasi orqa va qorin nerv iplaridan tuzilgan, ular
xalqum oldi nerv xalqasiga qo’shilgan bo’ladi. Nerv iplarining ichida, yoqa joylashgan yerda tor
bo’shliq bor, bu bo’shliq, odatda, nevrotsel gomologi deb hisoblanadi.
Balanoglossda hech
qanday sezuv organi topilmagan, undan yaxlit subepitelial nerv chigallarini hosil qiladigan ayrim
sezuvchi hujayralargina topilgan.
Ichak jabralilar lichinkasida, deyarli barcha nina terililardagiga o’xshash, tepa plastinkasi
bor, bu plastinka metamorfoz davrida tamomila yo’qolib ketadi. Murtak xolidagi xorda atrofiga
o’rnashgan burmali maxsus tuzilma ayirish organi
vazifasini bajarsa kerak, shunga ko’ra,
parchalanish mahsulotlari xartumchadagi kichkina teshikdan tashqariga chiqariladi.
Balanogloss ayrim jinsli hayvon bo’lsa-da tanasining oldingi qismiga o’rnashgan erkaklik
va urg’ochilik jinsiy bezlari sirtdan bir-biriga o’xshaydi. Jinsiy mahsulotlari maxsus
teshikchalardan suvga chiqariladi, tuxum hujayrasi ham suvda urug’lanadi.
Boshqa chala xordalilar. Chala xordalilar orasida balanoglossga o’xshash yakka va erkin
yashaydigan formalardan tashqari, koloniya bo’lib, bir joyda hayot kechiradigan turlar ham bor,
bu hayvonlar ham jinsiy yo’l bilan, ham kurtaklanish yo’li bilan urchiydi. Chala xordalilarga
kiradigan barcha hayvonlar dengizning sayoz joylarida, suv o’tlari yoki suv ostidagi toshlar orasida,
yo bo’lmasa, xuddi balanoglossdek, qum yoki balchiqda yashaydi. Chala xordalilar yer yuzidagi
barcha dengizlarga tarqalgan, lekin hamma joyda ham birmuncha kam uchraydi.
Dostları ilə paylaş: