21
metaplevral burmalari bir xil uzunlikda. Oddiy lantsetniklar tanasining uzunligi 8 sm gacha
boradi, 20 ga yaqin turlari malum.
Epigonixt lantsetniklar kichik oilasi vakillari mayda bo’lib, tanasining uzunligi 5 sm gacha
boradi. Ularning tuzilishida asimmetriyaning ayrim belgilari namoyon bo’ladi.
Jinsiy bezlari
tanasining faqat o’ng tomonida, o’ng metaplevral burmalari chap burmalaridan uzunroq bo’ladi. 6
ta turi malum.
Amfioksid lantsetniklar kichik oilasi vakillari lichinkalik tuzilishining ayrim belgilari
bilan xarakterlanadi. Atrial bo’shlig’i bo’lmaydi, og’zi chap tomonga siljigan, deyarli
paypaslagichlari bo’lmaydi. Tanasining uzunligi 16 mm gacha bo’ladi.
Boshqa lantsetniklardan
farq qilib, ular bentos emas, balki plankton hayot kechiradi. Ularni epigonixtlar lichinkasi deb
faraz qilinadi.
Bosh skeletsizlar kenja tipining vakillari Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining mo’tadil
suvli barcha dengizlarida tarqalgan. MDH da ular Qora va Yapon dengizlarida uchraydi.
Lantsetniklar temperaturasi +17 +30°S va sho’rligi 20-30% bo’lgan suvlarda ko’proq uchraydi.
Mo’tadil suvlarda lantsetniklar yilning issiq kunlarida ko’payadi. Masalan: Qora dengizda ular
may oyining oxiridan avgustning boshigacha ko’payadi. Tuxumining diametri 0,1
mm gacha
boradi. Lantsetnikning tarkibida 80% gacha oqsil va 2% yog’ bor. Shuning uchun ham uni
Osiyoning janubi-sharqiy qirg’oqlarida yashovchi aholi qadimdan oziq-ovqat sifatida ov
qilishadi.
Shuningdek, lantsetniklar ilmiy jihatdan umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini
yoritishda qimmatli material hisoblanadi.
Bosh skeletsizlarning kelib chiqishi. Bosh skeletsizlarning ajdodlari to’g’risida aniq
ma’lumotlar
bizgacha yetib kelmagan, chunki ular nozik gavdali va mayda hayvonlar bo’lib,
qoldiqlari qazilma xolda saqlanmagan. Shunga qaramasdan akademiklar A.O.Kovalevskiy va
A.N.Severtsovlarning solishtirma anatomiya va embriologiya sohasida olib borgan tadqiqotlariga
asoslanib lantsetniklarning qadimgi ajdodlari suvda erkin suzib yuruvchi ikki tomonlama
simmetriyali hayvonlar bo’lgan degan xulosaga kelinadi. Bu hayvonlarning muskullari gavdasining
boshidan oxirigacha segmentlashgan, jabra oldi bo’shlig’i bo’lmagan, xordasi boshigacha yetib
bormagan,
jabra yoriqlari kam sonda, ya’ni 17-20 tagacha bo’lgan va ular to’g’ridan-to’g’ri
tashqariga ochilib turgan deb taxmin qilinadi.
A.N.Severtsovning fikriga ko’ra bu boshlang’ich bosh skeletsizlardan ikkita shoxcha
chiqqan. Bitta shoxcha suvda erkin suzib yuruvchi hayvonlar singari taraqqiy etavergan va
ulardan umurtqalilar kelib chiqqan. Ikkinchi shoxcha vakillari esa suv tubida hayot kechirishga
o’tib, chap tomoni bilan yonbosh yotishga layoqatlangan. Ularning og’iz
va anal teshiklari
pastga, ya’ni chap tomonga, chap tomondagi jabra yoriqlari esa yuqoriga, ya’ni o’ng tomoniga
o’tib qolgan. Hozirgi lantsetnik lichinkasida bu organlarning asimmetrik bo’lib o’sishi filogenetik
taraqqiyotning shu davridai saqlanib qolgan belgisi bo’lsa ajab emas.
Keyinchalik suv tubidagi
qumga ko’milib yashashga moslashish orqasida lantsetniklarning ajdodlari paydo bo’lgan. Ularda
jabra yoriqlarini ifloslanishdan saqlaydigan jabra oldi bo’shlig’i taraqqiy etgan va gavdasi
assimetriya xolatidan ikkilamchi marta ikki tomonlama simmetriyali bo’lib qolgan.
Mustaqil o’qish uchun savollar:
1. Lantsetnik tuzilishining qaysi belgilariga qarab xordalilar tipiga kiritiladi?
2. Bosh skeletsizlar kenja tipi vakillarining o’ziga xos tuzilishi va tarqalishini
tushuntiring.
3. Bosh skeletsizlar kenja tipining asosiy sinflari, turkumlari va turlarini ko’rsating.