61
chiziq pnevmogramma deb ataladi.
Gazlarning qonda tashilishi
Qon kislorodni alveolyar havodan tana to'qimalariga va karbonat angidridni tana
to'qimalaridan o'pka alveolalariga yetkazib beradi.
Qonning gaz tashish funksiyasi
Qonning kislorodni nafas olish a'zolaridan to'qimalarga yetkazib berishi va ularda
hosil bo'lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish uchun nafas olish
a'zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya'ni qonning nafas olish funksiyasi
deyiladi.
Arteriyalardan oqib borayotgan qon to'qima kapillarlariga kelib, o'zidan
kislorodni
to'qimalarga beradi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridin olib, vena qoniga
aylanadi. Nafas olish a'zolari kapillarlaridan o'ta turib, qon o'zidan karbonat angidrini
o'pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon
nafas olish a'zolaridan
kislorod olib, uni to'qimalarga yetkazib beradi va
to'qimalardan karbonat angidrid olib, uni o'pkaga yetkazib beradi. Bu jarayon
qonning nafas olish funksiyasi deyiladi.
O'pka alveolalaridagi havo bilan qon orasida va to'qima
bilan qon orasidagi gazlar
almashinuvi diffuziya yo'li bilan bo'lib, karbonat angidridning parsial bosimi qonda
ko'p, alveolarda esa kam bo'ladi. To'qimalarda bu homing teskarisi yuz beradi, ya'ni
ularda qondagiga qaraganda kislorodning parsial bosimi kam va k-or' Dnat
angidridning parsial bosimi ko'p bo'ladi.
Gazlar suyuqlik bilan fizik va kimyoviy birikkan bo'ladi. Gazning suyuqliqda erish
miqdori uning hajmi va bosimiga, suyuqliqning miqdori va haroratiga bog'liq.
Gazning bosimi va suyuqliqning miqdori qonda ko'p
harrida harorat qonda past
bo'lsa, shuncha ko'p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz
aralashmasi bo'lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga
bog'liq bo'ladi.
Gazning parsial bosimi gaz aralashmasidagi ayrim gazlarning bosimidan iborat
bo'lgani uchun, gaz aralashmasining umumiy bosimi va tarkibiga qarab, ayrim
gazning parsial bosimini aniqlash mumkin. Masalan, mo'tadil
sharoitda havoning
bosimi 760 mm. Bu havoning 21% ini kislorod tashkil etadi. Demak, kislorodning
parsial bosimi orasida katta farq bo'lib, bu farq gazlarning bir tomondan ikkinchi
tomonga o'tishiga sabab bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: