7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


To’rt oyoqlilar katta sinfi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
7 - maruza (4)

To’rt oyoqlilar katta sinfi
yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar sinflariga bo’linadi. 
Suvda ham 
yoki 
hali suv muhiti bilan anchagina 
quruqlikda yashovchilar 
amfibiyalar 
aloqasini saqlab qolgan birinchi quruqlikka chiqqan umurtqali hayvonlardir. 
Aksariyat ko’pchilik turlarini tuxumlari qattiq po’st bilan qoplangan va faqat suvda 
rivojlanadi. Lichinkalari (itbalig’i) faqat suvda yashaydi. Xayoti davomida ular o’z 
boshidan metomarfoz davrini o’tkazadi, ya’ni itbaliqdan quruqlikda yashaydigan 
xolga aylanadi. Buning natijasida jabra yo’qolib, uning o’rniga o’pka xosil bo’ladi, 
oyoqlar rivojlanadi.
Bosh skeletning ensa qismida ikkita ensa bo’rtmasi bor. 
Tanglay kvadrat elementi miya qutisiga qo’shilib ketadi. Til osti yoyining 
ustki elementi eshituv suyakchasi uzangiga aylangan bo’ladi va bu suyakcha o’rta 
quloq bo’shlig’ida joylashadi. Yuragi uch kamerali ikkita yurak bo’lmasidan va 
bitta yurak qorinchasidan tuzilgan. Qo’shimcha nafas olish organi bo’lib teri 
xizmat qiladi, katta va kichik qon aylanish doiralari xosil bo’ladi. Gavda 
temperaturasi tashqi muxit temperaturasiga bog’liq. Bosh miyaning oldingi miya 
yarim sharlari bir-biridan ajralgan miya qopqog’ida miya moddasi bor. Ajratish 
organi bo’lib tana buyragi-mezonefros xizmat qiladi. Amfibiyalarning aksariyat 


11 
ko’pchiligida tashqi urug’lanish protsesi yuz beradi. Suvda va quruqda 
yashovchilarning tuzilishini ko’l baqasi – 
Rana ridibunda
misolida ko’rib 
chiqamiz. 
Teri qoplag’ichlari. Baqaning terisi yalang’och bo’lib unda shox suyak 
tangachalari bo’lmaydi. Epidermisida ko’p xujayrali shilimshiq modda ishlab 
chiqaruvchi bezlar ko’p bo’ladi. SHilimshiq modda terini qurib qolishdan saqlaydi. 
Terisi muxim nafas olish organi xamdir. Baqaning terisi boshidan oyog’igacha 
gavdaga yopishgan bo’ladi, shu joylarida limfa bilan to’ldirilgan bo’shliqlar 
bo’ladi. 
Skeleti
. Umurtqa pog’onasidan, bosh skeletidan erkin oyoqlar skeleti va 
ularning kamar skeletidan tashkil topgan. 
Umurtqa pog’onasi bo’yin, tana, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi. 
Bo’yin bo’limi faqat bitta umurtqadan iborat bo’lib, unda ko’ndalang o’simtalari 
va qo’shiluv chuqurchasi bo’ladi va shu chuqurchalar yordamida bosh skeletiga 
birikadi. Tana umurtqalari yettita bo’ladi. Bularning xar biridan bir juftdan ustki 
yoylar ko’ndalang va qo’shiluv o’simtalari chiqadi. Tana umurtqalarining oldingi 
tomoni ichiga botib kirgan, orqa tomoni esa bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda 
bo’ladi. Qobirg’alari yo’q. Dumg’aza bo’limida faqat bitta umurtqa bor. Uning 
ko’ndalang o’simtasiga chanoq suyagi birikadi. Dum umurtqalari biri-biriga 
qo’shilib dum suyakchasi- urostilni xosil qiladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin