7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Mustaqil o’qish uchun savollar



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
7 - maruza (4)

 
Mustaqil o’qish uchun savollar: 
To’rt oyoqlilar katta sinfiga kiruvchi hayvonlarning o’ziga xos tuzilish 
1.
belgilari va sistematikasini tushuntiring. 
2. Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi vakillarining tashqi va ichki 
tuzilishini tushuntiring. 
3. Amfibiyalar bilan baliqlarning tuzilishida qanday o’xshashlik va farqlari 
bor? 
4. Amfibiyalar qanday ko’payadi va rivojlanadi? 
5. Baqa lichinkasining tuzilishi va yashash tarzini baliqlarga o’xshashligini 
ko’rsating. 
 


17 
3-MAVZU. 
Bosh skeletsizlar (Acrania) kenja tipi.Biologiyasi Umumiy 
tavsifi va sistematikasi
Reja: 
Bosh skletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi 
1. 
2. Bosh suyaksizlar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari 
3. Bosh skeletsizlarning sistematikasi 
kelib chiqishi. 
va
lantsetnik, endostil, dissimilyatsiya, metamorfoz, simmetriyasizlar, 
Tayanch so’zlar:
miosepta, miomer, metamer, Gyosse ko’zchalari, blastula, gastrula, 
atrial.
 
1. Bosh skletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi. 
Bosh skeletsizlar haqiqiy dengiz 
hayvonlari bo’lib, ko’pchilik turlari suv tubida hayot kechiradi. Bu kenja tip vakillari butun 
hayoti davomida xordalilarning tuzilish xususiyatlarini saqlab qoladi. Ana shu sababdan bosh 
skeletsizlar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega. 
Bosh skeletsizlarda xordalilarning umumiy tuzilish plani va eng xarakterli belgilarining 
barchasi juda ham aniq va yaqqol ko’rinib turadi, lekin bu hayvonlar juda sodda tuzilgan. Ularning 
tuzilishida eng sodda belgilar bilan bir qatorda dengiz tagida qumga ko’milib yashashga imkon 
beradigan bir qancha maxsus moslanmalar ham bor. 
Bosh skeletsizlar kenja tipi 30-35 turdan iborat yagona xordaboshlilar (Cephalochordata) 
sinfini o’z ichiga oladi. Bu sinf vakillari dengizning tagi qum sayoz yerlarida yarim belidan qumga 
ko’milib yashaydigan kichkina hayvonlardir.
Bu sinfnipg xarakterli belgilari: gavdasining to’la ravishda segmentlarga bo’linishi va 
boshining tanasiga qo’shilib ketganligi, xordasining oldinga o’tib miyadan nariga chiqib turishi, jabra 
yoriqlari ochiladigan maxsus jabra oldi (atrial) bo’shlig’ining borligi, markaziy qon aylanish 
organi – yurakning yo’qligi, aniq ko’rinib turadigan bosh miya bilan yuqori darajada taraqqiy 
etgan sezuv organlarining yo’qligi, jinsiy va nefridial sistemaning segmentlarga bo’linganligidir. 
Bosh skeletsizlar kenja tipining vakillaridan lantsetniklar Atlantika, Tinch va Hind 
okeanlari va ular bilan bog’liq bo’lgan tropik va mo’’tadil iqlimli dengizlarda, shu jumladan Qora 
dengizda ham tarqalgan. Lantsetniklar odatda sohil yaqinida suv tubida hayot kechiradi. 
Lantsetnikni birinchi marta P.S.Pallas 1774 yilda tasvirlab bergan. Lekin olim uni 
mollyuskalar tipiga kiritgan. Keyinchalik ayrim zoolog olimlar lantsetnikni baliqlarga kiritishgan. 
Faqat atoqli rus embriologi A.O.Kovalevskiy lantsetnikni haqiqiy xordali hayvon ekanligini va u 
lichinka xordalilar bilan umurtqalilar kenja tiplari o’rtasida turuvchi oraliq forma ekanligini 
ko’rsatib berdi. 
Xordaboshlilar sinfi lantsetniklar (Branchiostoma) va simmetriyasizlar (Asymmetron) 
avlodlarini o’z ichiga oladi. Keyingi avlod vakillarining tanasi asimmetrik tuzilishga ega. Ularning 
kattaligi 5 sm ga yaqin bo’lib, jinsiy bezlari tanasining o’ng tomonida joylashganligi va suzgich 
qanotlarining tuzilishi bilan haqiqiy lantsetniklardan farq qiladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin