Maqsadlarni shakllantirish – bu keyingi harakatlar uchun aniq,
tarkiblangan va amalga oshirish uchun yaroqli bo’lgan me’yorlar tizimini
yaratish.
Maqsadlarni tartibga keltirish, maqsadlar daraxtini shakllantirish – bu ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining dinamik
tizimini shakllantirish, ularni vaqt oraliqlari bo’yicha taqsimlash
vazifasidir.
Maqsadlar daraxti – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining
tizimlashtirilgan to’plami.
Metodologik yondashuv – bu barcha darajadagi prognozlar,
dasturlar, rejalar va vaqt gorizontlarini ishlab chiqishda strategik
rejalashtirish mantig’i, tamoyillari va usullaridan foydalanishning yaxlit
yo’nalishi.
Moliya vazirligi – indikativ rejalashtirishda davlat byudjetining
daromad va xarajatlari va byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari:
byudjetning daromad va xarajat ko’rsatkichlari, davlatning tashqi qarzi,
byudjet defistiti va uni moliyalashtirish bo’yicha tahliliy va prognoz
hujjatlarini tayyorlashni amalga oshiradi.
Moliya-byudjet siyosati (byudjetlar) – bu hokimiyat organlari
tomonidan amalga oshiriladigan o’z Funksiyalarini bajarish uchun
moliyaviy munosabatlardan foydalanish va byudjet tizimini boshqarish
bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir.
Moliyaviy rejalashtirish – moliyaviy resurslarni hosil qilish,
taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini boshqarish.
Moliyaviy rejalar tizimi – umumdavlat va hududiy darajalarda
moliyaviy rejalashtirish qiymat ifodasidagi moddiy va mehnat
muvazanatini ta’minlovchi tizim.
184
Muammolarni tashxis qilish – bu maqsad bilan rejalashtirishning
qandaydir davri uchun obyektning prognoz qilinayotgan holati haqidagi
tasavvur o’rtasidagi farqlarni aniqlash.