E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Limfa va uning aylanishi 
Odam organizmida qon aylanish tizimi bilan bir qatorda limfa ham mavjud. Limfa 
tizimi mikrosirkulator tizimining bir qismi bo'lib kapillarlardan, tomirlardan va 
limfatik to'gunlardan tashkil topgan. Limfa kapillarlari limfa tomirlariga quyiladi, 
bularning ichidagi suyuqliq - limfa ikkita yirik limfa yo'liga - bo'yin va ko'krak limfa 
yo'llariga oqib boradi, bu yo'llar o'mrov osti venalariga quyiladi (33, 34 rasmlar). 
Limfatik kapillarlar limfatik tizimining boshlang'ich qismi hisoblanadi va qo'yidagi 
xususiyatlarga ega: ular berk kapillarlarning sertarmoq to'ridan boshlanadi; devorlari 
yuksak darajada o'tkazuvchan bo'lib, kolloid eritmalarni so'rib oladi; qon tomirlarida 
qon tana to'qimalariga oqib borsa va ulardan oqib ketsa, limfatik kapillarlari esa 
limfaning oqib ketishi uchun, ya'ni to'qimalarga kelgan suyuqlikning qonga qaytishi 
uchun xizmat qiladi. Limfatik kapillarlarning diametri 15-75 mkm gacha o'zagaradi, 
uzunligi esa 100-150 mkm gacha yetadi. 
Limfatik tomirlarining ichki qavatida bir biriga qarama-qarshi joylashgan juft 
chuntaksimon klapanlar mavjud. Ular orqali limfaning bir tomonga oqishi (ko'krak va 
o'ng limfatik yo'llariga) ta'minlanadi. Masalan, skellet mushaklari qisqarganda 
kapillarlar devorini mexanik tarzda qisadi, shu bois limfa venoz limfaning teskariga 
qarab harakatlanish tomirlarga qarab harakat qiladi. Biroq shu klapan apparati borligi 
tufayli amalga oshirolmaydi. 
-tirsak chuqurchasi; 2-bo'yin qismi; J-qo'ltiq osti cnuqurcnasi; v-cnov 
sohasi; 5-taqim osti chuqurctiasi. 
To'qimalardan qaytib ketayotgan limfa venalarga borib turib biologik filtrlar - limfa 
tugunlari orqali o'tishi g'oyat muhim, chunki organizmga kirgan ba'zi yot narsalar 
masalan, bakteriyalar, chang zarrachalari va h.k. limfa tugunlarida ushlanib qoladi va 
qonga o'tmaydi. Limfa kapillarlarining devori qon tomir kapillarlarining devoriga 
nisbatan ko'proq o'tkazuvchanbo'lgani uchun, organizmga yot zarralar qon tomir 
kapillarlariga emas, balki limfa kapillarlariga o'tadi. 
Katta yoshdagi odamlarda nisbatan tinch holatda bir daqiqa davpmida ko'krak limfa 
yo'llaridan o'mrov osti venaga 1,10"3 Г limfa (1 ml), bir kecha kunduz davomida esa 
1,2 1 dan 1,6 1 gacha oqib o'tadi. 
Limfa - rangsiz, tiniq suyuqlik bo'ladi. Limfada fibrinogen borligidan, u ivib, g'ovak, 
sarg'ish laxta hosil qila oladi. 
Limfatik tomirlarda limfaning harakat tezligi 0,4-0,5 m/s tashkil qiladi. 
Limfaning kimyoviy tarkibi qon plazmasiga yaqin, biroq ,farqi shundaki, limfa 
tarkibida oqsil moddalar kamroq uchraydi. Uning tarkibiga oqsillardan-protrombin va 
fibrinogen kiradi, shu bois u ivish qobiliyatiga ega, lekin limfaning bu qobiliyati 
qonga nisbatan pastroq bo'ladi. 
Limfaning MO'9 nr (1mm3) tarkibida 2 dan 20000 gacha limfotsitlar borligi 


52 
aniqlangan bo'lib, katta yoshdagi kishilarda bir kechayu kunduz davomida ko'krak 
limfa yo'llaridan venoz qon tizimiga 35 mlrd. ga yaqin limfotsitlar limfa oqimi bilan 
o'tadi. 
Hazm vaqtda limfada oziq moddalar miqdori oshadi, shu. jumladan yog' miqdori ham 
oshib ketadi. Ovqat yegandan keyiii 6 soat davomida yog'ning limfadagi miqdori 
me'ydrga nisbatan bir nechai marta oshadi, shu sababli limfaning tarkibi a'zolar va 
to'qimalarda o'tayotgan m^ddalar almashinuvi jarayonini ko'rsatib beradi. 
Ba'zi bir moddalarning qondan limfaga o'tishi uning .diffuzion qobiliyatiga, umumiy 
tomirlarga o'tish tezligiga va qon kapilla^lari devorlarining yarim o'tkazuvchanlik 
qobiliyatlariga bipg'liq. Limfaga zaharlar va bakteriyaviy toksinlar zudlik bilan o'tadi. 
Limfaning hosil bo'lishi. Limfaning asosiy manbasi-to'qimalararo suyuqligi 
hisoblanadi, shu bois limfa hosil bo'lishida turli ishtirok etuvchi omillarga alohida 
e'tibor berish lozim bo'ladi. Ma'lumki, to'qimalararo suyuqlik qondan hosil bo'ladi, u 
orqali hujayralar o'zlari uchun kerakli oziq moddalar va kislorodni qabul qilib oladi, 
ayni holda, to'qimalararo suyuqliqga moddalar almashinuvi natijasida parchalangan 
moddalar va CO2 ni yetkazib beradi. 
Hozirgi kunda to'qimalararo suyuqlikning hosil bo'lish rnexanizmlarini tushuntirib 
berish uchun zarur bo'lgan qo'yidagi ikki nazariya mavjud: filtratsiya va sekretor 
nazariyalari. 
1.Filtrasion nazariya. Limfa hosil bo'lish mexanizmini o'tgan asrning 50-
yillarida K.Ludvig birinchi marta tushuntirib bergan. Uning fikricha, bu jarayon 
suyuqlikning kapillarlar devori orqali JEiltrlanishidan kelib chiqadi. Qon tomir 
kapillarlarining ichidagi va sirtidagi gidrostatik bosimlar farqi filtratsiyaning 
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 
Hozirgi tasavvurlarga ko'ra qon tomir kapillarining devori yarim o'tkazuvchan 
membranadan iborat. Ana shu membranadagi ultramikroskopik teshiklar orqali 
filtratsiya ro'y beradi. Kapillarlarda gidrostatik bosimning ortishi suyuqlikning 
tomirlardan to'qimalararo bo'shligiga filtr qilinishi uchun asos bo'la oladi. Bu 
bosimning pasayishi-aksincha, suyuqlikning 
to'qimalararo bo'shlig'idan tomirlarga filtratsiya bo'lishi uchun sabab bo'ladi. Kolloid-
osmatik bosim filtrlanish jarayoniga to'siq bo'ladi, shu sababli to'qimalararo 
suyuqlikning hosil qiladigan filtratsion bosimni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Nisbiy ,fizjologik tinch holatda a'zo va organizmda to'qimalararo suyuqlikning 
filtratsiyasi kapillarlarning arterial qismida tadi, chunki bu yerda gidrostatik bosim 
kolloid-osmotik bosimiga nisbatan ancha kuchliroq. Shu vaqtning 
zida 
kapillarlarning venoz qismida teskari hodisa ro'y beradi, ya'ni suyuqlik to'qimalar 
bo'shlig'idan kapillarlarga tadi, chunki bu yerda kolloid-osmotik bosimi gidrostatik 
bosimga nisbatan kuchliroq. Organizmning faollik davrida esa gidrostatik bosimining 
ortib ketishi natijasida to'qimalararo suyuqlik kapillarlarning hamma qismlarida ham 
hosil bo'laveradi. Bu holatda to'qimalararo suyuqlikning ko'p miqdori limfa 
tomirlariga o'tadi. 
2.Sekretor nazariya. Bu nazariyani quvvatlaydigan olimlarning fikricha, limfa 
hosil bo'lishi kapillarlar devorini tashkil etgan hujayralarning zo'r berib sekret 
chiqarish natijasidir, masalan, me'da shirasi qanday hosil bo'lsa, limfa ham ushanday 
hosil bo'ladi, deb hisoblaydilar. So'ngi yillarda filtratsion nazariya tarafdorlari 
ko'paymoqda, lekin bu bilan birga kapillarlar devorining hujayralari ba'zi moddalarni 


53 
o'tkazib, ba'zi moddalarni o'tkazmasdan faol rol o'ynaydi, deb e'tirof qilinmoqda. 
Shish turli sabablar bilan paydo bo'ladi: limfa tomirlari bekilib yoki bosilib qolib 
limfaning oqib ketishi qiyinlashadi; venalar teshigi bekilib qolib, qon yurishmay, 
limfa ko'proq hosil bo'lganda; qondagi oqsillar kamayganda; ko'pincha zaharli 
hayvonlar va hasharotlarning kishini tishlashi yoki chaqishi natijasida kapillarlarning 
o'tkazuvchanligi o'zgarganda, badan kuyganda va shunga o'xshash hollarda shish 
kelib chiqadi. 
Limfaning harakati. Limfaning limfatik tomirlari bo'ylab harakat qilishiga bir qator 
omillar ta'sir qiladi. Limfaning harakat doimiyligi to'qimalararo ' suyuqlikning 
muntazam ravishda hosil bo'lishi uning to'qimalararo bo'shligiga o'tishi, hamda uning 
limfatik tomirlarga o'tishi bilan bog'liqdir. Limfaning harakati uchun a'zo laming 
faolligi, limfatik tomirlarning qisqarishi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Limfa harakatini amalga chiqaruvchi yordamchi omillar quyidagilar: ko'ndalang 
targ'il va yordamchi mushaklarning qisqarish faoliyati, у ink venalarda va ko'krak 
bo'shligida manfiy bosimning hosil bo'lishi, nafas olish paytda ko'krak qafasining 
kengayishi va shu bilan birga limfatik tomirlardan limfaning haydalanishi. 
Limfaning siljib harakatlanishida ba'zi limfa tomirlar devorining ritmik qisqarishlari 
muayyan rol o'ynaydi. Bu qisqarishlar bir daqiqada 8-10 va hatto 22 marta ro'y 
beradi. 
Tuban umurtqalilardan ba'zilari, masalan, baqaning limfa tizimda maxsus a'zolar - 
limfatik yuraklar bor, bular limfaning siljib borishini ta'rhinlovchi nasoslar vazifasini 
o'taydi. 
Odamda ko'krak yo'li orqali bir kecha kunduzda qariyb 1200-1600 ml limfa qonga 
qaytib keladi. 
Limfaning oqish tezligi juda kam: masalan, otning bo'yin limfa tomirida limfa bir 
daqiqaga 27-30 sm yo'l bosadi. 
Limfatik tugunlar. Limfa kapillardan markaziy tomirlarga va undan limfa yo'llarga 
muntazam harakat qilib, bir yoki bir necha limfa tugunlaridan o'tib ketadi. Katta 
yoshdagi odamlarda 500-1000, limfa tugunlari mavjud va andozalari turlicha bo'ladi. 
Limfa tugunlari organizmning turli qismlarida joylashib quyidagi muhim 
funksiyalarni bajaradi: gemopoetik, immunopoetik, filtratsion, metabolik hamda 
rczervuar (o'tkazuv). Limfa tizimi umumiy qilib aytganda to'qimlarda limfa oqishini 
ta'minlaydi va uni tomirlarga yetkazib beradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin