7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Bosh suyaksizlar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
7 - maruza (4)

2. Bosh suyaksizlar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari. 
Bosh suyaksizlarning tipik 
– Lantsetnik yoki amfioks
(Branchiostoma lanceolatum) 
yarim tiniq kichik bir hayvon 
vakili
bo’lib, bo’yi 8 sm ga boradi, cho’zinchoq gavdasining ikki yoni qisilgan, ikki uchi o’tkirlashgan. 
Lantsetnikning boshi tanasidan ajralib turmaydi, uning juft suzgich qanotlari ham yo’q, gavda 
metameriyasi juda aniq ko’rinib turadi. Lantsetnik barcha dengizlarda yashaydi, u dengizning 
tubida yirik qum yig’ilgan sayozroq yerlarida hayot kechiradi. Lantsetnik hayotining ko’p qismini 
qumga ko’milib, faqat boshini qumdan chiqargan xolda o’tkazadi. U mayda dengiz hayvonlari 
bilan ovqatlanadi, bu hayvonlar uning og’ziga suv oqimi bilan kiradi. 
Tashqi ko’rinishi. Lantsetnikning orqa tomonida bor bo’yiga cho’zilgan pastgina orqa 
suzgich qanoti bor. Dumi keng dum suzgich qanoti bilan o’ralgan bo’lib, shaklan nayza yoki 
lantsetga o’xshaydi, bu hayvonning nomi ham shundan olingan. Qorin tomonining keyingi qismiga 


18 
kalta va ensiz qorin suzgich qanoti o’rnashgan. Gavdasining oldingi uchida pastga qarab turadigan va 
qamragichlar bilan o’ralgan katta og’iz oldi teshigi bo’ladi. Bu teshikning orqasida, gavdasi 
pastki bo’lagining ikki yon tomonida bir-biriga parallel o’rnashgan ikkita metaplevral burma bor, 
bu burmalar gavdaning orqa uchidan ancha berida bir-biriga qo’shilib ketadi. Shu burmalarning 
qo’shilgan yerida jabra oldi bo’shlig’i yoki atrial bo’shliqning chiqish teshigi – atrial teshik yoki 
atriopor bor. Atriopordan ancha narida va gavdaning bir-muncha chaproq tomonida anal teshigi 
bo’ladi. 
Teri qoplag’ichlari. Barcha yuqori xordalilar singari, lantsetnikning teri qoplag’ichlari ham 
ikkita asosiy qatlamdan: yuza qatlamdan – epidermis va bir muncha chuqurroqdagi – korium 
qatlamidan iborat. Lekin umurtqalilarga qarshi o’laroq, lantsetnikning epidermisi xuddi 
umurtqasizlardagidek bir qavatli bo’lsa, koriumi, asosan, yelimshak to’qimadan iborat bo’ladi. 
Skeleti. Skeletning asosiy qismini xorda tashqil etadi, u lantsetnik gavdasining eng oxirgi 
uchidan to boshining uchigacha boradi (shuning uchun ham bu sinf Cephalochorda – xorda boshlilar 
deb ataladi). Xordani hujayrasiz tayanch to’qimadan iborat bo’lgan parda o’rab turadi. Bu tayanch 
to’qimaning tepasida orqa miya kanalini chegaralab turadigan bir qancha o’simtalar chiqqan, orqa 
miya kanaliga markaziy nerv sistemasi o’rnashgan. 
Muskullar orasiga va gavda bo’shliqlari atrofiga joylashgan har xil tayanch ustunchalar, 
xovonlar xorda pardasiga qo’shiladi. 
Jabra apparatining skeleti murakkabdir, u hujayrasiz tolali moddadan iborat gorizontal va 
vertikal to’sinlardan tuzilgan nozik panjaraga o’xshaydi. 
Suzgich qanotlarini qattiq to’qimadan iborat bir qator kalta tayoqchalar tutib turadi. 
Qamragichlarini ham shunday tayoqchalar tutib turadi, ammo ular uzun va ingichka 
bo’ladi. 
Muskul sistemasi. Lantsetnikning butun muskul sistemasi gavdaning oldingi uchidan to 
oxiriga qadar qator o’rnashgan talay muskul segmentlaridan yoki miomerlardan hosil bo’lgan. 
Miomerlarning har qaysisi biriktiruvchi to’qima pardalari – mioseptalar bilan bir-biridan ajralgan. 
O’ng va chap tomondagi miomerlar bir-biriga qarama-qarshi o’rnashgan bo’lmay, balki bir 
tomondagi bir miomer qarama-qarshi tomondagi ikkita miomer orasiga, ya’ni miomerning yarimtadan 
bo’lagiga to’g’ri keladigan bo’lib o’rnashgan. Muskul segmentlarining shu xilda joy olishi 
natijasida, lantsetnik gavdasini ikki yon tomoniga bemalol qayira oladi. 
Markaziy nerv sistemasi. Lantsetnikning markaziy nerv sistemasi qalin devorli nay shaklida 
bo’lib, oldingi uchi xorda uchiga bir oz yetib bormaydi (xordadan ko’ra kaltaroq bo’ladi). 
Lantsetnikning umurtqali hayvonlar bosh miyasiga to’g’ri keladigan nerv nayining oldingi qismi 
differentsiallashmagan bo’lsa ham, uning oldingi tomonidagi nevrotseli kengayib, bosh miya 
qorinchasi deb ataladigan katta bo’shliq hosil qiladi. Yosh lantsetniklarning miya qorinchasi ustki 
tomonidagi maxsus teshik – nevropor orqali gavdaning tepasiga o’rnashgan hidlov chuqurchasi deb 
ataluvchi chuqurchaga qo’shiladi. Voyaga yetgan lantsetniklarda hidlov chuqurchasi miya bilan 
bog’lanmaydi. Nerv nayining boshidan-oxirigacha yorug’lik suzuvchi organlar – Gyosse 
ko’zchalari tarqalgan, ular nevrotselning ikki tomonidan joy olgan. Yorug’lik nurlari hayvon 
gavdasidagi yarim tiniq to’qimadan o’tib, shu ko’zchalarga tushadi. Har qaysi Gyosse ko’zchasi 
yorug’lik sezuvchi hujayradan iborat bo’lib, bir uchi kosasimon pigment hujayraga botib turadi. 
Bu ko’zchalar ba’zi yassi chuvalchanglarning eng sodda ko’zchalariga juda o’xshaydi. 
Periferik nerv sistemasi miya nayidan chiqadigan nervlardan iborat. Miya nayining eng 
oldingi uchidan ikki juft bosh miya nervi, qolgan qismlaridan esa metamer bo’lib o’rnashgan bir 
qancha orqa miya nervlari chiqadi. Ayni vaqtda har qaysi muskul segmentiga ikki juftdan nerv 
to’g’ri keladi: bo’lardan bir jufti orqa (ustki) nerv, ikkinchi jufti qorin (ostki) nervidir. Orqa 
nervning har qaysisi bir butoqli aralash nerv, ya’ni ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi nerv, 
ammo qorin nervlarining har qaysisi ko’p butoqli bo’lib, faqat harakatlantiruvchi nervlardir. O’ng 
va chap orqa miya nervlari, muskul segmentlarining joylanishiga yarasha, bir-birining 
qarshisidan emas, balki ketma-ket chiqadi. 
Sezuv organlari. Lantsetnikda haqiqiy (juft) ko’z va eshituv organi yo’q. Lantsetnikda sezuv or-
ganlari juda kam taraqqiy etgan va Gyosse ko’zchalari bilan lantsetnikning butun terisiga 


19 
tarqalgan alohida sezuvchi hujayralardangina iborat. Lantsetnikda sezuv organlarining bu xilda kam 
taraqqiy etganligi, uning kam harakat qilib hayot kechirishi bilan bog’liq. 
Nafas olish organlari. Lantsetnikning ichak nayi og’iz oldi teshigidan boshlanadi, bu teshik 
yumaloq bo’lib, uni qamragichlar tojdek o’rab olgan. Og’iz oldi voronkasining tagida og’iz teshigiga 
gomolog bo’lgan va xalqumga ochiladigan teshik bor. Bu teshik xalqa parda – yelkan (velum) 
bilan o’ralgan, yelkanning o’ziga xos muskuli bor, u sfinktor vazifasini bajaradi. Kattakon 
xalqumida qiya o’rnashgan bir talay (150 ta) jabra yoriqlari bor. Bu yoriqlar bevosita tashqariga 
ochilmasdan, maxsus jabra oldi (atrial) bo’shlig’iga ochiladi. Atrial bo’shliq atriopora deb 
ataladigan teshik orqali tashqi muhitga tutashadi. Jabra yoriqlari oralari tor jabra to’siqlari bilan 
bir-biridan ajralgan, bu to’siqlarda qon tomirlari bo’ladi. Xalqumga kiradigan suv ichak nayi 
bo’shlig’ining hamma yog’ini qoplab olgan kipriklarning tebranib harakat qilishi orqasida jabra 
to’siqlarini yuvib o’tadi, buning natijasida suvdagi kislorod jabra to’siqlarining ingichka qon 
tomirlarida oqib turgan qonga o’tadi. 
Ovqat hazm qilish organlari. Bosh skeletsizlarda, xususan lantsetniklarda ovqat hazm qilish sistemasi 
kuchsiz differentsiyalangan nay bo’lib, xalqum va ichakdan iborat. Xalqumning ostki tomonida bezli 
egatcha endostil yotadi, bu egatchaning ikki yon tomoni bor bo’yiga qator o’rnashgan hujayralar 
bilan, tubi bir qator o’rnashgan uzun kiprikli hujayralar bilan qoplangan. Yelkanning oldida 
endostil tebranuvchi ikkita bo’lakchaga bo’linadi, bo’lar xalqumni ichki tomondan xalqadek 
o’rab oladi va uning orqa tomonida bir-biri bilan qo’shilib, keyinga qarab o’sadigan jabra usti 
egatchasini hosil qiladi. Endostildan chiqqan shilimshiq modda, undagi kipriklarning harakati 
orqasida endostilning egatchasidan oldinga, og’iz teshigi tomonga qarab oqib boradi, so’ngra 
xalqumni o’rab olgan bo’lakchalarda yuqoriga ko’tariladi va nihoyat, jabra usti egatchasidan o’tib, 
orqaga, ichakka tushadi. 
Suvdagi muallaq ovqat zarralari xalqum ostiga cho’kib, endostil hujayralaridan chiqqan 
shilimshiqqa yopishadi va shu shilimshiq bilan birga ichakka o’tadi. Shunday qilib, lantsetnikning 
ovqatlanishi ham, nafas olishi ham gavdaning aktiv harakatisiz, passiv ravishda, yolg’iz kipriklarning 
tebranib harakat etishi tufayli sodir bo’ladi. 
Xalqumdan to’g’ri ichak boshlanadi, bu ichakning uchi mustaqil anal teshigi bo’lib, tashqariga 
ochiladi. Chin ichak oldingi qismining pastki tomonida katta ko’r o’simta – jigar bor, bu ko’r 
o’simta umurtqali hayvonlar jigarlarining rosmana gomologidir. 
Qon aylanish sistemasi lichinka xordalilarning qon aylanish sistemalariga qarama-qarshi 
o’laroq tutash bo’ladi, ya’ni qon gavdaning hamma yerida devorli qon tomirlar ichida oqadi. Bu 
jihatdan lantsetnik umurtqalilarga o’xshaydi, lekin differentsiallashgan yuragi yo’qligi bilan 
ulardan farq qiladi, lantsetnikda qorin tomirining urib turadigan bir bo’lagi yurakning gomologidir. 
Bundan tashqari, lantsetnikning qorin tomiridan chiqib, jabra to’siqlariga boradigan bir talay jabra 
qon tomirlarining kengaygan tublari ham mustaqil ravishda urib turadi. Lantsetnikning qoni rangsiz, 
unda qon hujayralari juda oz bo’ladi. Lantsetnikning asosiy qon tomirlari birlamchi tartibdagi suv 
umurtqalilarinikiga o’xshaydi. 
Arterial sistema. Qorin tomonda, xalqumning ostiga qorin aortasi o’rnashgan. Bu 
aortadan venoz qon gavdaning bosh tomoniga qarab oqadi. Qorin aortasidan tepaga qarab bir talay 
juft jabra arteriyalari chiqadi, bu arteriyalar jabra teshiklari orasidagi to’siqlardan o’tib, qonni xalqum 
tepasidagi juft jabra usti tomirlariga, boshqacha aytganda, orqa aorta ildizlariga quyadi. Venoz qon 
jabra teshiklarining yonidan o’tar ekan, jabra yoriqlarining yuzaginasida yotgan jabra tomirlarining 
yupqa devorlari orqali oksidlanadi, shuning uchun orqa aorta ildizlariga endi arterial qon quyiladi. 
Jabra usti tomirlarining har ikkisidan ham bosh bo’limiga qon olib boradigan bittadan kichikroq 
uyqu arteriyasi chiqadi, lekin arterial qon asosan orqa tomonga qarab oqadi, shuning uchun jabra 
usti tomirlari qonni toq orqa aortasiga quyadi. Bu aorta bevosita xorda ostiga joylashgan bo’lib, 
hayvon gavdasining eng oxirgi uchiga qadar davom etadi va yo’l-yo’lakay har xil organlarga 
shoxchalar chiqaradi. 
Venoz sistema. Gavdaning keyingi tomonidan venoz qon toq dum venasiga yig’iladi, bu 
vena ichak ostidan o’tib ketadigan ichak osti venasiga aylanadi. Ichak osti venasi jigar o’simtasiga 
yetganda, jigarni to’rdek o’rab oladigan mayda kapillyarlarga bo’linadi, ya’ni jigar qopqa 


20 
sistemasini hosil qiladi, shundan keyin kapillyarlar yana bir-biriga qo’shilib, qorin aortasi tomoniga 
qarab yo’naladigan bitta jigar venasiga aylanadi. Bosh tomondagi venoz qon bir juft bo’yinturuq 
venaga, boshqacha aytganda, oldingi kardinal venalarga yig’iladi va ulardan orqaga qarab oqadi. 
Gavdaning orqa qismidagi venoz qon bir juft orqa kardinal venaga yig’iladi va shu venalardan 
oldinga qarab oqadi. O’ng tomondagi oldingi va orqa kardinal venalar xalqumdan bir qancha orqaroqda 
o’ng kyuver yo’liga qo’shiladi, chap tomondagi kardinal venalar esa chap kyuver yo’liga qo’shiladi, 
shundan keyin kyuver yo’lining ikkovi ham xalqumning orqasidagi qorin aortasiga quyiladi. Kyuver 
yo’lining orqa tomoniga jabra oldi bo’shlig’ining bir juft venalari – atrial venalar kelib qo’shiladi. 
Ayirish sistemasi. Lantsetnikning qon aylanish sistemasi umurtqalilarnikiga o’xshasa ham 
ayirish organlari ulardan ko’p farq qiladi. Uning ayirish organlari nefridiylardan iborat bo’lib, 
ularning soni yuz juftgacha boradi. Ular xalqumning ustiga o’rnashgan, har ikki jabra yorig’iga bittadan 
nefridiy to’g’ri keladi. Nefridiylar to’g’ri burchak shaklida bukilgan kalta naylardan iborat. Ular bir 
qancha teshiklar (nefrostoma) orqali gavda bo’shlig’iga va bitta umumiy teshik orqali jabra oldi 
bo’shlig’iga ochiladi. Lekin bu teshiklar (nefrostomalar) tutash bo’lib, ichi kanalli uzun hujayralar 
bilan qoplangan, bu kanalda tebranuvchi tukchalar bor. Binobarin, ular solenotsitlar singari 
tuzilgan, umuman, lantsetnikning nefridiylari xalqali chuvalchanglarning nefridiylariga juda 
o’xshaydi. 
Urchish organlari segmentar tipda joylashgan bir talay (26 juft) jinsiy bezlardan iborat. 
Lantsetnik ayrim jinsli hayvon bo’lsada, uning erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlari shaklan bir-
biriga o’xshaydi va devori qalin pufakchalardan iborat bo’ladi. Jinsiy bezlarning alohida yo’llari 
yo’q, shunga ko’ra, yetilgan jinsiy mahsulotlar jinsiy bez devori bilan gavda devori yoriqlaridan 
jabra oldi bo’shlig’iga tushadi, u yerdan suvning oqimi bilan atriopor orqali tashqariga chiqariladi. 
Shunday qilib, lantsetnikda bosh skeletlilarga qarama-qarshi o’laroq, ayirish organi bilan 
urchish organlari orasida hech qanday bog’lanish yo’q. 
Embrionning rivojlanishi. Ona gavdasidan tashqarida (suvda) urug’langan tuxum to’la va 
deyarli bir tekisda bo’linadi. Natijada sharsimon tipik blastula hosil bo’ladi. Keyinchalik 
blastulaning vegetativ qutbidagi katta hujayralar ichkariga botib kiradi va shu tariqa tipik 
invaginatsion gastrula hosil bo’ladi. 
Lichinkasi. Lantsetnikning lichinkalik davri uzoq (uch oycha) davom etadi. Lichinka 
dastlab suv betida hayot kechiradi va gavdasini qoplab olgan kiprikchalar yordamida suzib yuradi. 
Keyinchalik u suvning tagiga tushadi. Lichinkaning og’zi rivojlanishning ilk stadiyalarida 
asimmetrik bo’lib, chap tomonidan joy oladi. Jabra yoriqlari ham asimmetrik bo’lib o’sadi: chap 
tomonning jabra yoriqlari dastlab qorin tomonda hosil bo’ladi, so’ngra o’ng tomonga o’tib qoladi, u 
yerdan yana qorin tomonga, keyinroq chap tomonga o’tadi. Bir muncha keyinroq paydo bo’ladigan 
o’ng tomon jabra yoriqlari o’z joyida hosil bo’lib, o’z joyida qoladi. To’la o’sib yetilgan lichinka, 
asosan, og’iz oldi voronkasining yo’qligi, jabra yoriqlarining ozligi, atrial bo’shlig’ining bo’lmasligi 
va jabra yoriqlarining bevosita tashqariga ochilib turishi bilan voyaga yetgan katta lantsetnikdan farq 
qiladi. Keyinroq ikki tomondagi jabra yoriqlarining ustida uzunasiga ketgan bittadan metaplevral 
burma hosil bo’ladi. Bu burmalar borgan sari o’sib, pastga osilib tushadi va nihoyat, hayvonning 
qorin tomonida bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Metaplevral burmalarning eng oxirgi uchidan tashqari, 
butun cheti bor bo’yiga bir-biri bilan qo’shiladi, ularning qo’shilmay qolgan eng oxirgi uchi teshik 
– atriopor bo’lib qoladi. Shu tariqa atrial bo’shliq hosil bo’lib, lantsetnikning jabra yoriqlari shu 
bo’shliqqa ochiladi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin