7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja


Kenja tipning sistematik sharhi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
7 - maruza (4)

3. Kenja tipning sistematik sharhi 
filogeniyasi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, 
va 
Lichinka xordalilar kenja tipi tubandagi uchta sinfga bo’linadi: 
Appendikulyariyalar sinfi (Appendiculariae). 
Appendikulyariyalar gavdasi 0,5-3 mm 
uzunlikdagi, suvda erkin suzib hayot kechiradigan lichinka xordalilarning eng primitiv gruppasi 
hisoblanadi. 
Ular xordasining umr bo’yi saqlanib qolishi va atrial bo’shlig’ining bo’lmasligi bilan 
xarakterlanadi. Shu bois appendikulyariyalarda umr bo’yi regressiv metamorfoz bo’lmaydi. 
Appendikulyariyaning tuzilishi astsidiya lichinkasining tuzilishiga o’xshaydi, undan, 
asosan, ipsimon nerv tortmasi va dumi bilan farq qiladi, dumi astsidiya lichinkasi dumi singari
yonidan siqilgan bo’lsa ham, lekin vertikal tekislik bo’ylab o’rnashmay, gorizontal tekislik 
bo’ylab o’rnashgandir, shuning uchun ham yuqoridan pastga qarab qisilgandek ko’rinadi. 
Appendikulyariya gavdasi atrofida teri epiteliysi ayirgan moddadan maxsus «uycha» 
hosil bo’ladi. U quyuq yelimshak tiniq moddadan tuzilgan g’ilofdan iborat bo’lib, boshqa 
qobiqlilarning tunikasiga mos keladi. Lekin appendikulyariyaning o’zi bu «uycha» ning ichida 
erkin harakat qila oladi. Appendikulyariya dumini tebratib, suvni «uycha» ning oldingi teshigiga 
qarab haydaydi, suv appendikulyariyaning orqa teshigidan chiqib ketar ekan, hayvonni oldinga 
qarab itaradi. «Uycha» ning oldingi teshigida juda ham ingichka iplardan tuzilgan mayda ko’zli 
maxsus panjara bor, bu panjaraning ko’zlaridan appendikulyariyaga ovqat bo’ladigan juda 
mayda plankton organizmlargina o’ta oladi. Bir necha soat o’tib, «uycha» si ifloslanib qolgandan 
keyin, appendikulyariya dumi bilan «uycha» sini qattiq urib, uning devorini teshadi va tashqariga 
chiqadi, bir soatdan keyin esa tanasining atrofida yangi «uycha» hosil bo’ladi. 
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, appendikulyariyalar neotik gruppa, ya’ni lichinkalik 
davrida urchiy olish layoqati bo’lgan va evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo’qotgan gruppa 
deb qaraladi. 
Appendikulyariyalar barcha dengizlarga tarqalgandir. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin