(chorda dorsalis ) bo’ladi. U o’q skeleti vazifasini bajaradi. Xorda elastik,
qayriluvchan o’zakdan iborat bo’lib, talaygina vakuolli hujayralardan tuzilgan o’ziga xos
to’qimalardan tashkil topgan. Xorda barcha xordalilar uchun xos bo’lib, u entodermadan yuzaga
keladi.
Xorda bosh skeletsizlarda umr bo’yi saqlanib qoladi, lichinka xordalilarda lichinkalik
davrida bo’lib, voyaga yetgan formalarida reduktsiyalanadi, bosh skeletlilarda esa embrional
organ xolida bo’lib, borib-borib xorda atrofidagi biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’ladigan
umurtqalar bilan almashinadi.
2. O’q skeleti ustida ichi kavak nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashgan. Uning
ichki bo’shlig’i nevrotsel
(neurocoel) deb ataladi. Markaziy nerv sistemasining naysimon
tuzilishi (lichinka xordadilardan tashqari) barcha xordalilar uchun xosdir. Deyarli barcha
xordalilarda nerv nayining oldingi qismi kengayib, bosh miyani hosil qiladi.
Nevrotsel bosh skeletsizlarda umr bo’yi saqlanadi, lichinka xordalilarda esa erkin suzib
yuruvchi formadan voyaga yetgan o’troq formaga o’tganda reduktsiyalanadi, bosh skeletlilarda
esa bosh va orqa miyani hosil qiladi.
3. Jabra yoriqlari, ya’ni ichak nayi oldingi bo’limi (xalqum) devorining 2 tomoniga qator
o’rnashgan va xalqum bo’shlig’ini tashqi muhit bilan tutashtiradigan yoriqlar bor. Suvda
yashaydigan xordalilarda jabra yoriqlari umr bo’yi saqlanadi va suvda nafas olish organi –
jabralarni hosil qiladi, quruqda yashaydigan xordalilarda esa jabralar faqat embrion davrida hosil
bo’ladi.
Ko’rsatib o’tilgan belgilar xordalilardan tashqari chala xordalilarda ham mavjud.
Shundan bittasi, ya’ni jabra apparati ancha rivojlangan, qolgan 2 tasi esa (nay shaklidagi nerv
sistemasi va xorda) deyarli rivojlanmagan.
Xordalilarning xarakterli belgilarini sanashda davom etamiz.
4. Muskul sistemasi ancha rivojlangan va o’troq lichinka xordalilarni hisobga olmaganda
barcha xordalilarda harakatlanish uchun maxcuc organlar mavjud: bosh skeletsizlarda va suvda
yashovchi bosh skeletlilarda toq va juft suzgichlari, quruqlikda yashovchi bosh skeletlilarda esa
juft suzgich qanotlardan hosil bo’lgan 2 juft oyoqlar bor, uchishga layoqatli bosh skeletlilarda
oldingi juft oyoqlar qanotga, kitsimonlarda esa kuraklarga aylangan.
5. Qon aylanish sistemasi (lichinkaxordalilar bundan mustasno) yopiq.
6. Ayirish organi – bosh skeletsizlarda voronkalar orqali tselomga ochiluvchi kanallardan
iborat, bosh skeletlilarda murakkab tuzilishga ega buyraklardan iborat.
7. Hazm apparati ancha differentsiyallashgan. Barcha xordalilarda jigar mavjud.
8. Ko’payishi faqat jinsiy. Ammo lichinka xordalilarning ko’pchiligi jinssiz yo’l bilan
ham ko’payadi. Partenogenez kamdan-kam holda kuzatiladi.
9. Rivojlanishi. Bosh skeletsizlar, lichinka xordalilar ko’pchilik suvda yashaydigan bosh
skeletlilar va amfibiyalarning rivojlanishi to’liq o’zgarish bilan o’tadi. Quruqlikda yashovchi va
24
suvli muhitga ikkilamchi tarzda o’tgan bosh skeletlilarning rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri
kechadi. Yuqori tartibdagi umurtqalilar–sut emizuvchilar bolasini sut bilan boqadi.