7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
7 - maruza (4)

Ayirish organlari
. Voyaga yetgan baqalarda tana buyrak mezonefrosdan 
iborat. Buyraklardan bir juft siydik yo’li chiqadi. Siydik pufagi qisqarganda siydik 
yana kloakaga chiqariladi. Erkaklarida juft urug’don bo’lsada urug’ chiqarish 
yo’llari yo’q. Urug’ kanali buyrakning oldinga qismi orqali o’tib Volf kanaliga 
quyiladi. Shunday qilib, Volf kanali xam siydik yo’li xam urug’ yo’li vazifasini 
bajaradi. Volf kanali kloakaga ochilishidan oldin kengayib urug’ pufagini xosil 
qiladi. 
Amfibiyalar ko’p suyuq siydik ajratib chiqaradi. Ularda oqsil 
almashinuvining asisiy maxsuloti uncha zaharli bo’lmagan, ammo organizmdan 
chiqishi uchun ko’p suv talab qiladigan mochevinadan iborat. Amfibiyalarda 
suvning tanaga o’tishi ko’p xolatlarda qarshilikka duch kelmaydi. 
Oqsil almashinuvi xolatlarining tashqi muxitga bog’liqligini quyidagi ikki 
misolda ko’rsatish mumkin. Tritonda kuz faslida quruqlikda umumiy azot 
almashinuvi maxsulotida amniakning xissasi 13%, yozda suvdagi hayotida esa bu 
xissa 26% gacha ko’payadi. Itbaliqda amniakning xissasi 75%, dumini yo’qotgan 
oyoqli baqada hammasi bo’lib 16%. 
Tuxumdonlari xam juft bo’lib, tana bo’shligida joylashadi. Etilgan tuxum 
xujayralari tuxum yo’lining og’ziga tushadi. Tuxum yo’llari kloakaga ochiladi. 
baqalarning urug’lanishi tashqi bo’lib ikralaridan lichinkalar itbaliq chiqadi. 
Lichinqalari faqat suvda yashaydi, jabra bilan nafas oladi. Qon aylanish sistemasi 
baliqlarni qon aylanish sistemasiga o’xshash. Yon chiziq organi bor, dum suzgich 
qanoti yordamida suzadi. Keyin lichinka metamorfozga uchrab, uning organlari 
keskin o’zgaradi. Besh barmoqli oyoqlar xosil bo’ladi. Dumlari yon chiziq 
organlari yo’qolib ketadi. Jabralari yo’qolib o’pka rivojlanadi. 
Juft urug’donlarning mustaqil chiqarish yo’li bo’lmaydi. Urug’ chiqaruvchi 
kanallar buyrakning oldingi qismidan o’tib, volf kanaliga qo’shiladi. Bu kanal 
faqat siydik yo’li vazifasini emas, balki urug’ chiqaruvchi kanal vazifasini ham 
o’taydi. Erkaklarida har bir volf kanali kloaka yonida kengayib, urug’ni vaqtincha 
saqlovchi urug’ xaltasini xosil qiladi. 
Urug’donlar ustida noto’g’ri shakldagi sariq rangli xosilalar-moy tanachalari 
joylashgan. Ular urug’don va rivojlanayotgan spermatozoidlar uchun oziq bo’lib 
hisoblanadi. Moy tanachalarining yirik-maydaligi fasllarga qarab o’zgarib turadi. 


15 
Kuzda ular yirik, bahorda spermotogenez davrida esa ularning moddalari ko’p 
sarflanganligi tufayli xajmi keskin maydalashadi. Ko’pchilik amfibiyalarda 
kopulyativ organlar bo’lmaydi. 
Amfibiyalarning erkaklarida ayrish va jinsiy yo’llar 1ta – volf kanali bo’lsa, 
urg’ochilarida volf kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajaradi va aloxida jinsiy 
yo’l vazifasini myuller kanali bajaradi. 
Suvda va quruqlikda yashovchilarning kelib chiqishi katta axamiyatga ega. 
Chunki bu bilan butun quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning suv 
muxitidan quruqlik muxitiga chiqishi ularning tuzilishida muxim o’zgarishlarni 
yuzaga keltirdi. Avvalo jabra bilan nafas olish o’pka bilan nafas olishga o’tadi, 
suzgich qanotlar besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyin qon aylanish 
sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari o’zgaradi. 
Devon davrining oxirlarida chuchuk suvlarda yashovchi cho’tka qanotli 
baliqlardan birinchi amfibiyalar ixtiostegidlar kelib chiqadi. Bular toshko’mir davri 
quriqlik faunasining eng ko’p gruppalari bo’lgan amfibiyalarning ikkita ingichka 
umurtqalilar va yoy umurtqalilar kenja sinflarini bergan. Poleozoy erasida 
yashagan amfibiyalarning xammasini stegotsefallar deb ataganlar. 
Yoy umurtqalilarga labirintodontlar va proanurlar kiradi. Bularning 
xammasi Toshko’mir va perm’ davrlarida qirilib ketadi. Proanaurlardan dumsizlar 
kelib chiqqan. Toshko’mir davrida ingichka umurtqalilar – lepospondillar paydo 
bo’lib, perm’ davrida qirilib ketadi va bulardan oyoqsiz va dumli amfibiyalar kelib 
chiqadi.Suvda va quruqlikda yashovchilarning sistematikasi. Amfibiyalar 
quruqlikda yashovchi umurtqali xayvonlarning kam sonli sinfi bo’lib, o’z ichiga 
2500ga yakin turni oladi va uchta turkumga bo’linadi. 
1. Oyoqsizlar turkumi – Apoda. Bu turkumga 60ga yakin tur kiradi, tashqi 
ko’rinishidan chuvalchanglarga o’xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan, yer tagida 
xayot kechiradi. Oyoqlari yo’q, ko’zlari reduktsiyalangan. Urug’lanishi ichki 
kopulyativ organi bor. Umurtqalari amfitsel tipda, qobirg’alari bor. Yurak 
bo’lmalari orasida parda to’liq emas. Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan 
chervyagani va Janubiy sharqiy Osiyoda tarqalgan tseylon ilon balig’ini vakil qilib 
olamiz. 
2. Dumlilar turkumi - Caudata yoki Urodela. Dumlilar uz ichiga 280 ga 
yakin turni oladi va asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchoq 
bo’lib, yaxshi rivojlangan dumi bor. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarlik bir xil 
uzunlikda bo’ladi. Tana umurtqalariga kurtak xolidagi qobirg’alar birikadi. 
peshona va tepa suyaklari qo’shilmagan. O’mrov suyagi yo’q, bilak va tirsak 
xamda katta va kichik boldir suyaklari o’zaro qo’shilmagan. Keyingi kovak vena 
bilan bir qatorda kardinal venalar xam saqlanadi. Yon chiziq organi umirbod 
saqlanadi. Urug’lanishi ichki. Ba’zi turlarida neoteniya xodisasi uchraydi, ya’ni 


16 
lichinka metomorfozga uchramaydi va lichinka xolida ko’payadi. Rossiyada dumli 
amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog’larida olovli salamandra, uzoq 
sharqda yapon salamandrasi, Bolqon orolida protey va boshqalar yashaydi. 
3. Dumsizlar Turkumi – Ecaudata yoki Anura. Bularga 2100ga yaqin tur 
kiradi. Boshi yalpoq, dumi yo’q. Keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2-3 marta 
uzun. Shu sababli bular sakrab xarakat qiladi. Urug’lanishi tashqi. 
Dumsiz amfibiyalarga baqalar, qurbaqalar, daraxtlarda yashovchi kvakshalar 
kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O’zbekistonda dumsiz 
amfibiyalarning faqat ikkita turi – ko’l baqasi va yashil qurbaqa yashaydi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin