E nuritdinov odam fiziologiyasi


Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi 
Venoz qondan 55-58 hajm % karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Qondan 
ajratiladigan CO2 ning ko'p qismi plazma va eritrotsitlardagi 
karbonat kislota tuzlaridan (karbonatlardan) vujudga keladi, faqat qariyb 2,5 hajm% 
qonda erigan, qariyb 4-5 hajm % gemoglobin bilan birikib, karbogemoglobin 
shaklida bo'ladi. 
Karbonat kislota eritrotsitlarda, ulardagi karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat 
angidriddan hosil bo'ladi. Bu ferment CO2 ning gidratatsiya reaksiyasini 
tezlashtiradigan kuchli katalizator hisoblanadi. Qonning karbonat angidrid tashish 
xususiyatini birinchi marta I.M. Sechenov va B.F. Verigolar o'rgangan. Karbonat 
angidrid, asosan, qon plazmasida bikarbonatlar shaklida birikkan bo'ladi. Bu qisman 
eritrositlar bilan ham birikadi. 
Karbonat angidridning 2/3 qismi qon palzmasi, 1/3 qismi esa eritrositlar bilan 
birikkan. Kislorodga qaraganda karbonat angidrid qonda ko'p eriydi. 
Karbonat angidridni biriktirishda oqsillar asosiy rol o'ynaydi. Gernoglobinning 
H2CO3 bilan birikish qobiliyati plazmadagi oqsillarnikidan uch marta ortiq. Qonda 
gemoglobin miqdori plazmadagi oqsillar miqdoridan uch marta ko'p bo'lagni uchun, 
gemoglobin plazma oqsillariga qaraganda karbonat angidridni taxminan 10 marta 
ortiq biriktirib oladi. 
O'pkada 
gemoglobin 
kislorod 
bilan 
birikkan 
vaqtda 
gemoglobinning 
kislotali xususiyati oshadi va oksigemoglobin tuzlardan H2CO3 ni siqib 
chiqaradi. 

: м••/ 
Shunday qilib, o'pkada qondan karbonat angidridning siqib ehiqarishi: ; kislorodning
parsial bosmiga bog'liq bo'ladi. Bunda o'pkada shunday reaksiya boradi: 
To'qimalarda oksigemoglobin kislorodni yo'qotib, qaytarilgan у 
gemoglobinga aylanadi. 
Demak, karbpnat, angidridning qondan ajralib chiqishiga qondagi oqsillar va 
gemoglobin sabab bo'ladi. Bu moddalar amfotermik xususiyatigari,.. ega bo'lib, 
ishqoriy sharoitda kislota bo'lib ta'sir etadi. Plazmadagi oqsillar ta'siri gemoglobin 
ta'siriga qaraganda kuchsiz bo'ladi. Shuning uchun oqsillar karbonat angidridni 
qondan ko'p miqdorda siqib chiqara olmaydi. Karbonat angidridni siqib chiqarishda 
gemoglobin asosiy rol o'ynaydi. 
Shunday qilib, o'pkada oksigemoglobin ko'payganda qondan karbonat angidridning 
siqib chiqarilishi ko'payadi, to'qima kapillarlarida karbonat angidrid ko'payganda 
kislorodning qondan to'qimaga o'tishi tezlashadi. Demak, oksigemoglobin hosil 


64 
bo'lishi qondan karbonat angidrid ajralib chiqishiga, karbonat angidrid ko'payishi 
qonda to'qimalarga kislorodning ko'p o'tishiga sabab bo'ladi. Oksigemoglobindan 
kislorod ajralib chiqishiga CO, ta'sir etishini quyidagi rasmdan ko'rish mumkin. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin