56
olish tipi - yo bo'lmasa
diafragma hisobiga-diafragma, yoki qorin bilan (erkaklarda)
nafas olish tipi -yuzaga chiqadi.
Nafas olish tipi mutlaq doimiy bo'lmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin.
Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda ko'krak qafasi yuk uchun tayanch
bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun ham uni tana mushaklari va qovurg'alararo
mushaklar umurtqa pog'onasi bilan birgalikda
qimirlatmay ushlab turadi; faqat
diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi. Homilador ayollarda
diafragmaning
pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qovurg'alar bilan
nafas olish tipi ustun turadi.
Jismoniy mashqlar paytida, masalan halloslashda bir qancha qo'shimcha yoki
yordamchi nafas mushaklari: yuqoridagi qovurg'alarni ko'taruvchi
mushaklar, yelka
kamarini va orqaga tortadigan yelka mushaklar nafas olish fazasida qatnashadi. Nafas
olishda o'pkalarning nafas sathi oshadi, bosim esa tushadi va 0,26 kPa (2 mm sim.ust)
ga teng bo'ladi.
Shunday qilib, nafas olish, ya'ni o'pkaga havo kirishi uchun o'pka kengayishi kerak.
O'pkaning kengayishiga ko'krak qafasining kengayishi sabab bo'ladi.
Ko'krak qafasi kengaymagan vaqtda, uni ichki tomondan
qoplab turgan parda bilan
o'pkani ustidan qoplab turgan plevra bir-biriga deyarli yopishib turadi va bu ikki
parda orasida biroz suyuqlik bo'ladi. Ko'krak qafasi kengaygan vaqta har ikki plevra
bir-biridan qochib, ularning orasidagi bosim atmosfera bosimidan kamayadi.
O'pka elastik to'qimalardan tuzilgan bo'lgani uchun torayishiga harakat qiladi,
lekin
ko'krak qafasining kengayishi natijasida plevra orasidagi bo'shliqda manfiy
bosimning oshishi va tashqaridan kuchli bosim bilan havoning o'pkaga kirishi uning
torayishiga yo'l bermay, kengayishiga sabab bo'ladi. Demak, ko'krak qafasi
kengaygan vaqtda o'pka kengayishi bilan kishi nafas oladi.
Tinch nafas olish vaqtida diafragma, tashqi qovurg'alararo va tog'oylararo mushaklar
qisqaradi. Kuchli nafas
olish vaqtida esa diafragma, qovurg'alarni ko'taruvchi
mushaklar, tashqi qovurg'alararo, tog'aylararo mushaklar, orqa va oldingi tishsimon
mushaklar, ko'krakni ko'taruvchi mushaklar va yana bir qancha mushaklar qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: