E nuritdinov odam fiziologiyasi


Mavzu 9. NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Mavzu 9. NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI 
Nafas haqida tushuncha 
Organizmning atmocferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv 
bug'larini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig'indisi 
bo'lib, organizm tirikligi uchun zarur bo'lgan moddalar almashinuvining muhim bir 
qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog' va oqsillarning 
oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog'langan. Nafas natijasida 
organizmning tiriklik faoliyatini ta'min etadigan energiya hpsil bo'ladi, qaysiki 
makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi. 
Nafas quyidagi bir-biri bilan bog'langan qismlardan iborat: 1) tashqi nafas, yoki o'pka 
ventilatsiyasi (tashqi muhit va o'pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi); 2) 
alveolyar have bilan qon kapillarlari orasidagi gazlar almashinuvi; 3) qon tomonidan 
kislorod va karbonat angidridini tashilishi; 4) qon kapillarlari va organizmning 
to'qimalari orasidagi gazlar almashinuvi; 5) hujayralarda yoki to'qimalardagi nafas 
olish. 
Nafas apparatining tuzilishi 
Odamning nafas yo'llari (35-rasm) ko'krak bo'shlig'ida joylashgan o'pka, nafas yo'llari 
(burun bo'shlig'i, traxeya, bronxlar)dan tashkil topib, o'pka bo'shlig'ini atmosfera 
havosi bilan bog'laydi. Unga ko'krak qafasi va nafas mushaklari ham kiradi. 
Havo burun orqali og'iz va traxeyaga kirib, undan o'ng va chap bronxlarga o'tadi. 
Bronxlar daraxtsimon tarmoqlangan bo'lib, havoni bronxiolalar va ulardan o'pka 
pufakchalari-alveolalarga yetkazib beradi. Alveolalar devori epitelial va tayanch 
biriktiruvchi hujayralardan tashkil topgan bo'lib, qon kapillarlar to'ri bilan o'ralib 
olingan. Bu kapillarlar va alveolalar devorlari orqali alveolalar va qon orasida gazlar 
almashinuvi muntazam o'tib turadi. Havoning alvelolarda yangilanishi ko'krak qafasi 
harakati tufayli o'tadi, bu harakatlar qovurg'alararo nafas mushaklar va diafragma 
gumbazi tufayli amalga oshiriladi. 
O'pka ko'krak qafasining qariyb hamma sathini egallab olgan. Ko'krak bo'shlig'ining 
ichki sathi va o'pkaning tashqi sathi seroz parda-plevra bilan qoplangan. O'pkani 
qoplab olgan plevraning visseral varaqi bevosita ko'krak bo'shlig'i devorini qoplovchi 
- pariyetal varaqqa o'tadi. Bu varaqlar o'rtasida germetik yopiq oraliq bo'shlig'i - 
plevral bo'shliq mavjud va uning ichida suyuqlik ham bor. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin