E nuritdinov odam fiziologiyasi


Plevra bo'shlig'idagi manfiy bosim



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Plevra bo'shlig'idagi manfiy bosim 


58 
Tirik organizmda nafas olish plevra bo'shlig'ida manfiy bosim bo'lishiga bog'liq. U 
elastik kuchlar ta'siri natijasida kelib chiqadi. O'pkaning elastik tortish kuchi o'pka 
to'qimasi elastik tolalarining taranglashishi va alveolalarni ichidan qoplangan 
moddaning-surfaktantning yuza tarangligiga bog'liq. O'pkaning elastik tortish kuchi 
o'pka hajmini kamaytirishga qaratilgan, shuning uchun ko'krak qafasi ochilishi bilan 
o'pka bujmayib, bo'shliqning faqat 1/3 hajmini egallaydi. 
Atmosfera bosimining kuchi O'pkaning elastik tortish kuchini yengishga bir qadar 
sarf bo'ladi. Shuning uchun o'pka yuzasi ko'krak devoriga atmosfera bosimining 
miqdoridan ko'ra kam kuch bilan taqalib turadi. Natijada plevra bo'shlig'idagi bosim 
hatto nafas chiqarish paytida ham atmosfera bosimidan o'pkaning elastik tortish kuchi 
qadar, ya'ni simob ustuni hisobida taxminan 66 mm qadar kam bo'ladi. 
O'pka to'qimasi elastik bo'lmaganda edi, plevra bo'shlig'idagi bosim atmosfera 
bosimiga teng kelgan bo'lur edi. Har qanday elastik to'qima kabi, o'pka to'qimasi 
ham, cho'zilishga muayyan qarshilik ko'rsatadi. O'pka to'qimasi cho'zilganida avvalgi 
holatiga qaytishga harakat qiladi. Modomiki shunday ekan, o'pka o'zining devorlariga 
ta'sir ko'rsatadigan havoning atmosfera bosimiga qarshi ta'sir etadigan kuch paydo 
qiladi. O'pka qanchalik ko'p cho'zilsa, uning qarshi ta'sir etuvchi kuchi ham o'shancha 
oshadi. Shunga ko'ra, plevra bo'shlig'idagi bosim atmosfera bosimiga baravar 
bo'lmay, undan elastik tortish kuchining miqdoricha kamroq, ya'ni manfiy bo'ladi. 
Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuni elastik tortilish esa odatdagi nafas olishda 9 
mm deb hisoblansa, plevra bo'shlig'idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 760-9=751 
mm bo'ladi. 
Manfiy bosim odatda plevra bo'shlig'idagi bosimning atmosfera bosimidan qancha 
kamligini qo'rsatadigan miqdor bilan o'lchanadi. Bu miqdor hamisha manfiy belgi 
bilan ifodalanadi. Misolimizda plevra bo'shlig'idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 9 
mmga teng. Mo'tadil nafas olinganda plevra bo'shlig'idagi bosim nafas olish fazasida 
simob ustuni hisobi bilan 9 mm ga, nafas chiqarish fazasida esa, 4 mm ga teng 
bo'ladi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin