7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103
7 - maruza (4)

Salplar sinfi (Salpae). 
Salplar erkin suzib yurib, pelagik hayot kechiradi. Ularning gavdasi 
shaklan yo bodringga, yoki bochkaga o’xshaydi. Yakka yashaydigan turlarining uzunligi 5-15 sm 
gacha va koloniya bo’lib yashaydigan vakillarining uzunligi 30-40 sm gacha boradi. Voyaga 
yetganlarida dumi va xordasi bo’lmaydi. 
Gavdasining oldingi uchiga kenggina og’iz teshigi, orqa uchiga esa kloaka teshigi 
o’rnashgan. Butun gavdasi yupqa, tiniq tunika bilan o’ralgan, hayvonni xalqa singari o’rab olgan 
muskul lentalari shu tunikadan ko’rinib turadi. Hayvon bu muskul lentalarini oldindan orqaga 
ketma-ket qisqartirib, suvni kloaka teshigidan kuch bilan otib chiqaradi va o’zi qarshi tomonga, 
ya’ni oldinga qarab harakat qiladi. 
Xalqum bo’shlig’i juda katta, shunga ko’ra, asosiy ichki organlarining hammasi gavdaning 
orqa qismiga to’planib, yadro degan narsa hosil qiladi. Salplarning yakka xolda va koloniya bo’lib 
yashaydigan formalari bor. 
Salplar sinfiga 25 ta tur kiradi va ular ikkita turkumga: haqiqiy salplar (Desmomyaries) 
va bochyonochniklar (Cyclomyaries) ga bo’linadi. 
Jinssiz va jinsli bo’g’inlar navbatlanish (metagenez) yo’li bilan urchiydi. Jinssiz yakka 
salp gavdasining orqa uchida maxsus o’simta – stolon hosil bo’ladi, bu stolondan jinsli qiz 
individlar ketma-ket kurtaklanib chiqib, zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o’z gavdasining 
tuzilishi jihatidan ona individga o’xshaydi, lekin unga qaraganda bir muncha maydaroq bo’ladi, 
ularning har qaysisida ham tuxumdon, ham urugdon bor, shu bilan birga tuxum va 
spermatozoidlar oldinma-keyin yetiladi, shuning uchun ularda o’z-o’zini urug’lantirish hodisasi 
odatda bo’lmaydi. Ona individda o’sayotgan urug’langan tuxumdan, jinssiz yosh individ paydo 
bo’ladi, u o’sib, stolon hosil qiladi va bu tsikl yana takrorlanadi. 
Chin salplarga yaqin turadigan bochenochniklarda metagenez murakkabroq o’tadi. 
Chunonchi, urug’langan tuxumdan dumli lichinka chiqadi. Bu lichinka o’sib, katta jinssiz 
individga aylanadi, uning stolonida ovqatlanish, nafas olish funktsiyalarini bajaradigan jinssiz 
individlar (gastrozoidlar) ham, jinsli individlar ham kurtaklanish yo’li bilan paydo bo’ladi. Jinssiz 
individlar ikki turli: katta laterallar (gastrozoidlar) va mayda mediallar (forozoidlar) bo’ladi. 
Kurtaklarning uchinchi generatsiyasi gonozoidlar deb ataladi, ulardan jinsiy bezlari germafrodit 
individlar hosil bo’ladi. 
Bunday polimorf koloniyaning boquvchi deb ataladigan ona individi, oldin uni ovqat 
moddalari bilan ta’minlaydi, biroq tez fursatda xoldan ketib, ichki organdarini yo’qotadi-da faqat 
harakat qilish uchun xizmat etadigan ichi bo’sh muskulli bochenochnikka aylanadi. Keyinchalik u 
o’lib ketadi, stolondan uzilib chiqqan germafrodit individlar esa tuxum qo’yadi va tsikl yana 
takrorlanadi. 


30 
Salplar, asosan, tropik va subtropik dengizlarga tarqalgan, bu dengizlarda ular ba’zan ko’plab 
paydo bo’ladi. MDH dagi dengizlarga ular faqat Tinch okeandan o’tadi. 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin