7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103
7 - maruza (4)

 Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi.
Balanogloss misolida 
ko’rganimizdek, ichak bilan nafas oluvchilarda hech qanday metameriya belgisi bo’lmasa ham, 
ularni tipik xordali hayvonlarga o’xshatadigam bir qancha muhim belgilar (xorda va nevrotsel 
boshlang’ichi, jabra yoriqlari, tselom, ikkilamchi og’iz) bor. 
Ikkinchi tomondan, nerv sistemasining tuzilishiga hamda gavda bo’shlig’ining atrofini o’rab 
turgan teri-muskul xaltasining borligiga qaraganda ichak bilan nafas oluvchilar xalqali 
chuvalchanglarga o’xshab ketadi. Nihoyat, ichak bilan nafas oluvchilarning tornariya deb 
ataladigan lichinkasi nina terililar lichinkasiga, xususan goloturiya lichinkasiga, juda ham 
o’xshaydi. Jumladan, nina terililarning lichinkasidagiga o’xshash, tornariya gavdasida ham maxsus 
kiprik iplari, tepa nerv tugunchasi va ikkita ko’zcha bor. 
Shunday qilib, ichak bilan nafas oluvchilar umumiy evolyutsiya nuktai nazaridan diqqatga 
sazovordir, chunki bu hayvonlar xordalilar tipini boshqa tiplar bilan, jumladan, nina terililar bilan 
bog’laydi.
Lichinka xordalilar
Lichinka 
kenja tipining umumiy tavsifi va sistematikasi.
xordalilar kenja tipiga faqat dengizlarda yashovchi 1500 dan ortiqroq hayvonlari kirib, ular faqat 
lichinkalik davrida xordalilar tipiga xos tuzilishiga ega. Voyaga yetayotgan hayvonlarning 
xordasi yo’qolib ketadi, nerv nayi o’zgarib, yagona nerv tugunini hosil qiladi. Faqat 
appendikulyariyalarning xordasi va nerv nayi hayoti davomida saqlanib qoladi. Tuzilishining 
bunday soddalashuvi erkin yashovchi lichinkani voyaga yetgan davrida o’troq yashashga o’tishi 
bilan bog’liq. 
Umumiy tana formasi hammasida bochkasimon va xaltasimon bo’ladi. Tanasi 
kletchatkaga o’xshash moddadan hosil bo’lgan qobiq – tunika bilan o’ralganligi tufayli bu 
hayvonlar qobiqlilar deb ham ataladi. O’troq hayot kechirish munosabati bilan tunika muhim 
himoya vositasini o’taydi. Voyaga yetgan paytda jinsiy ko’payishdan tashqari, kurtaklanib xam 
ko’payadi. 
Deyarli hammasi germofrodit. O’troq hayot tarziga ega, ba’zilari esa dengizning pelagial 
zonasida erkin suzib yuradi. Koloniya bo’lib ham yashaydi. Ko’pgina turlari tropik va subtropik 
dengizlarda keng tarqalgan. 5000 m chuqurlikkacha uchratish mumkin. Yevrosiyoda 150 tacha 
turi uchraydi. Kaspiy va Azov dengizidan boshqa hamma dengizlarda tarqalgan. 


26 
sistemaik jihatdan uchta 
Lichinka xordalilar (Urochorda) yoki qobiqlilar (Tunicata)
sinfga bo’linadi: appendikulyariyalar (Appendicularia), astsidiyalar (Ascidia) va salplar (Salpae). 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin