7-mavzu: qushlar (aves) sinfining umumiy tavsifi (2 soat) Reja



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/103
tarix14.12.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#180392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
7 - maruza (4)

Chala 
xordalilar 
(Hemichordata) 
va 
lichinka
xordalilar(Urochordata)kenja tipi Assidiyalar sinfi (Ascidiae) sinfi 
 
Reja: 
1. Xordali hayvonlar tuzilishidagi o’ziga xos muhim belgilar va ularning biologik 
ahamiyati 
2. Xordalilarning sistematikasi 
Chala xordalilar tipining
tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari 
3. 
umumiy ta’rifi va 
4. Chala xordalilarning boshqa tiplarga o’xshashligi
Lichinka xordalilar
1. 
kenja tipining 
umumiy tavsifi va sistematikasi 
Lichinka xordalilar tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari 
5. 
6. Kenja tipning sistematik sharhi 
filogeniyasi 
va 
xorda, nevrotsel, ekologiya, genetika, sistematika, anatomiya, 
Tayanch so’zlar:
biogeografiya, evolyutsiya, xartumcha, yoqa, ichak bilan nafas 
oluvchilar, jabra, tsefalodisk, rabdoplevra, tornariya, goloturiya, 
appendikulyariya, astsidiya, salp, lantsetnik, tunika, kletchatka, 
endostil, 
dissimilyatsiya, 
metamorfoz, 
metagenez, 
germafrodit, 
simmetriyasizlar, miosepta, miomer, metamer, Gyosse ko’zchalari, 
blastula, gastrula, atrial.
Xordali hayvonlar tuzilishidagi o’ziga xos muhim belgilar va ularning biologik 
ahamiyati.
Xordalilar – ikkilamchi tana bo’shliqli, ikki tomonlama simmetriyali va ikkilamchi 
og’izli hayvonlardir. Tanasining bo’g’imlarga bo’linganligi faqat embrional rivojlanishining 
dastlabki davrlarida yaxshi ko’zga tashlanadi. Voyaga yetgan davrida esa tana bo’g’imlari faqat 
birlamchi suvda yashovchi hayvonlardagina saqlanib qoladi. Xordalilarning qon aylanish 
sistemasi yopiq, ayirish organlari metanefridiy tipida bo’lib, jinsiy bezlari (tselom) tana 
bo’shlig’ida rivojlanadi. 
Tipga Xordalilar nomi 1878 y. da Bell tomonidan berilgan. Xordalilar tipiga xilma-xil 
tuzilishga, hayot tarzi va yashash sharoitiga ega bo’lgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning 
vakillari barcha asosiy yashash muhitida: suvda, yer yuzasida, tuproq qatlamida va havoda 
uchraydi. Geografik jihatdan ular butun yer yuzida tarqalgan. Hozirgi zamon xordalilarining soni 
50 mingga yaqin. 
Bu tipga biz umurtqa pog’onasi, bosh suyagi va skeleti bor hayvonlardan tashqari 
mutlaqo umurtqasi bo’lmagan lantsetniklar yoki avvallari umurtqasizlar qatorida o’rganilgan 
qobiqlik, pardalik astsidiyalarni ham qo’shib o’rganamiz. Xo’sh, nima uchun? Bu savolni 
javobini izlab tarixga murojaat qilamiz. XVIII asr boshlarida J.Kyuve hayvonlarni suyakli yoki 
tog’aylilarga ajratib umurtqalilar bosh suyagi va umurtqa pog’onasi borligi bilan ajraladi degan 
g’oyasini yaratgan davrda, P.Pallas xirurgik pichoq (lantset) shaklidagi dengizda yashovchi 
jonivorni kashf etdi. Uni avval umurtqasizlarni yangi turi deb hisobladi. Ammo aniqroq 
tekshirishlar natijasi shuni ko’rsatdiki, uning ichki tuzilishi baliqlarnikiga o’xshab ketar ekan. 
Uni baliqlar sinfiga qo’shish mumkin edi, biroq unda bosh skeleti yo’q. Shuning uchun ularni 
xordalilarning alohida bir kichik yoki tuban vakili deb hisoblash zarurati tug’ildi. 
Xordalilar tipiga lantsetnik va unga yaqin turadigan bosh skeletsizlar, hozirgi zamon 
vakillari minogalar va miksinalar bo’lmish to’garak og’izlilar hamda umurtqalilariing 5 ta asosiy 
sinfi: baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Bu guruhlar birlashib 
yuqori tartibdagi guruhni – tipik xordalilar (Euchordata) ni tashkil etadi. 


23 
Bundan tashqari, o’ziga xos tarzda tuzilgan dengiz hayvonlari gruppasi, ya’ni pardalilar 
yoki lichinka xordalilar ham shu tipga kiradi. Bu hayvonlar tipik xordalilardan ancha farq qilib, 
boshqa tiplarga, xususan nina terililarga juda o’xshab ketadi. 
Xordalilar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ularning gavdasi bir umumiy planga muvofiq 
tuzilgan bo’lib, hayvonot olamidagi boshqa tip vakillarining gavda tuzilishidan ro’y-rost ajralib 
turadi. Ularning gavda tuzilishi 2 tomonlama simmetrik bo’lib bosh, tana va dum qismlarga 
bo’linadi. Pardalilar bundan mustasno. 
Butun gavdani yaxlit yoki bo’limlarga bo’lingan tirgak ko’rinishidagi mustahkam o’q 
skeleti tutib turadi. O’q skeletining ustiga markaziy nerv sistemasi o’rnashgan, u shaklan qalin 
devorli nayga o’xshaydi. O’q skeletining ostida hazm, ayirish va urchish organlari joylashgan 
qorin bo’shlig’i – tselom bo’ladi. Hazm kanali kirish teshigi bilan gavdaning oldingi uchiga, 
chiqish teshigi bilan orqa uchiga ochiladi. Bu kanalning oldingi qismida (xalqumda) juft-juft 
bo’lib joylashgan talaygina jabra yoriqlari (teshiklari) bor. Hazm kanalidan ham pastroqda 
markaziy qon aylanish organi – yurak yotadi. 
Quyida bu tip vakillari uchun xarakterli 3 asosiy belgini ko’rsatib o’tamiz. 
1. Xorda 

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin