12
to’sh suyagi, to’sh oldi suyagi bo’lib bularning uchlari tog’ay xolicha qoladi. To’sh
oldi va kurak o’rtasida ingichka o’mrov suyagi bor.
Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog’ay xolicha
qolgan qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element
quymich kosasi atrofida
o’zaro qo’shiladi.
Muskul sistemasi
. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning
muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Oyoqlarini xarakatga
keltiruvchi kuchli
muskullar xosil bo’ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning
segmentatsiyasi yo’qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi
rivojlangan. Muskul sistemasini metamer joylashishini
dumsiz baqalar tanasining
ayrim joylarida ko’rish mumkin. Dumsizlarda va oyoqsizlarda muskul
sistemasining metamer joylashishi ancha aniq ko’rinadi.
Nerv sistemasi
. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi.
Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to’liq ajralgan. Miya yarim
sharlarining, tagi, yon tomonlari va qopqog’i miya moddasidan tuzilgan. O’rta
miya nisbatan kichik, miyacha juda mayda. Bosh miyadan 10
juft bosh miya
nervlari chiqadi.
Orqa miya yaxshi rivojlangan yelka va chanoq chigallarini xosil qiladi bular
oyoqlarni idora qilib turadi.
Sezuv organlari progressiv taraqqiy etgan. Amfibiyalarda ichki quloq
murakkablashadi va o’rta quloq bo’shlig’i xosil bo’ladi. O’rta quloq tashqi
tomondan nog’ora parda bilan o’ralgan.
Ko’zning shox pardasi bo’rtib chiqqan, ko’z gavxari linzasimon shaklga ega.
Qovoqlar ko’zni ximoya qiladi. Xid bilish organi
tashqi va ichki burun
teshiklaridan iborat. Suvda yashovchi itbaliqlarda yon chiziq organi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: